16.10.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.10.2026, 06:31
Qishloq xoʻjaligi 👁 368

AMUDARYoLIK YoQUBBOY AShIROV URUGʻChILIK YOʻNALIShIDA SANOATChI FERMERGA AYLANDI

AMUDARYoLIK YoQUBBOY AShIROV URUGʻChILIK YOʻNALIShIDA SANOATChI FERMERGA AYLANDI

Mamlakatimizda qishloq xoʻjaligi mahsulotlaridan yuqori hosil olish, oziq-ovqat xavfsizligini taʼminlash, ayniqsa, paxtachilikni rivojlantirish davlatimiz siyosatining ustuvor yoʻnalishi hisoblanadi. Ana shu maqsadga erishishning eng maqbul yoʻli — ilgʻor innovatsion agrotexnologiyalarni amaliyotga keng joriy etish, qolaversa, ilm-fan yutuqlaridan, tadbirkorlarning yangi-yangi gʻoyalaridan samarali foydalanishdir.

Paxtachilik mamlakatimizda qishloq xoʻjaligining muhim tarmoqlaridan biri sanaladi va bu sohada katta malaka, tajriba va oʻziga xos maktab yaratilgan. Garchi soʻnggi yillarda oziq-ovqat xavfsizligini taʼminlash, qishloq joylarda aholi bandligi bilan bogʻliq muammolarni hal etish maqsadida koʻp tarmoqli fermer xoʻjaliklarini koʻpaytirishga qaratilgan chora-tadbirlar tufayli paxta ekiladigan maydonlar 15-16 foizgacha kamaygan boʻlsa-da, omilkor dehqonlarning sohaga innovatsion yondashuvlari natijasida mamlakatimizda paxta hosildorligi kamaymadi. Aksincha, ilm-fan va yangi innovatsion agrotexnologiyalarni qoʻllash paxta urugʻchilik tizimini takomillashtirish, mehnat samaradorligini oshirish hisobiga yalpi paxta hosilini yuqori koʻrsatkichlarga yetkazishga erishilmoqda.

Bu borada Amudaryo tumanida ham oʻziga xos tajriba maktabi yaratilgan. Xususan, yerning mahalliy sharoitidan kelib chiqib, turli kasalliklarga chidamli urugʻlik mahsulotlarini tanlash va ekish orqali paxtadan har yili yuqori hosil olishga erishilmoqda. Ayniqsa, tumandagi "Yoqubboy Ashirov" fermer xoʻjaligida paxta va gʻalla urugʻchiligi yoʻnalishida yuqori natijalarga erishilmoqda.

Oʻz faoliyatini 2009-yilda boshlagan Yoqubboy Ashirov rahbarligidagi mazkur fermer xoʻjaligi 114 gektar yer maydonida dehqonchilik qiladi. Yangiliklarga intiluvchan va hamisha oʻz faoliyatiga innovatsion gʻoya va tashabbuslarni joriy etish orqali paxta va gʻalla urugʻchiligi sohasida yuqori natijalarga erishib kelayotgan fermer tumandagi urugʻlik paxta va gʻalla yetishtiruvchi qishloq xoʻjaligi korxonalari uchun yanada qulayliklar yaratish, shu bilan birga paxta va gʻalla hosildorligini oshirishga munosib hissa qoʻshish maqsadida Xitoy Xalq Respublikasida boʻlib, xitoylik urugʻshunoslar faoliyati bilan yaqindan tanishdi.

Shu bilan birga davlatimiz tomonidan tadbirkor va ishbilarmonlar uchun yaratilgan imkoniyatlardan samarali foydalangan holda 3 milliard soʻmlik imtiyozli kredit oldi. Unga qoʻshimcha 3 milliard soʻm oʻz mablagʻi hisobiga Xitoy davlatidan paxta, gʻalla va boshqa donli ekinlar urugʻlarini mahalliy sharoitda qayta ishlaydigan zavod uskunalarini olib keldi hamda "Amu sara urug'lari" MChJ shaklidagi korxonaga asos soldi. Bu bilan Yoqubboy Ashirov sanoatchi fermerga aylandi.

Amudaryo tumanida yagona boʻlgan mazkur urugʻchilik korxonasi tumandagi fermer xoʻjaliklari uchun sifatli urugʻlik mahsulotlarini yetkazib berish orqali qishloq xoʻjaligi mahsulotlari yetishtirishda sifat va samaradorlikka erishishlariga munosib hissa qoʻshib kelmoqda.

Ayni paytda korxona joriy paxta yigʻim-terim mavsumi oldidan toʻliq quvvat bilan ishlashga shay qilinib, urugʻlik paxta yetishtiruvchi fermer xoʻjaliklaridan yangi paxta hosilini qabul qilish va qayta ishlash, sara urugʻlarni ajratib olishga tayyor qilib qoʻyildi. Korxonaning barcha tsexlari, ayniqsa, paxtadan sara urugʻlarni ajratib olish mexanizmlari benuqson ishlashi uchun zarur shart-sharoitlar yaratildi. Korxona ishchilari va mutaxassislari maxsus tayyorgarlikdan oʻtkazilib, ularga mehnat qonunchiligi va texnika xavfsizligi qoidalari yuzasidan tushuncha va tavsiyalar berildi.

Biz ijodiy jamoamiz bilan korxonada boʻlganimizda urugʻlik sifatini nazorat qilish uskunalari, laboratoriya jihozlari, paxtani qabul qilish, tola sifati boʻyicha toifalarga ajratishga qaratilgan barcha tadbirlarni tez va samarali amalga oshirish imkonini beruvchi texnologiyalar ishlash uchun shay holatga keltirilganining guvohi boʻldik. Bundan ham muhimi, mazkur korxonada faqat qishloq yoshlari mehnat qilishib, zamonaviy texnologiyalarni mahorat bilan boshqarishmoqda.

— Barchasi muhtaram Prezidentimizning biz —­ qoraqalpogʻistonlik tadbirkorlarga qaratayotgan yuksak eʼtibor va ragʻbatlari tufayli, — deydi Yoqubboy Ashirov mamnuniyat bilan. — Ana shu eʼtibor va ragʻbat tufayli tumanning eng chekka hududi — Yuqori qishloq mahallasiga sanoatni olib keldik, bir necha mahalla yoshlarining doimiy va mavsumiy ish bilan bandligi taʼminlandi.

Ayni paytda korxona mehnat jamoasi hududdagi urugʻlik paxta yetishtiruvchi fermer xoʻjaliklaridan dastlabki hosilni qabul qilib olishga taraddud koʻrishmoqda.

ROBIYa YOʻLDOShEVA.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda ▶ Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda 13.10.2026 Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi ▶ Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi 13.10.2026 Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi ▶ Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi 12.10.2026 Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda ▶ Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda 12.10.2026 YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI ▶ YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI 12.10.2026 YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM ▶ YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM 12.10.2026 Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar ▶ Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar 05.10.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 05.10.2026 Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi 02.10.2026 Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar ▶ Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar 01.10.2026 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026