16.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.08.2026, 05:38
Jamiyat 👁 404

EKOLOGIK TAHDIDLARNING OLDINI OLIShGA QARATILGAN IShLAR SAMARADORLIGI OShIRILMOQDA

EKOLOGIK TAHDIDLARNING OLDINI OLIShGA QARATILGAN IShLAR SAMARADORLIGI OShIRILMOQDA

Bugungi kunda jahonda jiddiy eʼtibor talab etilayotgan muammolardan biri — ekologik tahdidlar oʻzining globalligi bilan alohida ajralib turadi. Shu bois, mamlakatimizda ham tabiatda yuz berayotgan salbiy jarayonlarni anglagan holda, ularning kelib chiqish sabablarini aniqlab, salbiy holatlarni mumkin qadar bartaraf etish, bu borada aholining xabardorligini oshirish boʻyicha keng koʻlamli ishlar olib borilmoqda.

Xususan, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 3-yanvardagi Qarori ijrosini taʼminlash maqsadida Qoraqalpogʻiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi Amudaryo tumani boʻlimi tomonidan atmosferaning oʻzgarishi tezlashishining oldini olishga qaratilgan keng koʻlamli koʻkalamzorlashtirish ishlari amalga oshirildi.

Boʻlim tomonidan “Atrof-muhitni asrash va yashil iqtisodiyot” yilida qator ishlar amalga oshirildi. Jumladan, “Choykoʻl” ovuli hududida 0.9 gektar maydonda “Yashil bogʻ” tashkil etildi. Amudaryo tumani Obodonlashtirish boshkarmasi va Qipchoq davlat oʻrmon xoʻjaligi tomonidan hududning tabiiy tuproq-iqlim sharoitiga mos koʻchatlar tanlab olinib, tuman boʻyicha 2025-yil davomida “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida 825 ming tup mevali va manzarali daraxt koʻchatlari ekildi. Ekilgan koʻchatlar parvarishi uchun masʼul tashkilotlar xodimlari biriktirildi.

Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish sohasida, muhofaza etiladigan tabiiy hududlar rejimiga rioya etilishi hamda oʻsimlik va hayvonot dunyosini muhofaza qilish boʻyicha davlat ekologik nazoratini amalga oshirish maqsadida 2025-yil davomida bir necha marta tezkor nazorat tadbirlari oʻtkazildi. Tezkor tadbirlar natijasida 123 ta holatda qonunbuzarlik holatlari aniqlanib, fuqaro va mansabdor shaxslarga nisbatan salkam 250 million soʻm miqdorida jarimalar qoʻllanildi.

Boʻlim tomonidan boshoqli don ekinlaridan boʻshagan yer maydonlarida somon poyalarini yoqishning oldini olish boʻyicha fermer xoʻjaliklari rahbarlariga tegishli qonun hujjatlari doirasida ogohlantirish xatlari berilib, tushuntirish-targʻibot ishlari olib borildi.

Boʻlim faoliyatida axborot texnologiyalaridan samarali foydalanilmoqda. Jumladan, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 15-maydagi 282-sonli Qaroriga asosan “YERELEKTRON” avtomatlashtirilgan platformasi orqali jami 10 ta yer uchastkalari boʻyicha yer maydonlari oʻrganib chiqilib, tegishli xulosalar berildi.

“E’TIROF AT” elektron platformasi orqali oʻzboshimchalik bilan qurilgan turar joy imoratlari va mazkur imoratlar hududlaridagi dov-daraxtlarga ham qonun doirasida zarur xulosalar taqdim etilmoqda.

Tashkilotga kelib tushgan murojaatlar atroflicha oʻrganilib, mavjud ekologik muammolar oʻz vaqtida, samarali yechim topishiga erishilmoqda. Bu aholining atrof-muhit muhofazasiga boʻlgan munosabatlari ijobiy tomonga oʻzgarib, ularning ekologik madaniyati oshishiga zamin yaratmoqda.

Rashid Begaliyev, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi Amudaryo tuman boʻlimi boshligʻi.

MAQOLA “JAYXUN ILHOMLARI” NNTNING OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY MAJLISI

HUZURIDAGI FUQAROLIK JAMIYaTI INSTITUTLARINI QOʻLLAB-QUVVATLASh

JAMOAT FONDI TOMONIDAN MOLIYaLAShTIRILGAN

“EKOLOGIK MADANIYaT – SOGʻLOM KELAJAK ASOSI” NOMLI LOYIHASI DOIRASIDA

TAYYoRLANDI VA ChOP QILINDI.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda 13.08.2026 Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda 10.08.2026 Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi 10.08.2026 Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar 06.08.2026 Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda 06.08.2026 Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi 05.08.2026 Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi 05.08.2026 Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda 05.08.2026 “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi 04.08.2026 Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi 04.08.2026 Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida 01.08.2026 Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi 01.08.2026 Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi 30.07.2026 Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda 30.07.2026 Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi 30.07.2026 Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 29.07.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 29.07.2026 Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019