16.10.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.10.2026, 05:10
Fan va taʼlim 👁 433

Kadrlar tayyorlashda yangi bosqich: Amudaryo muhandislik texnologiyalari texnikumi tajribasi

Kadrlar tayyorlashda yangi bosqich:  Amudaryo muhandislik texnologiyalari texnikumi tajribasi

Bugungi kunda mamlaka­timizda yoshlarni zamonaviy bilim va koʻnikmalar bilan qurollantirish, ularni mehnat bozorida raqobatbardosh muta­xassislar etib tayyorlashga alohida eʼtibor qa­ratilmoqda. Amudaryo muhandislik texnologiyalari texnikumi jamoasi ushbu ezgu maqsad yoʻlida samarali faoliyat yuritayotgan taʼlim muassasalaridan biridir. Texnikumimiz nafaqat hu­dudimiz yoshlarining kas­biy salohiyatini oshirishga xizmat qilmoqda, balki mam­lakatimiz iq­tisodiyoti uchun muhim boʻl­gan oʻrta boʻ­gʻin kadrlarini tayyorlash ish­lariga ham munosib hissa qoʻshmoqda.

Texnikumimizning umumiy maydoni 4,6 gektarni tashkil etib, u 936-oʻrinli quvvatga ega. Taʼlim dargohimizda 100-oʻrinli zamonaviy yotoqxona va shuncha oʻrinli oshxona oʻquvchilar ixtiyorida. Hozirda muassasada 632 nafar oʻquvchi kunduzgi, sirtqi va dual taʼlim shakllari boʻyicha tahsil olmoqda. Ularning 456 nafari davlat granti asosida, 176 nafari esa toʻlov-kontrakt asosida bilim olmoqda. Shuningdek, 87 nafar oʻquvchi shartnoma asosida yotoqxonaga joylashtirilgan boʻlib, ularning 54 nafari qizlar va 33 nafari oʻgʻil bolalardir.

Texnikumda jami 40 nafar oʻqituvchi va 1 nafar ishlab chiqarish taʼlimi ustasi faoliyat yuritadi. Ularning 1 nafari oliy toifali, 4 nafari yetakchi, 11 nafari esa katta oʻqituvchilardir.

Taʼlim sifatini yanada oshi­rish maqsadida Qora­qalpoq davlat universiteti, Nukus davlat texnika universiteti, Qoraqalpogʻiston qishloq xoʻjaligi va agrotexnologiyalar instituti kabi oliy taʼlim muassasalari bilan yaqin hamkorlik yoʻlga qoʻyilgan. Ushbu hamkorlik doirasida ular muassasaga metodik yordam koʻrsatib, oʻqitish materiallarimizga taqrizlar berishmoqda, birgalikda uslubiy qoʻllanmalar tayyorlayapmiz va professor-oʻqituvchilar tomonidan mahorat darslari oʻtkazilmoqda.

Texnikum bitiruvchilari­ning ishga joylashishi va oliy taʼlimni davom etti­rishi borasida ham sal­moqli natijalarga erishilmoqda. 2024-2025 oʻquv yilida texnikumni bitirgan 96 nafar oʻquvchidan 25 nafari imtihonsiz, yakka tar­tibdagi suhbat asosida oliy taʼlim muassasalari talabasi boʻldi. Bitiruvchilarimizning 12 nafari tad­birkorlik bilan shugʻullanmoqda, 72 nafari esa oʻz sohasi va unga yaqin yoʻnalish­larda faoliyat olib bormoqda. Bu koʻrsatkichlar texnikumimizda berilayotgan bilim va koʻnikmalarning mehnat bozoridagi talabga mos ekanligini koʻrsatadi.

Oʻqituvchilarimizning in­no­­­­vatsion yondashuvlari ham eʼti­rofga loyiq. Oʻzbe­­kiston Respublikasi Pre­zi­den­ti­ning 2023-yil 24-may­dagi Qarori hamda Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirining topshirigʻiga asosan tashkil etilgan “Professio­nal taʼlim tizimida eng yaxshi raqamli taʼlim resurs­lari” Respublika koʻrik-tanlovida oʻqituvchilarimiz muvaffa­qiyatli ishtirok etdilar. Birinchi bosqichda 18 ta ra­qamli taʼlim resursini ishlab chiqdik va ulardan 10 tasi Qoraqalpogʻiston Res­publikasi miqyosida gʻolib deb topilib, respublika bosqichiga yoʻllanma oldi. Uchinchi bosqichda esa maxsus fan oʻqituvchilarimiz Gulnora Xudaybergenova, Toʻlgʻanoy Eshmuratova va psixologimiz Muattar Ozodovalar oʻz nominatsiyalarida faxrli 1-oʻrinni egallab, mukofotlarga sazovor boʻldilar.

Kelgusida faoliyatimizni yanada kengaytirishni rejalashtirganmiz. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 24-yanvardagi Qaroriga muvofiq, 2025/2026 oʻquv yilidan boshlab texnikumimizda muhandislik sohalaridagi kasblar boʻyicha toʻliq davlat granti asosida oʻrta boʻgʻin kadr­larini tayyorlash tizimi yoʻlga qoʻyildi. Shuning­dek, ish beruvchilar bilan tuzilgan shartnomalar asosida oʻquvchilarni dual taʼlim shaklida oʻqishga qabul qilamiz. Hozirda “TRIANGUL METALS TEBINBULAK” qoʻshma korxonasi bilan memorandum imzolab, «Elektr tarmoqlari va tizimlari» mutaxassisligi boʻyicha kunduzgi va dual taʼlim shaklida oʻquvchilarni qabul qilishni boshlab yubordik.

Bundan tashqari, texnikumimizda yoshlarni kasb-hunarga jalb etish maqsadida “Ochiq eshiklar kuni” tadbirlarini doimiy ravishda oʻtkazib kelmoqdamiz. Yaqinda tuman hokimi Sobir Xoʻjametov tashabbusi bilan texnikumda 18 ta yoʻnalishda bepul qisqa muddatli oʻquv kurslari tashkil etildi. Bu kurslar yoshlarga tikuvchilik, sartaroshlik, IT va das­turlash, payvandchilik kabi sohalarda bilim olish imkonini berib, ularning mehnat bozorida talabgir mutaxassis boʻlib yetishishiga zamin yaratadi.

Xulosa qilib aytganda, Amudaryo muhandislik texnologiyalari texnikumi jamoasi, nafaqat taʼlim berish, balki yoshlarni kelajak kasblariga tayyorlash, ularning ijtimoiy va iqtisodiy hayotdagi oʻrnini mus­tahkamlashga qaratilgan keng qamrovli faoliyatni amalga oshirmoqda. Oliy taʼlim muassasalari va ishlab chiqarish korxonalari bilan hamkorlik, innovatsion yondashuvlar hamda davlatimiz tomonidan koʻrsatilayotgan eʼtibor kelajakda taʼlim dargohimizning katta yutuqlariga yoʻl ochib berishiga ishonamiz.

Fursatdan foydalanib, texnikumimiz oʻqituvchilari, ishlab chiqarish taʼlimi ustalari va barcha xodimlarini, qolaversa, yurtimizdagi barcha ustoz va murabbiylarni 1-oktyabr – Oʻqituvchi va murabbiylar kuni bilan chin qalbimdan tabriklayman! Ularning yoshlarga bilim berish, kasb-hunar oʻrgatishdek mashaqqatli va sharafli ishlarida omad yor boʻlishini tilab qolaman!

Shuhrat Matirzayev, texnikum direktori, xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashi deputati.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda ▶ Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda 13.10.2026 Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi ▶ Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi 13.10.2026 Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi ▶ Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi 12.10.2026 Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda ▶ Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda 12.10.2026 YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI ▶ YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI 12.10.2026 YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM ▶ YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM 12.10.2026 Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar ▶ Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar 05.10.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 05.10.2026 Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi 02.10.2026 Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar ▶ Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar 01.10.2026 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026