16.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.08.2026, 04:20
Siyosat 👁 226

Nashriyot tizimida SMM yoʻnalishining kirib kelishi va rivojlanishi

Nashriyot tizimida SMM yoʻnalishining kirib kelishi va rivojlanishi

Zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining hayotimizning barcha jabhalariga chuqur kirib kelishi ommaviy axborot vositalari, ayniqsa, nashriyot tizimi faoliyatini ham tubdan oʻzgartirmoqda. Raqamli transformatsiya jarayonlari matbuot sohasini yangi bosqichga olib chiqib, anʼanaviy bosma mahsulotlar bilan bir qatorda ularning internet makonida ommalashuvi va keng auditoriyaga tez yetib borishini taʼminlamoqda.

Ijtimoiy tarmoqlar bugungi kunning eng taʼsirchan kommunikatsiya vositalaridan biri sifatida nafaqat shaxsiy fikr almashish, balki tashkilotlar, jumladan, nashriyotlar uchun ham muhim axborot platformasiga aylandi. Shu bois marketing sohasida “Social Media Marketing” (SMM) tushunchasi keng ommalashdi.

SMM — bu ijtimoiy tarmoqlar orqali auditoriya bilan samarali muloqot olib borish, brend imijini mustahkamlash va mahsulotni targʻib qilishda foydalaniladigan zamonaviy strategiyalar majmuasidir.

Nashriyot sohasi uzoq yillar davomida anʼanaviy – bosma mahsulotlar shaklida faoliyat yuritib keldi. Ushbu model doirasida qoʻlyozmalarni qabul qilish, tahrirlash, dizayn va sahifalash, soʻngra bosma mahsulot koʻrinishida nashr etish jarayonlari amalga oshirilardi. U oʻz vaqtida samarali boʻlgan boʻlsa-da, XXI asrdagi texnologik taraqqiyot sharoitida mazkur modelning sekinligi va auditoriyaga yetib borishdagi cheklangan imkoniyatlari tobora yaqqol namoyon boʻldi.

Raqamli transformatsiya esa nashriyot faoliyatining barcha bosqichlarini elektronlashtirib, uni tezkor va interaktiv asosda qayta tashkil etishni taqozo etmoqda. Bugungi kunda zamonaviy nashriyotlar oʻz ishini raqamli muhitda tashkil etmoqda. Bu faqat elektron kitoblar nashri yoki onlayn savdolar bilan cheklanib qolmay, balki butun ish jarayonini oʻzgartirmoqda:

— qoʻlyozmalar elektron platformalar orqali yuboriladi;

— tahririyat va muallif oʻrtasidagi aloqalar elektron pochta va messenjerlar orqali amalga oshiriladi;

— dizayn va sahifalash ishlari zamonaviy dasturlar yordamida avtomatlashtiriladi;

— tahririyat va mualliflar real vaqtda raqamli muhitda birgalikda ishlash imkoniyatiga ega boʻlmoqda;

— kitoblar onlayn doʻkonlar, mobil ilovalar va elektron platformalar orqali tarqatilayotgani esa, yangi imkoniyatlarni ochmoqda.

Nashriyot tizimida SMM texnologiyalaridan foydalanish kitob mahsulotlarini keng auditoriyaga tanitish, yoshlarni kitobxonlikka jalb qilish, oʻquvchilar bilan doimiy muloqot oʻrnatish va ularning fikr-mulohazalarini oʻrganishda samarali vosita sifatida xizmat qilmoqda.

Ijtimoiy tarmoqlar orqali nashriyotlar oʻz auditoriyasini chuqur oʻrganish, ularga individual yondashuv asosida mahsulot taqdim etish imkoniga ega boʻlmoqda. SMM faoliyati — bu faqat kontent yaratish yoki reklama joylashtirish emas, balki brend imijini shakllantirish, oʻquvchilar bilan uzviy muloqotni taʼminlash, maqsadli auditoriyani aniqlash va raqamli platformalar imkoniyatlaridan toʻliq foydalanishni nazarda tutadigan strategik jarayondir.

Nashriyot uchun SMM faoliyati, avvalo, axborotni taqdim etish uslubini zamonaviy raqamli muhitga moslashtirish va oʻquvchilar bilan zamonaviy tilda muloqot qilish imkoniyatini yaratadi.

Farangis Abdullayeva, Toshkent davlat oʻzbek tili va adabiyoti universiteti talabasi.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda 13.08.2026 Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda 10.08.2026 Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi 10.08.2026 Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar 06.08.2026 Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda 06.08.2026 Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi 05.08.2026 Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi 05.08.2026 Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda 05.08.2026 “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi 04.08.2026 Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi 04.08.2026 Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida 01.08.2026 Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi 01.08.2026 Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi 30.07.2026 Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda 30.07.2026 Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi 30.07.2026 Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 29.07.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 29.07.2026 Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019