16.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.08.2026, 05:37
Qishloq xoʻjaligi 👁 254

«Ekologik madaniyat – sogʻlom kelajak asosi» loyihasi doirasida Qipchoq davlat oʻrmon xoʻjaligi maʼmuriy binosida tadbir oʻtkazildi

«Ekologik madaniyat – sogʻlom kelajak asosi» loyihasi doirasida Qipchoq davlat oʻrmon xoʻjaligi maʼmuriy binosida tadbir oʻtkazildi

Bugungi kunda atrof-muhit muhofazasi va ekologik barqarorlikni taʼminlash global ahamiyatga ega masalalardan biriga aylandi. Amudaryo tumanida faoliyat yuritayotgan “Jayxun ilhomlari” nodavlat notijorat tashkilotining Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi huzuridagi Fuqarolik jamiyati institutlarini qoʻllab-quvvatlash jamoat fondi tomonidan moliyalashtirilgan “Ekologik madaniyat – sogʻlom kelajak asosi” nomli grant loyihasi ham ushbu dolzarb masalaga qaratilgani bilan ahamiyatlidir. Mazkur ijtimoiy ahamiyatga ega loyihaning asosiy mazmun-mohiyati aholining ekologik ongi va madaniyatini yuksaltirish hamda ushbu sohada amalga oshirilayotgan ishlarni keng jamoatchilik oʻrtasida targʻib qilishdan iboratdir.

Loyiha doirasida ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish, tabiiy resurslardan oqilona foydalanishga doir qonun hujjatlarining mazmunini aholining keng qatlamiga yetkazish bosh maqsad qilib olingan. Xususan, tuman hududlarida yashil makonlarni kengaytirish, daraxtlarni asrash va sanitariya holatini yaxshilash orqali aholi salomatligi uchun qulay muhit yaratishga hissa qoʻshish koʻzda tutilgan.

Loyiha doirasida yaqinda “Jayxun ilhomlari” nodavlat notijorat tashkiloti va “Amudaryo TV” telekanali tahririyati hamkorligida Qipchoq davlat oʻrmon xoʻjaligining maʼmuriy binosida tadbir oʻtkazildi.

Tadbirning asosiy mavzusi oʻrmon va toʻqayzorlarni asrash, hududdagi daraxtlarni noqonuniy kesish holatlarining oldini olishga qaratildi. Yigʻilishda tumanning Qipchoq hududidagi ovul va mahallalarning sanitariya holati, ekologik vaziyatni yaxshilash borasidagi muammolar va ularning yechimlari ham tahlil qilindi.

Yigʻilishda soʻzga chiqqan loyiha koordinatorlari Robiya Yoʻldosheva, Mahmudjon Shomurodov, Mansur Tojiboyev va boshqalar ekologik muammolarning oqibatlari, tabiatni asrashdagi har bir fuqaroning shaxsiy masʼuliyati haqida keng turda toʻxtaldilar.

Taʼkidlanganidek, oʻrmonlar – tabiatning oʻpkasi boʻlib, ular nafaqat havo musaffoligini taʼminlaydi, balki tuproq eroziyasining oldini olish, yer osti suvlarini saqlash va bioxilma-xillikni asrashda muhim omil hisoblanadi. Shu bois, Qipchoq davlat oʻrmon xoʻjaligi tasarrufidagi maydonlarda nazoratni kuchaytirish masalasi kun tartibining bosh mavzusiga aylandi. Afsuski, hali-hanuz tabiatga vaxshiylarcha munosabatda boʻlish, daraxtlarni noqonuniy kesish orqali moʻmay daromad orttirishga urinish holatlari uchrab turibdi. Yigʻilishda bunday salbiy holatlarga qarshi kurashishda nafaqat oʻrmon xoʻjaligi inspektorlari, balki keng jamoatchilik, mahalla faollari va huquq-tartibot organlari bilan hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqish zarurligi qayd qilindi.

Shuningdek, muhokamalar davomida tumanning aholi yashash punktlari – ovul va mahallalardagi ekologik vaziyatga ham alohida eʼtibor qaratildi. Hududlardagi sanitariya holatini yaxshilash, chiqindilarni belgilanmagan joylarga tashlashning oldini olish va aholi orasida ekologik madaniyatni yuksaltirish borasidagi ishlar tahlil qilindi. Har mavsumda "Yashil makon" umummilliy loyihasi doirasida mahallalarda manzarali va mevali daraxt koʻchatlarini ekish, yashil hududlarni kengaytirish ishlarini jadallashtirish lozimligi qayd etildi. Zero, toza va ozoda mahalla, yashillikka burkangan koʻchalar – aholi salomatligi va farovonligining asosidir.

Yigʻilishdan keyin Qipchoq davlat oʻrmon xoʻjaligida amalga oshirilayotgan ishlar koʻzdan kechirildi. Xoʻjalik masʼullari taʼkidlaganlaridek, ular zimmasidagi vazifa faqatgina mavjud daraxtlarni qoʻriqlash bilan cheklanib qolmaydi. Oʻrmon xoʻjaligi masʼullarining bosh vazifasi – tabiat va jamiyat oʻrtasidagi uygʻunlikni taʼminlash, oʻrmon fondi yerlaridan oqilona foydalanish, yoʻqolib ketish xavfi ostida turgan oʻsimlik turlarini qayta tiklash va koʻpaytirish hamda mevali va manzarali daraxt koʻchatlari nihollarini koʻpaytirib, hududning yashilligiga hissa qoʻshishdan iboratdir. Xoʻjalik masʼullari jurnalistlarga bu borada amalga oshirilayotgan keng koʻlamli amaliy ishlar haqida batafsil maʼlumotlar berdi.

Qipchoq davlat oʻrmon xoʻjaligida boʻlib oʻtgan ushbu tadbir tabiatimizni asrash yoʻlidagi saʼy-harakatlarni birlashtirish hamda kelajak avlodga obod va farovon Vatan qoldirish yoʻlidagi muhim amaliy qadam boʻldi.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda 13.08.2026 Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda 10.08.2026 Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi 10.08.2026 Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar 06.08.2026 Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda 06.08.2026 Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi 05.08.2026 Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi 05.08.2026 Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda 05.08.2026 “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi 04.08.2026 Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi 04.08.2026 Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida 01.08.2026 Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi 01.08.2026 Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi 30.07.2026 Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda 30.07.2026 Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi 30.07.2026 Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 29.07.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 29.07.2026 Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019