16.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.08.2026, 12:37
Jamiyat 👁 401

AFGʻONISTONDAGI JANGOVAR HARAKATLARDA HALOK BOʻLGAN JANGChILAR XOTIRLANDI

AFGʻONISTONDAGI JANGOVAR HARAKATLARDA HALOK BOʻLGAN JANGChILAR XOTIRLANDI

Sobiq ittifoq davrida Afgʻoniston hududidagi jangovar harakatlarda amudaryolik 350 nafar navqiron yigitlar ishtirok etishgan. Ulardan 13 nafari qardosh Afgʻoniston tuprogʻida halok boʻlgan. Koʻplab harbiy xizmatchilar esa ushbu mashʼum urushdan nogiron holda, turli darajadagi kasalliklar bilan qaytishgan.

Qanglilik navqiron yigit Zarifboy Xudoyorov ham Afgʻon tuprogʻidagi maqsadsiz urush janggohlarida jon berganida hali 19 yoshga ham toʻlmagan edi. Ota-onasi bagʻridan oʻz yigitlik burchini oʻtash, ona Vatanini himoya qilish uchun harbiy xizmatga chaqirilgan Zarifboy Xudoyorov sogʻ-salomat chiqib ketib, uyiga temir tobutda qaytdi. Agar u hozir hayot boʻlganida oʻgʻil-qizlarining kamolini koʻrib, umrining rohat-farogʻatli pallasiga qadam qoʻygan boʻlardi. Nuroniy yoshga yetgan onasi Sholmon momo Xudoyorova esa hamon oʻgʻlining xotiralaridan oʻziga taskin topib yashaydi.

Joriy yilning 10-oktyabr kuni Oʻzbekiston Respublikasi "VETERAN" jangchi-faxriylar va nogironlar birlashmasining Qoraqalpogʻiston boʻlimi Kengashi boshligʻi Yusupbek Allanbekov Amudaryo tumaniga tashrif buyurib, Zarifboy Xudoyorov tugʻilib-oʻsgan xonadonda boʻldi va qahramon jangchining onasi Sholmon momo Xudoyorova bilan uchrashdi.

Uchrashuv tadbirida Qum yop mahalla fuqarolar yigʻini raisi Sodiq Qurbonboyev, mazkur mahalla faollari, Zarifboy Xudoyorovning yaqinlari ishtirok etishib, sobiq baynalmilal jangchining bolaligi va yoshligi bilan bogʻliq xotiralarini yodga oldilar hamda marhum jangchi xotirasiga Qurʼon oyatlaridan tilovatlar qildilar.

Uchrashuv davomida Sholmon momo Xudoyorovaga "VETERAN" jangchi faxriy va nogironlar birlashmasining Qoraqalpogʻiston Respublikasi boʻlimi Kengashi tomonidan sovgʻalar topshirilib, u tugʻilib-oʻsgan xonadonga "Bu xonadonda Afgʻoniston hududidagi jangovar harakatlarda halok boʻlgan jangchi Xudiyarov Zarifboy Madiyarovichning oila aʼzolari yashaydi" mavzusidagi lavha ilib qoʻyildi.

Shuningdek, masʼullar Afgʻon urushida halok boʻlgan Tangirbergan Aytekov tugʻilib-oʻsgan xonadonda ham boʻlib, qahramon jangchining onasi Rima momo Aytekova bilan uchrashdi. Uchrashuvda quroldoshlar Rahmatulla Hayitboyev, Ozod Xoʻjaniyozov, Shavkat Saidboyevlar hamda Namuna Mahalla fuqarolar yigʻini raisi Komiljon Tojimovlar mehmonga hamrohlik qildilar. Uchrashuvda Tangirbergan Aytekovning bolaligi, oʻquvchilik va yoshlik davri, insoniy fazilatlari yodga olinib, mahalla imomi Farhod Avezov tomonidan Qurʼon tilovat qilindi va marhumning onasi Rima momo Aytekovaga sovgʻalar topshirilib, xonadoniga maxsus lavha ilindi.

Shu kuni Yusupbek Allanbekov rahbarligida Amudaryo tumani Mudofaa ishlari boʻlimi binosida yigʻilish oʻtkazildi. Yigʻilishda Afgʻoniston hududidagi jangovar harakatlarda ishtirok etgan sobiq jangchi-faxriylar, ayni paytda Amudaryo tuman Maktabgacha va maktab taʼlimi boʻlimi tasarrufidagi umumtaʼlim maktablarida, yosh avlod taʼlim-tarbiyasi sohasida faoliyat olib borayotgan bir guruh oʻqituvchi-murabbiylarning oʻsib kelayotgan yosh avlodni vatanparvarlik, mustaqillik gʻoyalariga sadoqat ruhida tarbiyalash borasidagi xizmatlari alohida eʼtirof etilib, ularga "VETERAN" jangchi-faxriylar birlashmasi Qoraqalpogʻiston Respublikasi boʻlimi tomonidan "Minnatdorchilik xati" topshirildi.

Uchrashuvda soʻzga chiqqanlar bugungiday tinch va osoyishta hayotning, farovonlikning qadriga yetish, yosh avlod qalbida millatlararo totuvlik, doʻstlik, xalqparvarlik, istiqlol gʻoyalariga sadoqat tuygʻularini uygʻotish, ona Vatanga sadoqat bilan xizmat qilish har bir fuqaroning zimmasidagi masʼuliyatli burchi ekanligini taʼkidladilar.

ROBIYa YOʻLDOShEVA.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda 13.08.2026 Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda 10.08.2026 Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi 10.08.2026 Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar 06.08.2026 Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda 06.08.2026 Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi 05.08.2026 Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi 05.08.2026 Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda 05.08.2026 “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi 04.08.2026 Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi 04.08.2026 Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida 01.08.2026 Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi 01.08.2026 Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi 30.07.2026 Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda 30.07.2026 Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi 30.07.2026 Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 29.07.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 29.07.2026 Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019