16.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.08.2026, 08:25
Siyosat 👁 311

“Adolat” SDP Qoraqalpogʻiston Respublikasi Kengashi tomonidan “Odam savdosiga qarshi kurashish oyligi” doirasida tadbir oʻtkazildi

“Adolat” SDP Qoraqalpogʻiston Respublikasi Kengashi tomonidan “Odam savdosiga qarshi kurashish oyligi” doirasida tadbir oʻtkazildi

Oʻzbekiston “Adolat” sotsial-demokratik partiyasi tomonidan iyul oyi “Odam savdosiga qarshi kurashish oyligi” sifatida belgilangan. Shu munosabat bilan yurtimiz boʻylab keng qamrovli maʼnaviy-maʼrifiy tadbirlar, davra suhbatlari va uchrashuvlar tashkil etilmoqda.

Ana shunday tadbirlardan biri partiyaning Qoraqalpogʻiston Respublikasi Kengashi tashabbusi bilan Gulzor mahalla fuqarolar yigʻini maʼmuriy binosida oʻtkazildi. Unda “Adolat” SDP Qoraqalpogʻiston Respublikasi Kengashi raisi Nurlibay Qayipbergenov, tuman Adliya boʻlimi, Davlat xizmatlari markazi, mahalladagi "yettilik" aʼzolari va partiyaning tuman Kengashi masʼullari ishtirok etdi.

Tadbirda soʻzga chiqqan masʼullar tomonidan, partiyaning ushbu yoʻnalishdagi faoliyati hamda odam savdosiga qarshi kurashda jamoatchilikning oʻrni xususida atroflicha toʻxtalib oʻtildi.

Aytish joizki, XXI asrda insoniyat uchun uch yoʻnalishdagi transmilliy tashkiliy jinoyatchilik – terrorizm, narkobiznes va odam savdosi eng katta tahdidlardan biri boʻlib qolmoqda. Xalqaro terrorizm va diniy niqob ortidagi zoʻravonlik harakatlari, giyohvand moddalar savdosi bilan bogʻliq jinoyatlar qatorida odam savdosi ham jahon hamjamiyati uchun dolzarb muammoga aylangan.

Odam savdosi — bu inson shaʼni, qadr-qimmati va erkini inkor etuvchi, insonni mol-mulk sifatida koʻradigan jinoiy faoliyat turidir. Bu jinoyat odatda shaxsni aldash, zoʻrlik ishlatish, tahdid qilish, ogʻir holatdan foydalanish yoki moddiy manfaat evaziga shaxs ustidan nazorat oʻrnatish kabi usullar orqali amalga oshiriladi. Shu tariqa insonlarni tashish, yashirish, boshqalarga topshirish yoki qabul qilish holatlari roʻy beradi.

Mazkur jarayonlar oqibatida fuqarolar majburiy mehnatga jalb etiladi, fohishalikka majburlanadi, ularning xizmatidan zoʻravonlik asosida foydalaniladi, hattoki baʼzi hollarda inson aʼzolari noqonuniy ravishda olinadi. Odam savdosining eng dahshatli jihati — inson huquqlarini toʻliq inkor qilish va tovar sifatida muomalaga kiritishdir.

Afsuski, bu jinoyat turidan jabrlanuvchilar orasida ayollar, bolalar va nochor ahvoldagi shaxslar soni yuqori. Maʼlumotlarga koʻra, har yili dunyo boʻyicha taxminan 2 million 700 ming kishi odam savdosining qurboniga aylanmoqda. Jahon miqyosida bunday jinoyatlardan tushayotgan yillik noqonuniy daromad hajmi 7 milliard AQSh dollaridan oshib ketgan. Achinarli jihati shundaki, jabrlanuvchilarning 80 foizini ayollar va bolalar tashkil etadi. Har yili 600–800 ming ayollar va bolalar aldov yoʻli bilan boshqa mamlakatlarga olib ketilib, turli maqsadlarda sotib yuborilayotgani maʼlum qilingan.

Mamlakatimizda odam savdosining oldini olish, unga qarshi kurashish, jabrlanuvchilarni himoya qilish va reabilitatsiya qilishga qaratilgan huquqiy va institutsional mexanizmlar yaratilgan. Shu jumladan, tegishli davlat organlari va fuqarolik jamiyati institutlari oʻrtasida hamkorlik asosida targʻibot ishlari olib borilmoqda. Bu jarayonda partiyalar, ayniqsa, “Adolat” SDP kabi siyosiy kuchlarning faol ishtiroki muhim ahamiyat kasb etyapti.

Tadbir ishtirokchilari tomonidan ushbu tahlikali jinoyat haqida toʻliq maʼlumotga ega boʻlish, shaxsiy huquqlarni bilish va zarurat tugʻilganda tegishli huquqni muhofaza qiluvchi organlarga murojaat etish muhimligi taʼkidlandi. Shuningdek, odam savdosiga qarshi kurash faqat davlat yoki mutasaddi idoralar emas, balki har bir fuqaroning shaxsiy masʼuliyati ekaniga alohida eʼtibor qaratildi.

Tadbir yakunida “Adolat” SDP Qoraqalpogʻiston Respublikasi Kengashi tomonidan partiyaning faol aʼzolari “Tashakkurnoma” bilan taqdirlandi.

Shohzod Qurbonboyev tayyorladi.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda 13.08.2026 Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda 10.08.2026 Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi 10.08.2026 Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar 06.08.2026 Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda 06.08.2026 Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi 05.08.2026 Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi 05.08.2026 Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda 05.08.2026 “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi 04.08.2026 Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi 04.08.2026 Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida 01.08.2026 Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi 01.08.2026 Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi 30.07.2026 Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda 30.07.2026 Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi 30.07.2026 Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 29.07.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 29.07.2026 Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019