16.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.08.2026, 04:47
Iqtisodiyot 👁 996

Qurilishlar Prokuratura nazoratida

 Qurilishlar Prokuratura nazoratida

Soʻnggi yillarda Prezidentimizning alohida eʼtibor va tashabbuslari bilan mamlakatimiz taʼlim-tarbiya tizimida jiddiy islohotlar amalga oshirilib, oʻsib kelayotgan yosh avlodning mukammal bilim olishlari uchun zarur shart-sharoitlar yaratildi. Eng olis hududlardagi umumtaʼlim maktablari va maktabgacha taʼlim tashkilotlarining ham eskirgan binolarini taʼmirlash, rekonstruktsiya qilish, zamonaviy taʼlim standartlariga javob bermaydigan muassasalarni yangidan bunyod etish borasida keng koʻlamli bunyodkorlik ishlari olib borilmoqda.

Ayniqsa, mamlakatimiz Prezidentining 2024-yil 24-dekabrdagi “2025-2027-yillarda Oʻzbekiston Respublikasining ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori ijrosini taʼminlashga qaratilgan saʼy-harakatlar tufayli mamlakatimizda, shu jumladan Amudaryo tumanida ham taʼmirtalab holatga kelib qolgan taʼlim-tarbiya muassasalari joriy taʼmirlanib, rekonstruktsiya qilinmoqda. Yillar davomida taʼlim-tarbiya ishlarini olib borishda oʻqituvchilar uchun noqulaylik tugʻdirayotgan, moslashtirilgan binolarda faoliyat olib borayotgan taʼlim muassasalari uchun yangi binolar qurib berilmoqda.

Maʼlumot oʻrnida aytish joizki, Prezident qarori bilan “Oʻzbekiston–2030” strategiyasida belgilab berilgan vazifalarni hayotga tatbiq etish, hududlarda, shuningdek, mahallalarda ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini yanada rivojlantirish orqali aholining turmush darajasini oshirish hamda qurilish sohasidagi tadbirkorlar uchun qulay investitsiya muhitini yaratish, atrof-muhitni asrash, “Yashil iqtisodiyot” yoʻnalishlaridagi bunyodkorlik ishlariga 2025-yil davomida 2,4 trillion soʻm mablagʻ ajratildi.

Shuningdek, obʼektlarni loyihalashtirish va qurishda atrof-muhitga taʼsirni kamaytirish va qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan foydalanish, 2025-yildan boshlab har yili umumtaʼlim maktablarining sanitariya-gigiyenik infratuzilmasini yaxshilash uchun kamida 100 mlrd soʻm mablagʻ ajratib borish belgilangan edi.

Ayni paytda ushbu qaror asosida Amudaryo tumanida 8 ta ijtimoiy soha obʼektlarida keng koʻlamli qurilish, joriy taʼmirlash va rekonstruktsiya ishlari olib borilmoqda. Mazkur qurilish-taʼmirlash va rekonstruktsiya ishlarining sifatli bajarilishi va belgilangan muddatlarda foydalanishga topshirilishi yuzasidan prokuror nazorati oʻrnatilib, haftalik, oylik va yil chorakligi boʻyicha belgilangan rejalarning sifatli bajarilishi qatʼiy monitoring qilib borilmoqda.

Yaqinda Amudaryo tuman prokurori Bahrom Masharipov rahbarligida ushbu 8 ta ijtimoiy soha obʼektlarida olib borilayotgan bunyodkorlik ishlari joyiga chiqqan holda oʻrganildi.

Dastlabki kuzatishlar tumanning Choykoʻl ovulidagi 59-sonli umumtaʼlim maktabi hududida amalga oshirilayotgan rekonstruktsiya ishlari bilan tanishishdan boshlandi. Mazkur maktab binosining rekonstruktsiya ishlarini “Amudaryo xizmat koʻrsatish markazi” masʼuliyati cheklangan jamiyat quruvchilari amalga oshirishmoqda. Tuman prokurori rekonstruktsiya ishlari bilan tanishish asnosida qurilishning loyihada belgilangan talablar darajasida bajarilayotgani bilan yaqindan tanishdi.

Shu bilan birga, maktab hududi va binoning sanitariya-gigiyenik infratuzilmasini sifatli amalga oshirish zarurligini, barcha qurilish va rekonstruktsiya ishlarini muvaffaqiyatli yakunlash, yangi oʻqish yiliga maktab binosini foydalanishga topshirish yuzasidan zarur tavsiyalar berdi.

Shu kuni tuman prokurori Bahrom Masharipov Boʻzyop ovulidagi 68-sonli umumtaʼlim maktabida “Qizketken maxsus qurilish” masʼuliyati cheklangan jamiyati quruvchilari tomonidan olib borilayotgan rekonstruktsiya ishlari bilan ham yaqindan tanishdi. Bino eshik va derazalarining zich yopilishi, infratuzilma inshootlarining sifatli oʻrnatilishi, bino hududidagi obodonlashtirish ishlarining loyiha hujjatlariga qay darajada mosligi monitoring qilindi.

Oʻrganishlar jarayonida tumani prokurori bunyodkorlik ishlari ikki smenada olib borilayotgan mazkur obʼektlarda aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish va yangi oʻquv yilida yuz foiz tayyor holda, eng muhimi, sifatli foydalanishga topshirish boʻyicha masʼullarga zarur tavsiyalar berdi.

Shuningdek, tuman prokurori tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Yangi Oʻzbekiston” massivlarini qurish va hududlarning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishini taʼminlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmonida belgilangan vazifalarning amaliy ijrosi Amudaryo tumanida qay darajada taʼminlanayotgani boʻyicha ham joyiga chiqqan holda oʻrganishlar olib borildi.

Masʼullar ayni paytda mazkur Farmon asosida Mangʻit shahrining Doʻstlik mahallasi hududida barpo etilayotgan “Yangi Oʻzbekiston” massividagi koʻp xonadonli uy-joylarning qurilish-taʼmirlash ishlari, ijtimoiy-maishiy infratuzilmasi, qurilish ishlarining ekologik, sanitariya-gigiyenik talablarga muvofiqligi bilan yaqindan tanishdi.

“Yangi Oʻzbekiston” massivida har biri 30 ta xonadonga moʻljallangan va 5 qavatli boʻlgan 8 ta koʻp xonadonli turar joy binolari qurilishi jadal surʼatlarda olib borilmoqda.

Oʻrganishlar jarayonida Bahrom Masharipov mazkur uy-joylarni barpo etayotgan qurilish tashkilotlarining quruvchi-muhandislari, pudratchilar bilan uchrashib, turar joylarning belgilangan loyiha talablariga toʻliq javob beradigan darajada sifatli qurilishi, oʻz vaqtida foydalanishga topshirilishi yuzasidan maslahat va koʻrsatmalar berdi. Ayniqsa, aholining mahalliy turmush tarzidan kelib chiqib, uylarning ichki va tashqi infratuzilmasiga, obodonlashtirish ishlariga hamda massiv hududida joylashtiriladigan bolalar oʻyin maydonchalarida xavfsizlik qoidalariga qatʼiy amal qilgan holda ish olib borish zarurligini alohida taʼkidlandi.

Tuman hududida olib borilayotgan ijtimoiy soha obʼektlaridagi qurilish-taʼmirlash va rekonstruktsiya ishlarini belgilangan loyiha talablari darajasida amalga oshirish yuzasidan nazorat tadbirlari davom etmoqda.

ROBIYa YOʻLDOShEVA.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda 13.08.2026 Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda 10.08.2026 Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi 10.08.2026 Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar 06.08.2026 Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda 06.08.2026 Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi 05.08.2026 Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi 05.08.2026 Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda 05.08.2026 “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi 04.08.2026 Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi 04.08.2026 Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida 01.08.2026 Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi 01.08.2026 Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi 30.07.2026 Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda 30.07.2026 Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi 30.07.2026 Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 29.07.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 29.07.2026 Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019