16.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.08.2026, 04:20
Qishloq xoʻjaligi 👁 279

Arna boʻyi mahallasida asalarichilik maktabi shakllanmoqda

Arna boʻyi mahallasida asalarichilik maktabi shakllanmoqda

Bugun qishloq xoʻjaligining eng nozik va shu bilan birga eng barakali yoʻnalishlaridan biri boʻlgan asalarichilik sohasi yurtimizda tobora rivojlanib bormoqda. Ayniqsa, bu sohada tajriba, sabr-toqat va tabiat bilan uygʻunlik muhim oʻrin tutadi. Amudaryo tumani Arna boʻyi mahallasida shakllanib borayotgan “asalarichilik maktabi” ana shu mezonlarning yorqin namunasidir.

Ushbu maktabning asoschisi, Arna boʻyi mahallasida yashovchi tadbirkor — “Farhod Qoʻchqorovich asali” dehqon xoʻjaligi rahbari, asalarichilik ustasi Farhod aka Bekimbetov uchun bu soha shunchaki kasb emas, balki ota-bobolardan meros boʻlib kelayotgan hayot yoʻlidir. Farhod aka Bekimbetov qariyb 20-yildan buyon asalarichilik bilan mustaqil shugʻullanib kelmoqda. 2016-yildan esa oʻz faoliyatini dehqon xoʻjaligi shaklida yoʻlga qoʻyib, sohaga zamonaviy yondashuvni olib kirdi.

Bugungi kunda Farhod aka oila aʼzolari va shogirdlari bilan birgalikda 550 ta quti asalari oilasini parvarishlamoqda. Bu raqamlar ortida nafaqat mehnat, balki katta masʼuliyat, uzluksiz kuzatuv va tabiat qonunlarini chuqur his etish yotadi. Dehqon xoʻjaligida asalari parvarishidan tashqari, asalari uyalari ishlab chiqarish ham yoʻlga qoʻyilgan boʻlib, bu mahalliy asalarichilar uchun qulaylik yaratmoqda.

Shuningdek, “Farhod Qoʻchqorovich asali” dehqon xoʻjaligida asalarichilikda keng qoʻllaniladigan dori-darmon va parvarish vositalari savdosi ham tashkil etilgan. Bu nafaqat xoʻjalik faoliyatini kengaytiradi, balki boshqa asalarichilar uchun ham qulay sharoit yaratadi.

Farhod aka asalarilarni parvarishlashda hudud tanlashga alohida eʼtibor beradi. U asalari oilalarining asosiy qismini Qoraoʻzak, Taxtakoʻpir va Xoʻjayli tumanlarida joylashtirishni maʼqul koʻradi. Mazkur hududlarda kunjut, beda, yantoq, yulgʻun hamda xalq tilida “boʻyan” deb ataluvchi qizilmiya kabi nektarga boy oʻsimliklar keng tarqalgan. Ana shunday tabiiy muhitda yetishtirilgan asal moʻl hosildorligi, yuqori sifati va shifobaxsh xususiyatlari bilan ajralib turadi.

Har yili Farhod Bekimbetov ikki marotaba asal hosilini yigʻib oladi. Har bir qutidan oʻrtacha 10-15 kilogrammgacha sifatli mahsulot olinayotgani xoʻjalik faoliyatining samaradorligini yaqqol namoyon qiladi.

Asalarichilik — bu faqat asal yetishtirish bilangina cheklanib qoladigan soha emas. U mum, propolis, gulchang, asalari suti kabi yuqori qiymatli, shifobaxsh va eksportbop mahsulotlarni oʻz ichiga olgan ulkan iqtisodiy salohiyatga ega yoʻnalishdir. Shu jihatdan qaraganda, Arna boʻyi mahallasini asalarichilik boʻyicha boy tajriba va anʼanalarga ega maskan, deb atash mumkin.

Mahallada shakllanib borayotgan “asalarichilik maktabi” esa nafaqat aholining barqaror daromad manbai, balki yoshlar uchun amaliy bilim va koʻnikmalarni egallash, mehnatga muhabbat va tabiatga hurmat ruhida tarbiyalanish maktabiga aylanmoqda. Bu esa qishloq taraqqiyoti, bandlikni taʼminlash va milliy mahsulotlarimiz salohiyatini oshirish yoʻlidagi yana bir muhim qadamdir. 

Charos Arslonova, tuman hokimligining Axborot xizmati rahbari.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda 13.08.2026 Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda 10.08.2026 Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi 10.08.2026 Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar 06.08.2026 Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda 06.08.2026 Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi 05.08.2026 Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi 05.08.2026 Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda 05.08.2026 “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi 04.08.2026 Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi 04.08.2026 Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida 01.08.2026 Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi 01.08.2026 Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi 30.07.2026 Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda 30.07.2026 Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi 30.07.2026 Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 29.07.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 29.07.2026 Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019