16.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.08.2026, 05:33
Qishloq xoʻjaligi 👁 223

Samarali hosil – ilgʻor texnologiyalar bilan birga

Samarali hosil – ilgʻor texnologiyalar bilan birga

Joriy yilning 14-sentyabr kuni Amudaryo tumanida paxtachilikda zamonaviy texnika va texnologiyalardan samarali foydalanish, ularning hodildorlik va ish unumdorligidagi ahamiyatiga bagʻishlangan koʻrgazmali amaliy seminar boʻlib oʻtdi. Yangi avlod paxta terish mashinalarini boshqarish boʻyicha oʻtkazilgan amaliy koʻrgazmali seminar nafaqat texnika yangiliklarini namoyish qildi, balki hudud paxtachiligini samaradorlik va sifat jihatidan yangi bosqichga olib chiqishda muhim tajriba maydoni boʻlib xizmat qildi.

Tadbirda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi Farhod Ermanov, respublikadagi barcha tumanlar hokimlari, qishloq xoʻjaligining barcha tarmoqlari masʼul rahbarlari, fermerlar hamda paxta terish mashinalari operatorlari va mexanizatorlar ishtirok etdi.

Seminar dastlab Toʻlqin ovuli hududidagi “Xidirov Samad” fermer xoʻjaligi paxta maydonida oʻtkazildi. Barcha seminar ishtirokchilari yangi paxta terish mavsumini betalafot, uyushqoqlik bilan oʻtkazish, hosilni nest-nobud qilmasdan yigʻib terib olish hamda yuqori xirmon yaratishni tilab duoga qoʻl ochdilar.

Bu yerda Turkiya Respublikasining “Cansa tarim makinalari” kompaniyasi tomonidan ishlab chiqarilgan 2 ta paxta terish mashinalari ish jarayonida sinovdan oʻtkazildi. Mashinaning maydondagi harakati, tolani ajratish va tozalash bosqichlari, ishlab chiqarish surʼati va boshqaruv elementlari operatorlarga amaliy misollar bilan namoyish etildi. Ishtirokchilar mashinaning qulay boshqaruv paneli, kam yoqilgʻi sarfi va mehnatni yengillashtirishdagi afzalliklarini kuzatib, agrar texnologiyalar qanday qilib hosildorlikni oshirishga xizmat qilishi haqida oʻz fikrlarini bildirdi.

Muloqotlar davomida operatorlar oʻzlarining amaliy tajribalarini baham koʻrdi, fermerlar esa texnikaning real sharoitdagi ishlashini eʼtibor bilan kuzatib, kelgusida qanday usullar orqali samaradorlikni oshirish mumkinligi haqida maʼlumotlarga ega boʻldilar.

Seminar ishtirokchilarining keyingi manzili Choykoʻl ovuli hududidagi “Choykoʻl Doʻstlik” fermer xoʻjaligining paxta ekin maydoni boʻldi. Bu yerda Xitoyning “Fm Word” kompaniyasi tomonidan ishlab chiqarilgan paxta terish mashinasi tanishtirildi. Maydon boʻylab harakatlanayotgan texnika qoldiq tolalarni samarali ajratishi, maydondagi qoʻshimcha ishlarni tez amalga oshirishi va operatorlar uchun qulay ekanligi bilan eʼtirofga sazovor boʻldi. Har ikki maydondagi texnikalar namoyishi shuni koʻrsatdiki, zamonaviy mashinalar paxta yigʻim-terimini nafaqat tezlashtiradi, balki sifatni saqlagan holda mahsulotni minimal yoʻqotish bilan terib olishda ham muhim rol oʻynaydi.

Seminar mobaynida Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi Farhod Ermanov boshchiligida paxta mashina ishlab chiqaruvchi kompaniyalarning Oʻzbekistondagi vakillari, tumanlar hokimlari va fermerlar ishtirokida majlis boʻlib oʻtdi. Majlis davomida paxta yigʻim-terim mavsumini uyushqoqlik bilan oʻtkazish, texnikalardan samarali foydalanish va ularga xizmat koʻrsatish tizimini yoʻlga qoʻyish orqali uzluksiz ishlashini taʼminlash boʻyicha aniq vazifalar belgilandi. Shuningdek, yigʻilish qatnashchilari ishlab chiqaruvchilarga texnik xizmat, ehtiyot qismlar yetkazib berish va operatorlarni oʻqitish boʻyicha oʻzlarini qiziqtirgan savollarni berdi va batafsil javoblar oldi.

Amudaryo tumanidagi ushbu amaliy koʻrgazma — paxtachilikda texnologik yangilanishning amaliy namoyishi, bilim, tajriba almashish va kelajakni rejalashtirish uchun muhim vosita boʻldi. Endi asosiy vazifa — olingan bilimlarni amaliyotga tezda tatbiq etish, texnika va inson resurslarini muvofiqlashtirish hamda mavsumni samarali oʻtkazishdir.

Charos Arsonova, tuman hokimligining Axborot xizmati rahbari.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda 13.08.2026 Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda 10.08.2026 Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi 10.08.2026 Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar 06.08.2026 Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda 06.08.2026 Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi 05.08.2026 Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi 05.08.2026 Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda 05.08.2026 “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi 04.08.2026 Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi 04.08.2026 Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida 01.08.2026 Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi 01.08.2026 Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi 30.07.2026 Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda 30.07.2026 Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi 30.07.2026 Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 29.07.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 29.07.2026 Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019