16.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.08.2026, 05:37
Qishloq xoʻjaligi 👁 275

Paxta yigʻim-terimi: masʼuliyatli davr oldidan texnikalar shayligi koʻzdan kechirildi

Paxta yigʻim-terimi: masʼuliyatli davr oldidan texnikalar shayligi koʻzdan kechirildi

Paxtakorlar uchun “gʻalvir suvdan koʻtariladigan”, yil boʻyi qilingan fidoyi mehnatlariga haqqoniy baho beriladigan dolzarb palla boshlandi. Ayni kunlarda mamlakatimizning barcha hududlaridagi paxtachilik korxonalari, fermer xoʻjaliklari dalalarida pishib-yetilgan paxta hosilini nest-nobud qilmay yigʻib-terib olish, “oq oltin”imizni xaridorlariga oʻz vaqtida toza va sifatli yetkazib berishga qaratilgan chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.

Amudaryo tumanida ham kuzgi mavsumning eng dolzarb va masʼuliyatli davri — paxta yigʻim-terimini muvaffaqiyatli oʻtkazishga puxta hozirlik koʻrildi. Xususan, tumandagi 352 ta fermer xoʻjaliklari va qishloq xoʻjaligi korxonalari ixtiyoridagi transport traktorlari tirkamalarining yigʻim-terim mavsumiga tayyorgarlik holati yuzasidan qatʼiy nazorat tadbirlari olib borilib, mavjud kamchiliklarni bartaraf etish choralari koʻrildi. Unga koʻra, terilgan paxta xom ashyosini paxtani qabul qilish maskanlariga betalofat yetkazish, traktor tirkamalarining ustiga yopiladigan brezentlarning sifati, shuningdek, yongʻinga qarshi uskunalar bilan jihozlanganlik darajasi boʻyicha oʻrganishlar olib borildi.

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish Inspektsiyasining Amudaryo tuman boʻlimi tomonidan 352 ta fermer xoʻjaliklari va paxtachilik korxonalari ixtiyoridagi barcha traktor tirkamalari tumandagi 5 ta paxtani qabul qilish maskanlariga yigʻilib, Agroinspektsiyaning tuman boʻlimi boshligʻi Sarvar Matyakubov va tuman Yoʻl harakati xavfsizligi xizmati boshligʻi, safdor Begzod Qozoqov ishtirokida yana bir bor nazoratdan oʻtkazildi.

Nazorat tadbirlari jarayonida koʻpchilik traktor tirkamalarining davlat raqami belgisi va guvohnomalari yoʻqligi aniqlandi. Aniqlangan barcha kamchiliklar joyida bartaraf etilib, 5 ta paxtani qabul qilish maskanlariga yigʻilgan jami 748 ta traktor tirkamalariga vaqtinchalik davlat raqamlari va guvohnomalar rasmiylashtirib berildi.

Tadbir jarayonida Amudaryo tumani Yoʻl harakati xavfsizligi boʻlimi boshligʻi Begzod Qozoqov fermer xoʻjaliklari rahbarlari va transport traktorlarini boshqaruvchi mexanizatorlarga paxta yigʻim-terimi mavsumi davomida texnika xavfsizligi hamda yoʻl harakati qoidalariga qatʼiy amal qilishning ahamiyati, shuningdek, paxta isrofgarchiligining oldini olishda eʼtibor qaratish lozim boʻlgan jihatlar haqida tushunchalar berdi.

Taʼkidlanganidek, paxta yigʻim-terimi mavsumi davomida texnika xavfsizligi va yoʻl harakati qoidalariga qatʼiy amal qilish hayotiy muhim ahamiyatga ega. Yoʻllarda harakatlanishda tezlikni cheklash, belgilarga amal qilish, boshqa transport vositalari bilan ehtiyotkorlik bilan muomala qilish kerak. Xavfsizlik qoidalarini buzish jiddiy baxtsizliklarga, jaroxatlarga va hatto oʻlimga olib kelishi mumkin. Shuning uchun har bir ishchi va haydovchi oʻz javobgarligini anglab, qoidalarga qatʼiy amal qilishi lozim.

Koʻrilayotgan bu kabi amaliy chora-tadbirlar paxtakorlarimizning fidoyi mehnatlari va peshona teri evaziga yetishtirilgan hosilni oʻz vaqtida, nest-nobud qilmay yigʻishtirib olish, pirovardida nafaqat dehqonlar, balki xalqimizning moddiy manfaatdorligini, oilalar farovonligini oshirishda muhim ahamiyat kasb etishi shubhasiz.

Robiya YOʻLDOShEVA.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda 13.08.2026 Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda 10.08.2026 Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi 10.08.2026 Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar 06.08.2026 Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda 06.08.2026 Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi 05.08.2026 Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi 05.08.2026 Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda 05.08.2026 “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi 04.08.2026 Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi 04.08.2026 Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida 01.08.2026 Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi 01.08.2026 Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi 30.07.2026 Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda 30.07.2026 Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi 30.07.2026 Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 29.07.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 29.07.2026 Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019