16.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.08.2026, 04:20
Fan va taʼlim 👁 305

PEDAGOG-TARBIYaChILAR UChUN “METODIK MAHORAT SOATI” OʻQUV-SEMINARI OʻTKAZILDI

PEDAGOG-TARBIYaChILAR UChUN “METODIK MAHORAT SOATI” OʻQUV-SEMINARI OʻTKAZILDI

Mamlakatimizda maktabgacha taʼlim tashkilotlari faoliyatini jahon andozalari darajasida takomillashtirish, sohaga ilgʻor xorijiy tajribalarni, shu bilan birga davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlarida faoliyat olib boruvchi yuqori malakali pedagog-tarbiyachilarning namunali innovatsion gʻoyalarini keng joriy etish orqali tarbiyalanuvchilarning qobiliyat va iqtidorlarini rivojlantirishga alohida eʼtibor qaratilmoqda.

Bu borada Amudaryo tuman Maktabgacha va maktab taʼlimi boʻlimi tasarrufidagi davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlarida “Metodik mahorat kuni” doirasida amalga oshirilayotgan ishlar oʻzining ijobiy samarasini bermoqda.

Xususan, Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab taʼlimi Vazirligining 2025-yil 2-sentyabr kungi buyrugʻi ijrosini taʼminlashga qaratilgan chora-tadbirlar tufayli tumandagi tayanch maktabgacha taʼlim tashkilotlarida malakali trener-mentorlar tomonidan innovatsion treninglar, oʻquv-seminar mashgʻulotlari olib borilmoqda.

Joriy yilning 7-oktyabr sanasida tumandagi 40-sonli va 5-sonli tayanch maktabgacha taʼlim tashkilotlarida “Metodik mahorat kuni” doirasida "Metodik mahorat soati” oʻquv-seminari tashkil etildi. Oʻquv-seminarini tuman Maktabgacha va maktab taʼlimi boʻlimining bosh uslubchisi Hulkar Babajanova ochdi va maktabgacha taʼlim tizimiga ilgʻor xorijiy tajribalarni keng joriy etishning afzalliklari xususida batafsil soʻz yuritdi.

Mazkur oʻquv-seminari 40-sonli va 5-sonli davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlarida oʻtkazilib, har birida 27 nafardan pedagog-tarbiyachilar ishtirok etishdi va ularga malakali trenerlar tomonidan sohaga oid qimmatli maslahat va tavsiyalar berildi.

“Maktabgacha yoshda kognitiv rivojlanishni qoʻllab-quvvatlash” mavzusida oʻtkazilgan “Metodik mahorat soati” oʻquv-seminari yuqori saviyada tashkillashtirildi. Har ikkala davlat maktabgacha taʼlim tashkilotida oʻtkazilgan oʻquv-seminari avvalida malakali trenerlar – 40-sonli davlat maktabgacha taʼlim tashkiloti direktorining oʻrinbosari Albina Esnazarova hamda 5-sonli davlat maktabgacha taʼlim tashkiloti direktorining oʻrinbosari Gulchehra Yuldashevalar tadbirning maqsadi va kutilayotgan natijalari yuzasidan zarur maʼlumotlar berdilar. Ular “Maktabgacha yoshda kognitiv rivojlanishni qoʻllab-quvvatlash” mavzusidagi maʼruzalari orqali sohaga xorijiy tajribalarni keng joriy etish boʻyicha har biri 3 soatlik koʻrgazmali dars-mashgʻulotlarini olib bordilar.

Maktabgacha yoshdagi bolalarda kognitiv rivojlanishni qoʻllab-quvvatlash Singapurcha yondashuv boʻlib, bunda bolalarda elementar matematik koʻnikmalarni rivojlantirish, oʻqitish yondashuvi, savol-javoblar va tadqiqotga asoslangan oʻquvning dastlabki bosqichida bolaga hisoblashni oʻrgatish muhim ekanligi alohida taʼkidlandi.

Aynan ana shunday asosda olib borilgan taʼlimiy va tarbiyaviy ishlar bolaning barqaror rivojlanishini taʼminlaydi va eslab qolish qobiliyati, taʼlimiy mashgʻulotlarni oʻzlashtirish koʻnikmalari, iqtidori shakllanadi.

Yuqori ishchanlik ruhida oʻtkazilgan oʻquv-seminar mashgʻulotlari ishtirokchilar uchun qiziqarli taassurotlarga boy, savol-javoblar va oʻzaro tajriba almashuvlar asosida oʻtgani bilan muhim ahamiyatga ega boʻldi. Mazkur tadbir orqali oʻquv-seminar ishtirokchilari nafaqat xorijiy tajribalarni, balki milliy-maʼnaviy qadriyatlarga asoslangan innovatsion gʻoyalarni amaliyotga joriy etish boʻyicha qimmatli maʼlumotlarga ega boʻldilar.

ROBIYa YOʻLDOShEVA.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda 13.08.2026 Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda 10.08.2026 Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi 10.08.2026 Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar 06.08.2026 Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda 06.08.2026 Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi 05.08.2026 Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi 05.08.2026 Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda 05.08.2026 “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi 04.08.2026 Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi 04.08.2026 Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida 01.08.2026 Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi 01.08.2026 Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi 30.07.2026 Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda 30.07.2026 Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi 30.07.2026 Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 29.07.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 29.07.2026 Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019