16.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.08.2026, 06:05
Iqtisodiyot 👁 1,114

Tomorqa — oila daromadi va farovonlik manbai

Tomorqa — oila daromadi va farovonlik manbai

Qishloq joylarda tomorqa yerlari azaldan oila rizqi, baraka va mehnat timsoli boʻlib kelgan. Bugungi kunda esa tomorqadan unumli foydalanish orqali nafaqat oila ehtiyojini qondirish, balki barqaror daromad manbaini yaratish mumkinligi amalda oʻz isbotini topmoqda. Ayniqsa, qish mavsumida issiqxona tashkil qilish orqali yerdan samarali foydalanish oilalarning iqtisodiy imkoniyatlarini yanada kengaytirmoqda.

Amudaryo tumanining Bobur nomli ovulida tomorqachilar safi kun sayin kengayib bormoqda. Bu borada “Mahalla yettiligi”, xususan hokim yordamchisi tomonidan aholiga amaliy yordam koʻrsatilib, kredit olish, issiqxona qurish va agrotexnik masalalarda maslahatlar berib borilayotgani soha rivojida muhim omil boʻlmoqda.

 

Koʻchatchilik — erta daromad garovi

Ovuldagi ana shunday imkoniyatlardan foydalanib, samarali faoliyat yuritayotgan ilgʻor tomorqachilardan biri — Alisher Babajanovdir. U 2025-yilda 33 million soʻm kredit olib, 3 sotix maydonda zamonaviy issiqxona tashkil qilgan edi. Hozirda tomorqachi asosan sabzavot koʻchatlari tayyorlash bilan shugʻullanmoqda.

Koʻchatchilikning afzalligi shundaki, u nisbatan qisqa muddatda daromad keltiradi. Sifatli koʻchat har doim talabgir, ayniqsa bahor mavsumida dehqon va tomorqachilar uchun zarur mahsulot hisoblanadi. Koʻchat yetishtirishda urugʻ tanlash, tuproq aralashmasini toʻgʻri tayyorlash, harorat va namlikni nazorat qilish muhim ahamiyatga ega. Qish faslida issiqxonada barqaror haroratni saqlash orqali ertagi bozor uchun tayyor mahsulot olish mumkin. Bu borada bilim va tajribalarini mustahkamlab, oʻz ustida ishlash orqali hosildorlikni oshirayotgan ilgʻor tomorqachi Alisher Babajanov qoʻshnilariga ham oʻrnak boʻlmoqda.

 

Gulchilik va koʻchatchilik — bir issiqxonada

Ovuldagi yana bir ilgʻor tomorqachi — Soatboy Otajanov  2024-yilda 10 million, 2025-yilda yana 10 million soʻm bank krediti olib, jami 4 sotix maydonda issiqxona tashkil qildi. U ham asosan sabzavot koʻchatlari va turli gullar yetishtirish bilan shugʻullanmoqda.

Gul yetishtirish nafaqat iqtisodiy, balki maʼnaviy ahamiyatga ham ega. Gullarga talab yil davomida saqlanadi — bayramlar, tadbirlar, uy-joylarni bezatishda doimiy ehtiyoj bor. Shu sababli ham dehqonning dasturxoni doimo toʻkin-sochin. Issiqxonada gul yetishtirish uchun yorugʻlik, namlik va ozuqa muvozanatini saqlash talab etiladi. Bu esa mashaqqatli boʻlsada, yuqori daromad keltiruvchi yoʻnalish sanaladi. Soatboy Otajonov oʻz oila aʼzolarining ham ushbu issiqxonada bandligini taʼminlab, kaftdekkina yerini oilaviy biznes obʼektiga aylantirgan.

Tomorqada gul yetishtirish boshqa dehqonchilik tarmoqlaridan oʻzining yuqori daromadliligi va kam joy talab qilishi bilan ajrab turadi. Bir necha sotix yerda yetishtirilgan noyob gul koʻchatlari bir necha tonna kartoshka yoki piyozdan koʻra koʻproq foyda keltirishi mumkin. Qolaversa, gulchilik mavsum tanlamaydigan soha. Bu esa yil boʻyi, ayniqsa, bayramlar arafasida kafolatlangan yuqori daromad demakdir.

 

Sabzavotchilik rivoji — dasturxon toʻkinligining muhim omili

Ovuldagi yana bir ilgʻor tomorqachi — Oybek Davlatov 2024-yilda 100 million soʻm bank krediti olib, 6 sotix maydonda issiqxona barpo etgan edi. Hozirgi kunda issiqxonada asosan bodring va pomidor yetishtirib, ichki bozorni taʼminlab kelmoqda.

Qishda issiqxonada sabzavot yetishtirish uchun tomchilatib sugʻorish tizimi, isitish uskunalari, sifatli urugʻ va mineral ozuqa vositalari muhim ahamiyatga ega. Bunday mahsulotlar qish mavsumida bozorda talab yuqori boʻlgan paytda sotilib, yuqori daromad keltiradi. Shu bilan birga, mahalliy bozorda sabzavot narxining barqarorligini taʼminlashga ham xizmat qiladi.

 

Tomorqa — oʻzini oʻzi band qilish imkoniyati

Qishloq joylarda tomorqa aholining oʻzini oʻzi band qilishida muhim oʻrin tutadi. Issiqxona tashkil qilish orqali oila aʼzolari doimiy ish bilan taʼminlanadi, mehnat migratsiyasi kamayadi.

Bobur nomli ovulidagi ilgʻor tomorqachilar tajribasi shuni koʻrsatmoqdaki, yerga mehr bilan yondashilsa, tomorqa haqiqiy daromad manbaiga aylanadi. Issiqxona tashkil qilish, koʻchatchilik, gulchilik va sabzavotchilik yoʻnalishlarini rivojlantirish orqali koʻplab oilalar barqaror daromad manbaiga ega boʻlmoqdalar. Mahalla darajasida koʻrsatilayotgan tizimli amaliy yordam esa bu jarayonni yanada jadallashtirmoqda.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda 13.08.2026 Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda 10.08.2026 Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi 10.08.2026 Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar 06.08.2026 Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda 06.08.2026 Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi 05.08.2026 Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi 05.08.2026 Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda 05.08.2026 “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi 04.08.2026 Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi 04.08.2026 Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida 01.08.2026 Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi 01.08.2026 Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi 30.07.2026 Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda 30.07.2026 Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi 30.07.2026 Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 29.07.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 29.07.2026 Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019