16.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.08.2026, 04:18
Fan va taʼlim 👁 376

Qilichboylik yoshlar xorijiy tillarni oʻrganish uchun tuman markaziga qatnamaydigan boʻlishdi

Qilichboylik yoshlar xorijiy tillarni oʻrganish uchun tuman markaziga qatnamaydigan boʻlishdi

Mustaqillik yillarida mamlakatimizda yoshlar tadbirkorligini, ularning gʻoya va tashabbuslarini qoʻllab-quvvatlash, ishbilarmonlik koʻnikmalarini rivojlantirishga qaratilgan izchil chora-tadbirlar tufayli har yili minglab yoshlar oʻz biznes-gʻoyalarini muvaffaqiyatli amalga oshirmoqdalar. Ayniqsa, ularning startap va innovatsion gʻoyalarini roʻyobga chiqarishlariga koʻmaklashish, kasb-hunar, raqamli texnologiyalar hamda xorijiy tillarni chuqur egallashlari uchun zarur shart-sharoitlar yaratib berilayotgani yoshlarning zamonaviy bilimlarni qunt bilan oʻrganishlarida muhim omil boʻlmoqda. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 14-fevraldagi “Yoshlar tadbirkorligini rivojlantirish hamda ularning bandligini taʼminlashga qaratilgan biznes-loyihalarni qoʻllab-quvvatlash tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan Yoshlar ishlari agentligi huzurida “Yoshlar tadbirkorligini rivojlantirish davlat maqsadli jamgʻarmasi” tashkil etilib, mazkur jamgʻarma hisobidan “Koʻmak” loyihasi amalga oshirilayotgani yoshlar uchun keng imkoniyatlar sari yoʻl ochdi.

Ushbu loyiha xorijiy tillar boʻyicha S1 darajadagi milliy yoki xalqaro darajadagi sertifikatga ega hamda chekka hududlarda xorijiy tillarga ixtisoslashgan oʻquv markazi faoliyatini yoʻlga qoʻyish niyatidagi yoshlar uchun moʻljallangan boʻlib, bu imtiyozdan amudaryolik yoshlar ham samarali foydalanishmoqda. Loyihaning afzallik tomoni shundaki, taʼlim yoʻnalishida oʻz biznesini boshlayotgan yoshlarga 3-yil muddatga, 6 oylik imtiyozli davr bilan 130 mln soʻmgacha ssuda (foizsiz qarz) beriladi.

Amudaryo tumanining Qilichboy ovulida tugʻilib-oʻsgan Sardorbek Imomiddinov axborot texnologiyalari sohasi boʻyicha oliy maʼlumotli mutaxassis. U Qilichboy hududidagi olis qishloq va mahallalardan 35-40 chaqirim yoʻl bosib, tuman markazidagi xorijiy tillarni oʻrgatish boʻyicha oʻquv kurslariga qatnab, taʼlim olayotgan hamqishloqlariga sharoit yaratishni koʻpdan orzu qilardi. Ana shu ezgu orzusini amalga oshirish, qolaversa, yozning jazirama issigʻi-yu izgʻirinli qish kunlarida tuman markaziga qatnab, qimmatli vaqtlarini behuda sarflayotgan qilichboylik yoshlarni qoʻllab-quvvatlash maqsadida chet tillarni oʻqitishga ixtisoslashgan oʻquv markazini tashkil etishga qaror qildi. Shu niyatda oʻz biznes gʻoyasi bilan Yoshlar ishlari agentligi tomonidan tashkillashtirilgan “Oʻquv markazlari forumi”da ishtirok etdi va 130 mln soʻmlik ssuda uchun vaucherni qoʻlga kiritib, qilichboylik yoshlar uchun xorijiy tillarni oʻqitishga ixtisoslashgan oʻquv markazi faoliyatini yoʻlga qoʻydi.

Orzulari yoʻlidagi ilk qadamni oʻquv markazi binosini eng zamonaviy axborot texnologiyalari bilan jihozlash, malakali chet tili oʻqituvchilarini tanlov asosida ishga qabul qilishdan boshlagan Sardorbek Imomiddinov rahbarligidagi chet tillarni oʻqitishga ixtisoslashgan taʼlim muassasasida ayni paytda 2 smenada 250 nafar ilmga chanqoq yoshlar katta qiziqish bilan xorijiy tillarni oʻrganishmoqda. Eʼtiborli tomoni shundaki, mazkur oʻquv markazining ochilishi nafaqat oʻquvchi-yoshlar uchun, balki ularning ota-onalari uchun ham avvalo qulaylik, qolaversa, yoʻl xarajatlarini tejash imkonini berdi.

Ayni paytda oʻquv markazida Sardorbek Imomiddinovning shaxsiy tashabbusi bilan kompyuter savodxonligi boʻyicha bepul mashgʻulotlar oʻtkazish ham yoʻlga qoʻyilganidan qilichboyliklar mamnun.

Bilimdon, izlanuvchan, tashabbuskor yoshlar — mamlakatimizning suyanch togʻlaridir. Chunki har qanday davlatning jadal rivojlanishi, dunyo miqyosida muayyan yutuqlarga erishishi, xalqning farovon hayoti yosh avlod taʼlim-tarbiyasi hamda ularning kelajagini koʻzlab qilingan ezgu ishlarga bogʻliq. Sardorbek Imomiddinovning oʻsib kelayotgan qilichboylik yosh avlodni qoʻllab-quvvatlash maqsadidagi saʼy-harakatlari mazmun-mohiyatida ham ona Vatan kelajagiga daxldorlik hissi bilan yashab, mehnat qilishdek ezgu niyatlar mujassam. Biz taʼlim sohasidagi yosh fidoyi tadbirkor Sardorbek Imomiddinovga mustahkam sogʻlik va muvaffaqiyatlar tilaymiz.

Robiya Yoʻldosheva

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda 13.08.2026 Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda 10.08.2026 Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi 10.08.2026 Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar 06.08.2026 Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda 06.08.2026 Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi 05.08.2026 Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi 05.08.2026 Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda 05.08.2026 “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi 04.08.2026 Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi 04.08.2026 Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida 01.08.2026 Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi 01.08.2026 Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi 30.07.2026 Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda 30.07.2026 Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi 30.07.2026 Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 29.07.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 29.07.2026 Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019