16.10.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.10.2026, 05:10
Iqtisodiyot 👁 1,611

AHOLI VA QIShLOQ XOʻJALIGINI ROʻYXATGA OLISh MASALASIDA YIGʻILISh OʻTKAZILDI

AHOLI VA QIShLOQ XOʻJALIGINI ROʻYXATGA OLISh MASALASIDA YIGʻILISh OʻTKAZILDI

Har qanday davlatning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi, avvalo, aniq raqamlar va ishonchli statistik maʼlumotlarga asoslanadi. Mamlakatimizda uzoq yillardan buyon kutilgan va strategik ahamiyatga ega boʻlgan yirik tadbir — aholi va qishloq xoʻjaligini roʻyxatga olish jarayoni boshlanish arafasida turibdi. Amudaryo tumanida oʻtkazilgan navbatdagi yigʻilish ayni shu masʼuliyatli jarayonning ahamiyati va unga yakuniy tayyorgarlik koʻrish masalalariga bagʻishlandi.

Maʼlumki, 2025-yilning 19-sentyabr kuni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan qabul qilingan “Aholi va qishloq xoʻjaligini roʻyxatga olish tadbirini oʻtkazish toʻgʻrisida”gi Farmon sohadagi islohotlarni yangi bosqichga olib chiqdi. Mazkur hujjatga binoan, yurtimizda 2026-yil 15-yanvardan 28-fevralgacha boʻlgan davrda aholi va qishloq xoʻjaligini roʻyxatga olish tadbirlari oʻtkazilishi belgilangan. Bu shunchaki statistika emas, balki Yangi Oʻzbekistonning kelgusi oʻn yillik taraqqiyot rejasini tuzish uchun mustahkam poydevordir.

Amudaryo tumani hokimligida tashkil etilgan kengaytirilgan yigʻilishda ushbu siyosiy jarayonning tashkiliy jihatlari muhokama qilindi. Tadbirda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Statistika boshqarmasi boʻlim boshligʻi Ayzada Mamutova, tuman hokimi oʻrinbosari — investitsiya va tashqi savdo boʻlimi boshligʻi Hamza Haytimbetov, tuman Statistika boʻlimi boshligʻi Olimjon Pirmanov hamda joylardagi asosiy ijrochi boʻgʻin hisoblangan “Mahalla yettiligi” aʼzolari ishtirok etdilar.

Yigʻilishda taʼkidlanganidek, mazkur roʻyxatga olish tadbiri mamlakatimizdagi 38 milliondan ortiq aholining nafaqat sonini, balki ularning yoshi, oilaviy holati, maʼlumoti, migratsiya holati, bandligi va daromad manbalari kabi muhim koʻrsatkichlarini qamrab oluvchi yagona va haqqoniy maʼlumotlar bazasini shakllantirishga xizmat qiladi.

Shu bilan birga, Amudaryo kabi agrar salohiyati yuqori boʻlgan tumanlar uchun qishloq xoʻjaligini roʻyxatga olish oʻta muhimdir. Bu jarayonda yerdan foydalanish samaradorligi, mavjud chorvachilik koʻrsatkichlari, tomorqa xoʻjaliklarining holati aniqlanib, kelajakda qishloq xoʻjaligini rivojlantirish dasturlarini ishlab chiqishda asos boʻlib xizmat qiladi.

Mutaxassislar roʻyxatga olish tartibining zamonaviy va qulay usullariga alohida toʻxtalib oʻtdilar. Tadbir ikki bosqichda amalga oshiriladi. Birinchi bosqich onlayn tarzda oʻtkazilib, dastlabki 17 kun davomida fuqarolarga qulaylik yaratish maqsadida maxsus portaldan foydalangan holda roʻyxatdan oʻtiladi. Har bir fuqaro oʻz uyidan chiqmagan holda, ushbu jarayonda faol ishtirok etishi mumkin. Bu vaqt va mablagʻni tejash bilan birga, raqamli texnologiyalarning hayotimizga chuqur kirib borayotganidan dalolatdir.

Ikkinchi, yaʼni anʼanaviy bosqichda esa “Mahalla yettiligi” va maxsus oʻqitilgan roʻyxatga oluvchilar uyma-uy yurib, planshetlar yordamida maʼlumotlarni bazaga kiritadilar.

Yigʻilishda soʻzga chiqqanlar mahallalarda, korxona va tashkilotlarda, shuningdek, taʼlim muassasalarida tushuntirish-targʻibot ishlarini kuchaytirish lozimligini taʼkidladilar. Zero, har bir fuqaro ushbu maʼlumotlar ertaga oʻz mahallasiga yangi maktab, bogʻcha, shifoxona qurilishi yoki yangi ish oʻrinlari yaratilishi uchun asos boʻlishini tushunib yetishi kerak.

2026-yilda oʻtkaziladigan ushbu tadbir Oʻzbekistonning xalqaro maydondagi nufuzini oshirishga, milliy barqaror rivojlanish maqsadlarini toʻgʻri baholashga va xorijiy investorlarni jalb qilishga katta hissa qoʻshadi. Amudaryo tumani faollari ham ushbu muhim tadbirga tayyorgarlikni yuqori saviyada davom ettirmoqdalar. Oʻtkazilgan yigʻilish ham bu borada tegishli mutasaddilarning bilimlarini oshirib, masʼuliyatini yanada kuchaytirishga xizmat qilgani bilan ahamiyatli boʻldi.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda ▶ Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda 13.10.2026 Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi ▶ Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi 13.10.2026 Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi ▶ Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi 12.10.2026 Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda ▶ Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda 12.10.2026 YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI ▶ YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI 12.10.2026 YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM ▶ YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM 12.10.2026 Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar ▶ Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar 05.10.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 05.10.2026 Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi 02.10.2026 Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar ▶ Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar 01.10.2026 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026