16.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.08.2026, 05:35
Qishloq xoʻjaligi 👁 266

Yoshlar uchun ajratilgan yer – farovon hayot sari mustahkam poydevor vazifasini oʻtamoqda

Yoshlar uchun ajratilgan yer – farovon hayot sari mustahkam poydevor vazifasini oʻtamoqda

Bugun mamlakatimizda yoshlar kelajagi uchun, ularning oʻz salohiyatini roʻyobga chiqarishi va oilasiga munosib daromad topishi uchun barcha sharoitlar yaratilmoqda. Muhtaram Prezidentimiz tashabbusi bilan qabul qilingan “Yoshlarga yer ajratish orqali ularning daromadlarini oshirish va bandligini taʼminlash, shuningdek, yangi yer maydonlarini oʻzlashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaror hayotga izchil tatbiq etilib, oʻzining yuksak samarasini bermoqda.

Amudaryo tumanining Xolimbeg ovulida mazkur qaror doirasida 23 nafar yoshlarning har biriga 25 sotixdan, jami 8,5 gektar yer maydoni ajratilgan. Bugun ushbu yoshlar nafaqat oʻzlari, balki ota-onasi, aka-ukalari va oila aʼzolari bilan birgalikda dalada mehnat qilib, bir nechta oilaning bandligini taʼminlashga erishmoqda. Ularning mehnati natijasida oilalar daromad topib, farovon turmush sari dadil odimlamoqda.

Ajratilgan unumdor yer maydonlarida kartoshka, karam, pomidor, bodring, sabzi kabi turli sabzavot ekinlari yetishtirilib, bu mahsulotlar nafaqat oilalarning daromad manbaiga, balki mahalliy bozorni toʻldirishga ham munosib hissa boʻlib qoʻshilmoqda.

Maʼlumot oʻrnida aytish joizki, yoshlarga yer ajratish orqali bandligini taʼminlash va daromadlarini oshirish maqsadida mahallalardagi ishsiz yoshlar roʻyxati shakllantirilib, tuman zaxirasidagi 400 gektar yer maydonlari 1104 nafar yoshlarga ajratib berilgan edi.

Bugungi kunda bu yerlarning 100 foizi oʻzlashtirilib, turli ekinlar ekildi. Xususan, 20,6 gektar yer maydoniga kartoshka, 93,6 gektar yer maydoniga poliz ekinlari, 105 gektar yer maydoniga donli ekinlar, salkam 50 gektar maydonga sabzavot ekinlari, 128 gektar maydonga esa boshqa ekinlar ekilib, yuqori hosil va moʻmay daromad olinmoqda. Bu nafaqat yoshlarga barqaror daromad manbai boʻlib xizmat qilmoqda, balki tumanda oziq-ovqat xavfsizligini taʼminlash, ichki bozorni toza va sifatli mahsulotlar bilan toʻldirishga ham katta yordam bermoqda.

Yana bir eʼtiborga molik jihat shuki, 2025-yilda gʻalladan boʻshagan yer maydonlaridan 807 nafar yoshlarga jami 121 gektar yer maydonlari mavsumiy ijara asosida ajratib berildi. Bu esa yoshlarning mavsumiy bandligini taʼminlash, ularni qishloq xoʻjaligiga keng jalb qilishda muhim ahamiyat kasb etmoqda.

Taʼkidlash joizki, yoshlarga yer ajratish — ularning bandligini taʼminlash, daromadlarini oshirish, mahallalarda ijtimoiy muhitni yaxshilash va eng asosiysi, yangi yer maydonlarini oʻzlashtirish orqali qishloq xoʻjaligida samaradorlikni oshirishning muhim omilidir.

Amudaryo tumanida amalga oshirilayotgan bu kabi amaliy ishlar, bu ishlarda yoshlarning faol ishtiroki va ota-onalari bilan birga mehnat qilishi – davlatimiz rahbari belgilab bergan ezgu maqsadlar hayotga izchil tatbiq etilayotganidan dalolatdir.

Bugun koʻplab yoshlar dalada mehnat qilmoqda, oilasiga daromad olib kelmoqda, yurtimiz ravnaqiga hissa qoʻshmoqda. Shubhasiz, yoshlarimizning bu kabi fidokorona mehnati ertangi kunimizni yanada farovon etib, mamlakatimiz taraqqiyotida muhim oʻrin egallaydi.

Charos Arslonova, tuman hokimligining Axborot xizmati rahbari.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda 13.08.2026 Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda 10.08.2026 Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi 10.08.2026 Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar 06.08.2026 Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda 06.08.2026 Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi 05.08.2026 Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi 05.08.2026 Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda 05.08.2026 “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi 04.08.2026 Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi 04.08.2026 Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida 01.08.2026 Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi 01.08.2026 Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi 30.07.2026 Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda 30.07.2026 Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi 30.07.2026 Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 29.07.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 29.07.2026 Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019