16.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.08.2026, 07:22
Madaniyat 👁 430

Chegara himoyachilari uchun maʼdaniy-maʼrifiy tadbir tashkil etildi

Chegara himoyachilari uchun maʼdaniy-maʼrifiy tadbir tashkil etildi

Sanʼat inson qalbiga nur bagʻishlaydi, ruhini yuksaltirib, maʼnaviy dunyosiga ijobiy taʼsir koʻrsatadi. Ayniqsa, kuy va soʻz uygʻunligida namoyon boʻladigan ijod — inson ruhiyatini yuksaltiruvchi beqiyos qudratdir. Madaniyat inson hayotida chuqur maʼnoga ega boʻlib, har qanday sharoitda ham yaxshilik va ezgulikka chorlaydi. Shu jihatdan, mamlakatimizning chegaraoldi hududlarida xizmat olib borayotgan yurt posbonlari uchun madaniy-maʼnaviy tadbirlarning tashkil etilishi muhim ahamiyat kasb etadi.

Oʻzbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati Chegara qoʻshinlari Ashula va raqs ansambli tomonidan chegaraoldi hududlarda xizmat olib borayotgan harbiylar hamda mahalliy aholi uchun kontsert dasturlari muntazam ravishda oʻtkazib kelinmoqda.

Shu kabi tadbirlardan biri yaqinda Qilichboy ovulidagi Madaniyat markazi binosida boʻlib oʻtdi. Unda harbiy xizmatchilar, ularning oila aʼzolari, oddiy askarlar, mahalliy aholi va yoshlar faol ishtirok etdi. Tadbirning asosiy maqsadi — chegara hududida xizmat qilayotgan harbiylarning maʼnaviy olamini boyitish, ularda Vatanga sadoqat, masʼuliyat va jangovar shaylik tuygʻusini mustahkamlash, shu bilan birga, madaniy hordiq chiqarish imkonini yaratishdan iborat.

Tadbir davomida soʻzga chiqqan masʼullar tomonidan Davlat xavfsizlik xizmati Chegara qoʻshinlari Ashula va raqs ansamblining faoliyati alohida eʼtirof etildi. Mazkur ijodiy jamoa oʻz faoliyati davomida mamlakatimizning eng olis hududlarida xizmat olib borayotgan, davlat chegaralari daxlsizligini taʼminlayotgan jasur oʻgʻlonlarga jangovar ruh bagʻishlash, ularda vatanparvarlik tuygʻularini mustahkamlashda munosib hissa qoʻshayotgani taʼkidlandi.

Ansambl ijrosidagi milliy va zamonaviy kuy-qoʻshiqlar, taniqli sanʼatkorlar, yosh ijodkorlar va soʻz ustalari ishtirokidagi chiqishlar tadbirga tantanavorlik bagʻishladi. Ayniqsa, vatanparvarlik ruhida yangragan kuy-qoʻshiqlar ishtirokchilar qalbida unutilmas taassurot qoldirdi.

Kontsert dasturi chegara hududida xizmat qilayotgan harbiylar, ularning yaqinlari va mahalliy aholi uchun madaniy hordiq chiqarish, maʼnaviy olamini boyitishga xizmat qildi. Shuningdek, tadbir doirasida vatanparvarlik targʻibotiga qaratilgan ochiq muloqotlar, savol-javoblar ham tashkil etildi.

Ushbu muloqotlar orqali yoshlar harbiy xizmatning muqaddas burch ekanini yanada chuqurroq angladilar. Vatanga sadoqat va fidoyilik, milliy armiyamizga hurmat kabi yuksak tuygʻular qalblarida yanada mustahkamlandi.

Darhaqiqat, sanʼat qalblarni bogʻlaydi. Chegara himoyachilari uchun tashkil etilayotgan bunday tadbirlar nafaqat madaniy hordiq, balki Vatanga muhabbat va sadoqat tuygʻularini mustahkamlovchi muhim vositadir. Chegara qoʻshinlari Ashula va raqs ansambli ijrosida yaratilayotgan badiiy asarlar, vatanparvarlik ruhidagi kuy va raqslar xalqimiz gʻururi, jasorati va mustaqilligimizning haqiqiy ifodasi sanaladi.

Ushbu joʻshqin sadolar Ona Vatanimizning muqaddas sarhadlari uzra abadiy jaranglab tursin!

Shohzod Qurbonboyev tayyorladi.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda 13.08.2026 Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda 10.08.2026 Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi 10.08.2026 Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar 06.08.2026 Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda 06.08.2026 Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi 05.08.2026 Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi 05.08.2026 Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda 05.08.2026 “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi 04.08.2026 Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi 04.08.2026 Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida 01.08.2026 Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi 01.08.2026 Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi 30.07.2026 Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda 30.07.2026 Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi 30.07.2026 Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 29.07.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 29.07.2026 Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019