16.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.08.2026, 10:45
Jamiyat 👁 313

Korruptsiyaga qarshi kurashishda aholining huquqiy savodxonligini oshirish juda muhim

Korruptsiyaga qarshi kurashishda aholining huquqiy savodxonligini oshirish juda muhim

Oʻzbekiston Respublikasining “Korruptsiyaga qarshi kurashish toʻgʻrisida”gi Qonuni jamiyatda tenglik, adolat, ishonch tamoyillarining ustuvorligini taʼminlashga xizmat qilish bilan birga, mansabdor shaxslarning oʻz mansabi yoki xizmat mavqeidan shaxsiy manfaatlarini yoxud oʻzga shaxslarning manfaatlarini koʻzlab moddiy va nomoddiy naf olish maqsadida qonunga xilof ravishda foydalanish borasidagi xatti-harakatlariga chek qoʻyish, har qanday suisteʼmolchiliklarga barham berishga xizmat qiluvchi juda muhim huquqiy hujjat hisoblanadi. Ushbu Qonunning mazmun-mohiyatidan kelib chiqib, fuqarolar ongida korruptsiya deb atalgan jirkanch illatga nisbatan murosasizlik tuygʻularini uygʻotish, ularning qonunlarimizga boʻlgan ishonchlarini mustahkamlash, huquqiy savodxonligini oshirish, korruptsiyaga qarshi kurashishda aholining ishtirokini taʼminlashda huquqni muhofaza qilish organlari xodimlari, ayniqsa, sudlarning roli muhim ahamiyatga ega. Muxbirimiz Jinoyat ishlari boʻyicha Amudaryo tuman sudining raisi Asqar Safarovga aynan ana shu xususda bir necha savollar bilan murojaat qildi. Quyida ana shu suhbatni eʼtiboringizga havola qilamiz.

— Assalomu alaykum, tahririyatimizga tashrifingiz uchun rahmat. Avvalo korruptsiya haqida gazetxonlarimiz uchun oddiy, xalqona tilda tushuncha bersangiz.

— Xushvaqt boʻling, taklif uchun tahririyatga ham rahmat. Oddiy qilib aytadigan boʻlsak, biror shaxsning noqonuniy ravishda oʻz lavozimidan boylik orttirish maqsadida foydalanishi yoki bunday nafni lavozimdagi shaxsga taqdim etishi korruptsiya hisoblanadi. Bundan tashqari, “Korruptsiyaga qarshi kurashish toʻgʻrisida”gi Qonunga koʻra, pora olish yoki berish, lavozimini suisteʼmol qilish, mansab vakolatidan chetga chiqish, koʻp miqdorda davlat mulkini oʻzlashtirish, rastrata yoʻli bilan talon-taroj qilish, taʼmagirlik, tanish-bilishchilik, urugʻ-aymoqchilik qilish kabi shaxsiy manfaat yoʻlida boshqa noqonuniy xatti-harakatlarni sodir etish holatlari korruptsion holat sifatida malakalanadi va bunga jazo muqarrarligi taʼminlanadi.

— Korruptsiyaning tarixiy ildizlaridan kelib chiqib, bugungi davrdagi ijtimoiy-iqtisodiy, hatto madaniy-maʼnaviy zararlari qay darajada biri-biridan farq qiladi, korruptsion holatlar asosan qaysi sohalarda koʻproq uchraydi?

— Insoniyat paydo boʻlgan davrlardan boshlab bu illat xalqlar, millatlar, davlatlarni ichdan yemiruvchi kuch sifatida insoniyat bilan birga yashab kelmoqda. Shuning uchun bu illatning tarixiy ildizlariga chuqur kirib oʻtirmaylik-da, uning jamiyat taraqqiyotiga zararlari xususida soʻz yuritsak. Qadim zamonlarda qabila vakillarining oʻz sardorlariga sovgʻa-salomlar berishi, biror bir mavqega erishish uchun pora taklif etishi, amaldorlarning manmanlik bilan qoʻl ostidagi xodimlaridan taʼmagirlik orqali biron bir moddiyat talab qilishi kabi holatlar oʻsha davr jamiyatlari tomonidan keskin qoralangan. Agar buni bugungi davr bilan taqriban talqin qiladigan boʻlsak, korruptsiya ham, korruptsioner ham davrga mos ravishda “yangilangan”.

Masalan, daromadlarning notengligi, ish haqining pastligi, iqtisodiy tizimning zaifligi mavjud boʻlgan yerda odamlarda qoʻshimcha daromad manbalarini, kambagʻallar oʻrtasidagi farq esa koʻpchilik hollarda oʻz moddiy ahvolini yaxshilash uchun “aylanma yoʻllar”ni izlashga moyillik uygʻotadi. Agar mamlakatda iqtisodiy tizim zaif, resurslar tanqis boʻlsa, korruptsiya “resurslarni taqsimlash” usuliga aylanadi. Shu nuqtai nazardan kelib chiqib aytishim mumkinki, mamlakatimizda ayniqsa, sogʻliqni saqlash, taʼlim tizimlari, ijtimoiy xizmat koʻrsatish sohalarida korruptsiyaviy holatlar koʻproq kuzatilmoqda. Asosan, OTMlarga oʻqishga kiritish, taʼlim va sogʻliqni saqlash sohalariga ishga joylashtirish bilan bogʻliq holatlar, shuningdek, ijtimoiy xizmatlar koʻrsatishdagi notenglik poraxoʻrlik, taʼmagirlik, tovlamachilik, firibgarlik illatlarining ildiz otishiga sabab boʻlmoqda.

— Aholining bu boradagi xabardorligini oshirishda nimalarga eʼtibor berish kerak?

— Aholi birinchi galda korruptsiyaning siyosiy-maʼmuriy sabablari xususidagi huquqiy bilimga ega boʻlishi zarur va shart. Aholi qaysi sabablarga koʻra korruptsion harakatlarning qurboni boʻlayapti? Bu haqdagi savodxonligini oshirmas ekan, inson davlat institutlarining zaifligidan foydalangan firibgarning hiylasiga ham, poraxoʻrning tuzogʻiga ham tushaveradi.

Shuning uchun aholi korruptsiyani keltirib chiqaruvchi siyosiy-maʼmuriy, madaniy-ijtimoiy sabablarni albatta bilishi kerak. Bu sabablar davlat organlari faoliyatida shaffoflik yetishmasligi, samarali nazoratning, idora va tashkilotlarda avtomatlashtirilgan tizimlarning yoʻqligi fuqarolarning davlat organlari faoliyati haqida kerakli maʼlumotlarni olaolmasligi kabi holatlarda namoyon boʻladi va bu sabablar suisteʼmolliklarga, yashirin korruptsiyaga olib keladi.

Yana bir sabab ham borki, korruptsiyaga jazo muqarrarligining yoʻqligi aholining qonunlarga boʻlgan ishonchini susaytiradi. Yaʼni, agar korruptsiyaga qoʻl urgan shaxsning qonunbuzarligi fosh boʻlmasa, bunday shaxs javobgarlikka tortilmasa, bu jazosizlik hissini paydo qiladi va korruptsiyaning kengayishiga olib keluvchi sabablardan biri sanaladi.

Aholi ana shu sabablarning jamiyatimizda urchib ketmasligi uchun oʻzining huquqiy savodxonligini oshirib borishi, korruptsiyaga qarshi kurashishda murosasizlik bilan harakat qilishi jamiyatni korruptsiyadan tozalashda faol ishtirokchiga aylanishi zarur.

— Aholi oʻrtasida korruptsiyaga nisbatan murosasizlik kayfiyatini uygʻotishda eng taʼsirchan vositalar nimalardan iborat?

— Albatta huquqiy-targʻibot, huquqshunoslar bilan samimiy va oshkora muloqot tadbirlari, xalq bilan davlatning oʻzaro birligi va ochiqligi, davlat va xalq diplomatiyasining shaffofligi, elektron hukumat va raqamli texnologiyalar orqali byurokratiya va inson omilini kamaytirishga erishish. Shuningdek, “Ochiq byudjet” va “Ochiq maʼlumotlar” kabi platformalar, “Korruptsiyaga qarshi dasturlar va strategiyalar”, “Korruptsiyaga qarshi milliy strategiya”da belgilangan javobgarlik va jazoni kuchaytirish, jamoatchilik nazorati va fuqarolik jamiyati rolini oshirishga qaratilgan chora-tadbirlar boʻyicha oʻtkaziladigan targʻibot tadbirlari aholining korruptsiyaga nisbatan murosasizlik tuygʻusini mustahkamlashga xizmat qiladi.

Muhimi, har bir fuqaro korruptsiyaga qarshi kurashishda oʻzini burchli deb bilishi, maboda, shunday illat sodir boʻlishining xavfini sezsa, hech ikkilanmay ishonch telefonlari orqali vakolatli organlarni xabardor qilishi zarur. Bu haqda xabar qiluvchining shaxsi hech qachon oshkor qilinmaydi va u davlat himoyasida boʻladi.

Korruptsiya — jamiyat taraqqiyotining eng xavfli kushandasi. Unga qarshi kurashish esa umummilliy harakatdir. Ushbu kurashda men fidoyi va mehnatkash xalqimizni birlashishga, hamjihatlik bilan bu jirkanch illatga qarshi murosasiz boʻlishga chaqiraman.

— Sermazmun suhbatingiz uchun rahmat, salomat boʻling.

Suhbatni Robiya Yoʻldosheva yozib oldi.

 

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda 13.08.2026 Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda 10.08.2026 Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi 10.08.2026 Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar 06.08.2026 Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda 06.08.2026 Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi 05.08.2026 Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi 05.08.2026 Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda 05.08.2026 “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi 04.08.2026 Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi 04.08.2026 Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida 01.08.2026 Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi 01.08.2026 Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi 30.07.2026 Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda 30.07.2026 Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi 30.07.2026 Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 29.07.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 29.07.2026 Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019