16.10.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.10.2026, 05:07
Salomatlik 👁 527

Yangi hayot bagʻishlab: Nukusda tugʻma yurak nuqsoni boʻlgan bolalar uchun bepul tibbiy koʻrik va jarrohlik amaliyoti oʻtkazilmoqda

Yangi hayot bagʻishlab: Nukusda tugʻma yurak nuqsoni boʻlgan bolalar uchun bepul tibbiy koʻrik va jarrohlik amaliyoti oʻtkazilmoqda

Soʻnggi yillarda mamlakatimizda tibbiyot sohasini isloh qilish va aholiga koʻrsatilayotgan tibbiy xizmat sifatini oshirish borasida keng koʻlamli ishlar amalga oshirilmoqda. Yangi tibbiyot markazlarining ochilishi, mavjudlarining eng zamonaviy uskunalar bilan jihozlanishi, shifokorlar malakasining muntazam oshirib borilishi – bularning barchasi inson salomatligini asrashdek ezgu maqsadga qaratilgan.

Ayniqsa, onalar va bolalar salomatligini muhofaza qilish, kelajak avlodning sogʻlom va barkamol ulgʻayishini taʼminlash davlatimiz siyosatining eng ustuvor yoʻnalishlaridan biriga aylandi. Ana shunday eʼtibor va gʻamxoʻrlikning amaldagi yorqin ifodasini Qoraqalpogʻiston Respublikasida oʻtkazilgan xayriya aktsiyasi misolida ham yaqqol koʻrish mumkin.

Tugʻma yurak nuqsoni – bu minglab oilalarning tinchini buzadigan, ota-onalar qalbiga doimiy xavotir soladigan jiddiy tashxis. Biroq, zamonaviy tibbiyot bu kasallikni hukm deb hisoblamaydi. Vaqtida qoʻyilgan tashxis va toʻgʻri tashkil etilgan davolash choralari bolaning sogʻlom hayotga qaytishi uchun ulkan imkoniyat yaratadi. Shu oʻrinda muntazam tibbiy koʻrikning ahamiyati beqiyosdir. Aynan profilaktik koʻriklar tugʻma yurak nuqsonini erta aniqlash va uning rivojlanib ketishining oldini olish imkonini beradi. Kasallik qancha erta aniqlansa, uni davolash shuncha oson va samarali kechadi. Bu oʻz navbatida bolaning jismoniy va aqliy rivojlanishida nuqsonlar paydo boʻlishiga yoʻl qoʻymaydi, uni tengdoshlari qatorida sogʻlom oʻsishini taʼminlaydi.

Yaqinda akademik Vohidov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan jarrohlik markazining yetakchi kardioxirurg-shifokorlari tomonidan Qoraqalpogʻiston tibbiyot instituti klinikasida oʻtkazilgan “Bolalarga yangi hayot bagʻishlaymiz” nomli aktsiya fikrimizning yaqqol dalilidir.

18-23-avgust kunlari boʻlib oʻtadigan ushbu tadbir doirasida tugʻma yurak nuqsoni bor bolalar bepul tibbiy koʻrikdan oʻtkazilishi koʻzda tutilgan. Eng muhimi, jarrohlik amaliyotiga muhtoj deb topilgan oʻnlab bolalarning operatsiyasi ham shu yerning oʻzida, hech qanday toʻlovlarsiz amalga oshirildi. Bunday yuqori texnologik operatsiyalarning Toshkentda emas, aynan Nukus shahrida oʻtkazilishi olis yoʻl bosib poytaxtga borishga qiynalgan oilalar uchun katta yengillik boʻldi.

Nukuslik ona Alima Oʻtemuratovaning quvonch yoshlari bilan aytgan minnatdorchilik soʻzlari butun tadbirning mohiyatini ochib beradi. Uzoq yillar farzandining dardi bilan yashagan oila uchun bu kun yangi hayot va umid eshiklarini ochdi. Bu kabi ezgu tashabbuslar nafaqat bolajonlarning hayotini asrab qolmoqda, balki minglab ota-onalarga kuch va ishonch bagʻishlamoqda.

Aytish joizki, tugʻma yurak nuqsoni – bu bolaning ona qornida rivojlanish davrida yurak tuzilishida paydo boʻladigan nuqsondir. Bu kasallik dunyoda eng koʻp uchraydigan tugʻma nuqsonlardan biri hisoblanadi va har 100 ta yangi tugʻilgan chaqaloqdan bittasida uchraydi.

Tugʻma yurak nuqsonlari turli xil boʻlishi mumkin: yurak toʻsiqlarida teshik, yurak qopqoqlarining notoʻgʻri ishlashi, yurak tomirlarining notoʻgʻri joylashuvi yoki rivojlanmasligi shular jumlasidandir. Baʼzi nuqsonlar yengil boʻlib, bolani bezovta qilmaydi va oʻz-oʻzidan tuzalishi mumkin. Biroq, ogʻir shakllarida bola nafas olishda qiynaladi, tez charchaydi, koʻkarib qoladi va normal rivojlana olmaydi.

Kasallikning sabablari ham turlicha: irsiy omillar, homiladorlik davridagi infektsiyalar, dori-darmonlarning notoʻgʻri qoʻllanilishi, ekologik omillar kasallik paydo boʻlishiga taʼsir koʻrsatishi mumkin. Eng muhimi – vaqtida tashxis qoʻyish va davolashdir. Zamonaviy kardioxirurgiya koʻpgina tugʻma yurak nuqsonlarini muvaffaqiyatli davolash imkonini beradi. Erta aniqlangan va toʻgʻri davolangan bolalar toʻlaqonli sogʻlom hayot kechira oladi.

Qoraqalpogʻiston tibbiyot instituti klinikasida poytaxtlik va mahalliy shifokorlarning hamkorlikda amalga oshirayotgan tibbiy koʻrik va jarrohlik amaliyotlari kelgusida Orolboʻyida ham tibbiy xizmat sifatini yanada yuksaltirishga xizmat qiladi. Zero, har bir bola sogʻlom yashashga haqli va bu yoʻldagi saʼy-harakatlar aslo toʻxtamaydi.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda ▶ Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda 13.10.2026 Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi ▶ Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi 13.10.2026 Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi ▶ Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi 12.10.2026 Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda ▶ Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda 12.10.2026 YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI ▶ YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI 12.10.2026 YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM ▶ YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM 12.10.2026 Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar ▶ Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar 05.10.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 05.10.2026 Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi 02.10.2026 Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar ▶ Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar 01.10.2026 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026