16.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.08.2026, 05:37
Siyosat 👁 705

Xalq deputatlari Amudaryo tuman kengashining 13-sessiyasi toʻgʻrisida axborot

Xalq deputatlari Amudaryo tuman kengashining 13-sessiyasi toʻgʻrisida axborot

16-sentyabr kuni Amudaryo tumani hokimligining majlislar zalida Xalq deputatlari tuman kengashining navbatdagi 13-sessiyasi boʻlib oʻtdi. Sessiyada deputatlar, tuman hokim oʻrinbosarlari, hokimlik masʼul xodimlari, boʻlimlar, tashkilotlar rahbarlari hamda ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdi.

Sessiyani Xalq deputatlari tuman Kengashi raisining oʻrinbosari – 3-“Doʻstlik” saylov okrugidan deputat Madamin Kazakov olib bordi. Sessiya kotibligiga “14-Boʻz yop” saylov okrugidan deputat Muzaffar Yeshchanov saylandi.

Sessiya kun tartibidagi dastlabki – tuman mahalliy byudjetining qoʻshimcha manbalari hisobidan mablagʻ ajratish, 2-bosqich drayver loyihalarning manzilli roʻyxatini tasdiqlash, “Tashabbusli byudjet” ning gʻolib boʻlgan loyihalarining roʻyxatini tasdiqlash toʻgʻrisidagi masalalar yuzasidan tuman hokimligining Moliya, iqtisodiyot va kambagʻallikni qisqartirish masalalari boʻyicha bosh mutaxassisi Otabek Olloyorov hisobot berdi.

Hisobotlarda keltirilishicha, Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va Moliya vazirligi tomonidan ochilgan Ochiq byudjet portalida 2025-yil 15-iyulidan 3-avgustga qadar boʻlgan davrda tuman fuqarolari tomonidan jami 72 ta tashabbuslar kiritilgan. Ishchi komissiyaning 2025-yil 21-avgustdagi yigʻilishida ushbu tashabbuslar komissiya aʼzolari tomonidan qayta koʻrib chiqilib, 2 ta tashabbus belgilangan tartibga zid ekanligi sababli rad etilgan. Tanlab olingan 70 ta tashabbuslar, masʼullar tomonidan qayta hisob-kitoblar qilinib, ovoz berish jarayoniga ruxsat berilgan. Ovoz berish yakunlariga koʻra 12 ta tashabbus gʻolib deb topilgan. Ushbu tashabbuslarning umumiy qiymati 18 mlrd soʻmni tashkil etadi.

Sessiya kun tartibidagi navbatdagi masala – tuman Tibbiyot birlashmasida 2025-yil 7 oyi davomida aholiga malakali tibbiy xizmat koʻrsatish boʻyicha amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan Tibbiyot birlashmasi bosh shifokori oʻrinbosari Gulshod Yusupovaning hisoboti tinglandi.

Hisobotda qayd qilinganidek, joriy yilning 7 oy davomida tumanda 2193 nafar chaqaloq tugʻilgan, 540 kishi vafot etgan, 17 yoshgacha boʻlgan bolalar oʻlimi 49 nafarni, 1 yoshgacha boʻlgan bolalar oʻlimi 39 nafarini tashkil qilgan.

Hisobot davrida jami 20 ming 793 nafar bolalar turli kasalliklarga qarshi emlangan. Shundan epidemiologik koʻrsatma asosida 1678 nafar bolalar qizilcha kasalligiga, 6 yoshli 3760 nafar bolalar va kam taʼminlangan oilalarning 500 nafar farzandlari esa gepatit “A” kasalligiga qarshi emlangan. Ushbu davr mobaynida onalar oʻlimi kuzatilmagan.

Sessiya kun tartibidagi soʻnggi masala – Maktabgacha taʼlim tashkilotlarida bolalarning ovqatlanish jarayonida sanitariya talablariga rioya qilnishi yuzasidan Amudaryo tumani Sanitariya epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi boʻlimi boshligʻi Gulmurod Bekiyev hisobot berdi.

Hisobotda 2025-yildan boshlab maktabgacha taʼlim tashkilotlarida bolalarni ovqatlantirishning autsorsing tizimi joriy qilingani, bu tizim orqali xususiy tashkilotlar tomonidan ovqat tayyorlanishi va yetkazib berilishi yoʻlga qoʻyilgani xususida soʻz yuritildi va bu jarayonlarda sanitariya talablari va normalariga amal qilish holati haqida maʼlumotlar berildi.

Sessiya kun tartibiga kiritilgan barcha masalalar atroflicha muhokama qilinib, fikr-mulohazalar tinglangan holda tegishli qarorlar qabul qilindi. Shuning bilan Xalq deputatlari tuman kengashining 13- sessiyasi oʻz ishini yakunladi.

Charos Arslonova, tuman hokimligining Axborot xizmati rahbari.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda 13.08.2026 Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda 10.08.2026 Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi 10.08.2026 Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar 06.08.2026 Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda 06.08.2026 Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi 05.08.2026 Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi 05.08.2026 Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda 05.08.2026 “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi 04.08.2026 Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi 04.08.2026 Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida 01.08.2026 Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi 01.08.2026 Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi 30.07.2026 Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda 30.07.2026 Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi 30.07.2026 Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 29.07.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 29.07.2026 Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019