16.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.08.2026, 06:06
Salomatlik 👁 166

Qrim-Kongo gemorragik isitmasi kasalligiga qarshi taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi

Qrim-Kongo gemorragik isitmasi kasalligiga qarshi taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi

Bahor mavsumi kirib kelishi bilan chorva mollaridan odamlarga yuqishi mumkin boʻlgan ayrim yuqumli kasalliklar xavfi ham ortib boradi. Ayniqsa, Qrim-Kongo gemorragik isitma kasalligi tabiiy oʻchoqli va xavfli infektsiya sifatida soha mutaxassislari, tibbiyot xodimlari hamda aholi eʼtiborida boʻlishi zarur.

Shularni inobatga olgan holda Amudaryo tumanida Qrim-Kongo gemorragik isitma kasalligiga qarshi kurashish boʻyicha maxsus taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi. Unda tuman Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi markazi, Tibbiyot birlashmasi, Favqulodda vaziyatlar boʻlimi, Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish boʻlimi, Obodonlashtirish boshqarmasi, Ichki ishlar boʻlimi xodimlari, shuningdek, fuqarolar yigʻinlari raislari ishtirok etdi.

Mazkur tadbirdan koʻzlangan asosiy maqsad — kasallik aniqlangan vaziyatda mutasaddi tashkilotlar oʻrtasidagi hamkorlikni yanada kuchaytirish, tezkor harakat qilish mexanizmlarini sinovdan oʻtkazish va aholi xavfsizligini taʼminlashdan iborat boʻldi.

Maxsus taktik oʻquv mashqini Amudaryo tumani Favqulodda vaziyatlar boʻlimi boshligʻi Zafar Ahmedov ochib berdi. U oʻz nutqida Qrim-Kongo gemorragik isitma kasalligi qayd etilgan taqdirda hamkor tashkilotlar bilan birgalikda amalga oshiriladigan chora-tadbirlar haqida atroflicha tushuntirish berdi. Taʼkidlanganidek, bunday holatlarda har bir xizmatning vazifasi aniq belgilab olinishi, tezkor axborot almashinuvi va muvofiqlashtirilgan harakat muhim ahamiyat kasb etadi.

Oʻquv mashqining nazariy qismi Amudaryo tumani Tibbiyot birlashmasi xodimlari ishtirokida oʻtkazildi. Unda tuman Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi boʻlimi epidemiolog vrachi Durbek Babajanov soʻzga chiqib, Qrim-Kongo gemorragik isitma kasalligining epidemiologiyasi, etiologiyasi, profilaktikasi hamda epidemiyaga qarshi kurashish chora-tadbirlari haqida maʼlumot berdi. Shundan soʻng Amudaryo tumani Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish boʻlimi xodimi Bahodir Bekchanov hayvonlarda ushbu kasallikning epizootik xususiyatlari va profilaktika choralari toʻgʻrisida soʻz yuritdi.

Tadbir davomida kasallikning asosiy belgilari, uning oldini olish va davolash choralari haqida ham batafsil maʼlumotlar berildi. Mutaxassislar taʼkidlaganidek, yuqori harorat, umumiy holsizlik, bosh va mushak ogʻriqlari, koʻngil aynishi, ayrim hollarda qon ketish alomatlari kasallikka shubha uygʻotishi mumkin. Bunday vaziyatda oʻzboshimchalik bilan davolanishga urinish emas, balki zudlik bilan tibbiyot muassasasiga murojaat qilish hayotni saqlab qolishda muhim omildir.

Nazariy qismdan keyin Bogʻ mahallasi hududida amaliy mashgʻulotlar tashkil etildi. Unda Qrim-Kongo gemorragik isitma kasalligi qayd qilinganida epidemiyaga qarshi kurashish boʻyicha amaliy harakatlar namoyish etildi. Jumladan, shartli ravishda kasallik alomatlari aniqlangan holat sahnalashtirilib, bunday paytda favqulodda vaziyatlar tizimi, tibbiyot, veterinariya va boshqa xizmatlarning harakatlanish tartibi amalda koʻrib chiqildi. Bu esa real sharoitda yoʻl qoʻyilishi mumkin boʻlgan kamchiliklarni oldindan aniqlash va ularni bartaraf etishga xizmat qilishi bilan ahamiyatlidir.

Amaliy mashgʻulotlarda shartli bemorni kana chaqqan holatda unga koʻrsatiladigan birinchi tibbiy yordam tibbiyot xodimlari tomonidan koʻrgazmali tarzda namoyish qilindi. Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish boʻlimi xodimlari esa kasallik oʻchogʻi sifatida belgilangan xonadon, hovli va chorva mollari saqlanadigan joylarda dezinfektsiya ishlarini amalga oshirdi. Shu orqali kasallik tarqalishining oldini olishda sanitariya qoidalari va dezinfektsiya tadbirlarining naqadar muhim ekani yana bir bor koʻrsatib berildi.

Mutaxassislar aholiga kasallikdan saqlanish boʻyicha qator tavsiyalar berdilar. Xususan, chorva mollari va ular saqlanadigan joylarni muntazam nazorat qilish, kanaga qarshi ishlov berish, himoya kiyimlaridan foydalanish, tanaga kana yopishib olgan holatda uni ehtiyotsizlik bilan uzib tashlamaslik, balki darhol shifokorga murojaat qilish zarurligi uqtirildi. Shuningdek, kasallik aniqlanganida birinchi navbatda tibbiyot muassasasiga xabar berish, bemorni alohidalashtirish va mutaxassislar koʻrsatmasiga qatʼiy amal qilish lozimligi taʼkidlandi.

Maxsus taktik oʻquv mashqi soʻngida unda qatnashgan barcha sohalar masʼullari va xodimlari yoʻl qoʻyilgan kamchiliklarni muhokama qildilar. Qayd etilganidek, bu kabi tadbirlar real vaziyatlarda favqulodda yordam xizmatlarining aniq, tezkor va tartibli harakat qilishini taʼminlashda muhim ahamiyatga ega. Eng muhimi, bunday oʻquv mashqlari aholi salomatligini muhofaza qilish, xavfli yuqumli kasalliklar tarqalishining oldini olish va soha idoralari oʻrtasidagi hamkorlikni mustahkamlashga xizmat qiladi.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda 13.08.2026 Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda 10.08.2026 Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi 10.08.2026 Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar 06.08.2026 Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda 06.08.2026 Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi 05.08.2026 Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi 05.08.2026 Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda 05.08.2026 “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi 04.08.2026 Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi 04.08.2026 Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida 01.08.2026 Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi 01.08.2026 Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi 30.07.2026 Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda 30.07.2026 Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi 30.07.2026 Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 29.07.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 29.07.2026 Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019