16.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.08.2026, 04:49
Salomatlik 👁 351

Aholiga yetkazib berilayotgan ichimlik suvining sifati hamda undan oqilona foydalanish holati oʻrganildi

Aholiga yetkazib berilayotgan ichimlik suvining sifati hamda undan oqilona foydalanish holati oʻrganildi

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi sohasida nazorat qilish inspektsiyasining Qoraqalpogʻiston Respublikasi hududiy nazorat qilish inspektsiyasi tomonidan tizimda qonuniylik va shaffoflikni taʼminlash, isteʼmolchilar oʻrtasida tejamkorlik madaniyatini targʻib qilish borasida keng koʻlamli ishlar amalga oshirilmoqda. Inspektsiya faoliyatining asosiy yoʻnalishi – ichimlik suvi va oqova suv tarmoqlaridan oqilona va qonuniy foydalanishni nazorat qilish hamda suv isrofgarchiligiga qarshi kurashishdan iborat.

Inspektsiya mutaxassislari tomonidan muntazam ravishda Respublikaning turli hududlarida ichimlik suvi va oqova suv tarmoqlariga oʻzboshimchalik bilan ulanish va ichimlik suvini behuda isrof qilish holatlarini aniqlash maqsadida oʻrganishlar olib borilmoqda. Jumladan, joriy yil boshidan buyon jami 254 ta byudjet tashkilotida ana shunday oʻrganishlar oʻtkazildi. Natijada 26 ta tashkilotda jiddiy kamchiliklar aniqlanib, tashkilot rahbarlariga kamchiliklarni zudlik bilan bartaraf etish boʻyicha belgilangan tartibda koʻrsatmalar berildi. Qonunbuzarlikka yoʻl qoʻygan 7 nafar masʼul shaxslarga esa Oʻzbekiston Respublikasi Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi Kodeksining tegishli moddalariga asosan jarimalar solindi. Bu kabi choralar byudjet tashkilotlarida suv resurslaridan foydalanishda masʼuliyatni oshirishga xizmat qilishi shubhasiz.

Aholi salomatligini himoya qilish maqsadida Inspektsiya xodimlari Qoraqalpogʻiston Respublikasi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi boshqarmasi mutaxassislari bilan yaqin hamkorlikni yoʻlga qoʻygan. 2025-yil boshidan buyon ichimlik suvi tarmoqlaridan kimyoviy hamda biologik koʻrsatkichlarni tekshirish uchun jami 1742 ta sinamalar olinib, laboratoriyalarga yuborildi. Olingan sinamalar asosida ichimlik suvining sifati boʻyicha tegishli xulosalar chiqariladi va aholiga yetkazib berilayotgan suvning xavfsizligi doimiy nazoratga olingan.

Sohadagi tartib-intizomni mustahkamlash borasidagi ishlar ham qatʼiy davom ettirilmoqda. Yil boshidan buyon ichimlik suvi taʼminoti va oqova suv tarmoqlariga oʻzboshimchalik bilan hamda qonunga zid ravishda ulanish, ushbu tarmoqlardan noqonuniy foydalanish boʻyicha jami 402 ta holat aniqlandi. Bu kabi noqonuniy xatti-harakatlar tizimga zarar yetkazish bilan birga, boshqa fuqarolarning suv taʼminotiga ham salbiy taʼsir koʻrsatadi. Aniqlangan holatlar boʻyicha aybdorlarga Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi Kodeksning tegishli moddalariga muvofiq umumiy qiymati 1 milliard 224 million soʻmlik jarimalar solindi. Bu choralar suvdan noqonuniy foydalanishning oldini olishda muhim ahamiyat kasb etadi.

Inspektsiya xodimlari yaqinda Amudaryo tumanining Namuna mahallasi Tutzor koʻchasidagi xonadonlarda boʻlib oʻrganish ishlarini olib bordilar. Oʻrganishlar davomida aholiga yetkazib berilayotgan ichimlik suvidan namunalar olinib, laboratoriya xodimlari tomonidan tekshirildi hamda olingan namunalardagi ichimlik suvining sifat koʻrsatkichlari amaldagi davlat standartlari talablariga muvofiqligi tasdiqlandi.

Nazorat va jazo choralari bilan bir qatorda, ichimlik suvidan tejamkorlik bilan foydalanish borasidagi targʻibot-tashviqot ishlari ham uzluksiz ravishda amalga oshirilib kelinmoqda. Shu maqsadda Inspektsiya va Respublika Mahallalar uyushmasi oʻrtasida tuzilgan memorandum asosida mahallalarda, shuningdek, ijtimoiy obʼektlarda doimiy oʻrganish va tushuntirish ishlari olib borilmoqda. Yil boshidan buyon joylarda 170 dan ortiq targʻibot-tashviqot tadbirlari oʻtkazilib, ular telekanallarda va ijtimoiy tarmoqlarda keng yoritildi.

Oʻtkazilayotgan targʻibot-tashviqot ishlaridan asosiy maqsad – isteʼmolchilarga ichimlik suvidan oqilona foydalanish, uni tejash va qadrlash madaniyatini singdirish hisoblanadi. Chunki suv resurslarining cheklanganligini hisobga olib, har bir tomchi suvni qadrlash bugungi kunning dolzarb talabidir. Inspektsiyaning bu yoʻnalishdagi nazorat va targʻibot ishlari kelgusida ham tizimli ravishda davom ettiriladi.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda 13.08.2026 Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda 10.08.2026 Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi 10.08.2026 Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar 06.08.2026 Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda 06.08.2026 Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi 05.08.2026 Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi 05.08.2026 Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda 05.08.2026 “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi 04.08.2026 Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi 04.08.2026 Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida 01.08.2026 Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi 01.08.2026 Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi 30.07.2026 Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda 30.07.2026 Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi 30.07.2026 Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 29.07.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 29.07.2026 Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019