16.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.08.2026, 07:17
Siyosat 👁 441

Tashabbuskor ayol – yurt farovonligi yoʻlida doim harakatda

Tashabbuskor ayol – yurt farovonligi yoʻlida doim harakatda

Amudaryo tumanida bugun yuksak saʼy-harakatlari, mehnatkashligi va qatʼiyati bilan nafaqat oilasini, balki koʻplab yurtdoshlarini ish bilan taʼminlab, ularga hayot uchun mustahkam tayanch boʻlayotgan tadbirkor ayol Dildora Xayitboyevaning faoliyati har qanday tahsinga sazovor.

Uning tadbirkorlik yoʻli 2008-yilda, onasi bilan birga kuniga bor-yoʻgʻi 100 dona non va patir yopishdan boshlangan. Vaqt oʻtishi bilan bu kichik ishbilarmonlik tashabbusi ulkan maqsad va keng miqyosdagi ishlab chiqarish korxonasiga aylandi. Bugun u rahbarlik qilayotgan korxonalar non va non mahsulotlari ishlab chiqarishga ixtisoslashgan “Ravshanbek Yulduzxon” MChJ va sut mahsulotlari ishlab chiqaradigan “Kamron Gold Media” MChJlarda 33 nafar yurtdoshimiz, ayniqsa, ijtimoiy himoyaga muhtoj ayollar va ishsiz fuqarolar uchun doimiy ish oʻrni yaratilgan muhim maskanga aylangan.

Dildora Xayitboyeva mamlakat rahbariyatining tadbirkorlikni rivojlantirish borasidagi eʼtibor va qoʻllovini toʻgʻri tushunib, amalda foydalana oldi. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Qoraqalpogʻiston Respublikasida tadbirkorlik, innovatsion texnologiyalar va infratuzilmalarni jadal surʼatlarda rivojlantirish orqali aholi farovonligini oshirishning qoʻshimcha chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 213-sonli Farmoni asosida ajratilgan 200 ming AQSh dollari miqdoridagi imtiyozli kredit hisobiga Xitoy Xalq Respublikasidan zamonaviy dastgoh va asbob-uskunalarni olib keldi. Bu esa korxonaning texnik quvvatini oshirib, mahsulot turini kengaytirish va sifatini yaxshilash imkonini berdi.

Bugungi kunda korxonada 10 xildan ortiq sifatli sut mahsulotlari ishlab chiqarilmoqda. Har kuni 600 litrdan ziyod sut qayta ishlanadi. Eng eʼtiborlisi, ishlab chiqarilgan mahsulotlar tumandagi davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlariga shartnoma asosida yetkazib beriladi. Korxonaning oʻziga qarashli 4 ta yetkazib berish avtomobili mavjud boʻlib, mahsulotlar isteʼmolchilarga shu kunning oʻzida yetkaziladi. Mangʻit dehqon bozorida tashkil etilgan doʻkon va yarmarkalarda esa aholiga mahsulotlar arzon va hamyonbop narxlarda sotilmoqda.

Tadbirkor Dildora Xayitboyevaning kelgusidagi rejalari ham katta. Tumandagi har bir mahallada aholi uchun qulay va sifatli xizmat koʻrsatish maqsadida sut mahsulotlari, non va un mahsulotlarini sotuvchi shoxobchalar tashkil etish niyatida. Bu esa, bir tarafdan, aholiga qulaylik yaratsa, boshqa tarafdan yangi ish oʻrinlari ochilishiga xizmat qiladi.

Alohida taʼkidlash lozimki, Dildora Xayitboyeva faqat iqtisodiy muvaffaqiyatlar bilan emas, balki ijtimoiy masʼuliyat bilan ham namuna boʻla oladi. Onalar va bolalar salomatligini mustahkamlash, ayniqsa, yod tanqisligining oldini olish maqsadida yodlangan funktsional un mahsulotlarini ishlab chiqarishni yoʻlga qoʻydi va bu un mahsulotini Amudaryo tumani aholisi orasida keng yoyishga kirishdi.

Uning tashabbuslari, ijtimoiy loyihalardagi faolligi, “Ayollar daftari”ga kiritilgan ayollarni ish bilan taʼminlash borasidagi harakati tahsinga loyiq. Bundan tashqari, Dildora Xayitboyeva “Hamroh” tadbirkor ayollar maktabi aʼzosi sifatida doimiy ravishda oʻz bilim va tajribasini oshirib bormoqda. U koʻplab respublika va xalqaro investitsiya forumlarining faol ishtirokchisi boʻlib, xorijiy mutaxassislar bilan tajriba almashmoqda.

Bugun Dildora Xayitboyeva singari mehnatsevar, fidoyi, tashabbuskor ayollar tufayli Qoraqalpogʻiston iqtisodiyoti va ijtimoiy hayotida ijobiy oʻzgarishlar roʻy bermoqda. Ularning har biri jamiyatning har bir qatlamiga, ayniqsa, ayollar va yoshlar hayotiga yangi yoʻnalish, yangi imkoniyat olib kiryapti.

Charos Arslonova, tuman hokimligining Axborot xizmati rahbari.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda 13.08.2026 Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda 10.08.2026 Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi 10.08.2026 Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar 06.08.2026 Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda 06.08.2026 Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi 05.08.2026 Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi 05.08.2026 Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda 05.08.2026 “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi 04.08.2026 Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi 04.08.2026 Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida 01.08.2026 Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi 01.08.2026 Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi 30.07.2026 Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda 30.07.2026 Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi 30.07.2026 Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 29.07.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 29.07.2026 Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019