16.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.08.2026, 05:56
Jamiyat 👁 197

NAVROʻZ — YaNGILANISh, MEHR-OQIBAT VA ShUKRONALIK AYYoMI

NAVROʻZ — YaNGILANISh, MEHR-OQIBAT VA ShUKRONALIK AYYoMI

Qahraton qishning izgʻirinli kunlari ortda qolib, ona zamin uzra bahorning iliq shabadalari esa boshladi. Daraxtlar kurtak yozib, qir-adirlar oʻzining yashil libosini kiymoqda. Asrlar qaʼridan sado berayotgan, tomirlari ulugʻ va shonli moziyga tutashgan qadimiy va navqiron bayramimiz – Navroʻzi olam yurtimizga kirib kelmoqda. Bu shunchaki fasllar almashinuvi yoki taqvimdagi yangi kun emas, balki insoniyatning tabiat bilan uygʻunligini, ruhiy poklanish va yangi umidlar tugʻilishini anglatuvchi qadrli bayramdir. Ota-bobolarimiz necha ming yillardan buyon bu ayyomni ezgulik, mehr-oqibat, saxovat va yaratuvchanlik timsoli sifatida ardoqlab keladilar.

Navroʻz – borliqning uygʻonishi, inson va tabiat oʻrtasidagi uygʻunlik, ona zaminga mehr va eʼtiborni ifoda etadigan, yurtdoshlarimizni tinch va osuda hayotimizni qadrlab, shukronalik tuygʻusi bilan yashashga chorlaydigan ulugʻ bayramdir.

Bu qutlugʻ va qadim bayramni butun xalqimiz katta xursandchilik bilan qarshi olmoqda. Ushbu bayram munosabati bilan hududlarda, ovul va mahallalarda, korxona-tashkilotlar va taʼlim muassasalarida ham bayram tadbirlari oʻtkazilmoqda. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “2026-yilgi Navroʻz umumxalq bayramiga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan Amudaryo tumanida ham “Navroʻzni ulugʻlash – insonni ulugʻlashdir” shiori ostida katta bayram tadbiri tashkil etildi.

Prezidentimizning yuqoridagi qarorida taʼkidlanganidek, mamlakatimizda amalga oshirilayotgan keng koʻlamli islohotlar tufayli inson qadri, uning huquq va manfaatlarini taʼminlash, xalqimiz farovonligini oshirish, jamiyatda tinchlik, doʻstlik va hamjihatlik muhitini, ijtimoiy adolat tamoyillarini mustahkamlash yoʻlida ulkan qadamlar tashlanmoqda. Bularning barchasi qadimiy tarix va anʼanalarga ega boʻlgan sharqona yangi yil bayrami — Navroʻzi olamning insonparvarlik mohiyati, uning bagʻrikenglik, saxovat va mehr-oqibat kabi azaliy qadriyatlari ahamiyatini yanada yuksaltirmoqda.

Bayram oldidan tumandagi ovul va mahallalar ahli, taʼlim muassasalari va korxona-tashkilotlar vakillari hamda fermer xoʻjaliklari jamoalari ishtirokida koʻrgazmalar tashkil etildi. Xalq saylida tuman hokimi Sobir Xoʻjametov boshchiligida rasmiylar ham ishtirok etib, koʻrgazmalar bilan tanishdilar.

Navroʻz saylida tumandagi qoʻli gul hunarmandlar tomonidan tashkil etilgan xalq hunarmandchiligi koʻrgazmasi, mohir oshpazlarning milliy taomlar koʻrgazmalari, tadbirkor va ishbilarmonlarning sara mahsulotlaridan iborat savdo rastalari, tumanning ovul va mahallalarining oʻziga xos urf-odat va anʼanalari aks etgan shohsupalar toʻridagi noz-neʼmatlarga toʻla dasturxonlar koʻzlarni quvnatdi. Taʼlim muassasalari ishtirokidagi koʻrgazmalarda esa oʻquvchi va oʻqituvchilarning erishgan yutuqlari hamda qoʻlga kiritgan muvaffaqiyatlari namoyish etildi.

Dasturxonlar bahoriy neʼmatlar – turli xil koʻklam taomlari bilan bezatildi. Momolarimizning mehrli qoʻllari bilan tayyorlangan sumalak, koʻk somsa, bahoriy chuchvara va boshqa milliy taomlar bayram dasturxonining koʻrkiga koʻrk qoʻshdi. Bu taomlar nafaqat tanga quvvat, balki ruhga sokinlik beruvchi, oilalarni va qoʻni-qoʻshnilarni bir dasturxon atrofida jamlovchi bebaho milliy neʼmatlarimizdir.

Bugun Oʻzbekistonda millatlararo totuvlik va diniy bagʻrikenglik davlat siyosatining eng ustuvor yoʻnalishlaridan biriga aylangan. Bu zaminda necha asrlardan buyon oʻzbek va qoraqalpoq, qozoq va turkman, tojik va qirgʻiz, rus va tatar hamda boshqa millatlar vakillari bir tanu bir jon boʻlib, ahil-inoq yashab kelmoqdalar. Ularning shodligi ham, tashvishi ham mushtarak. Navroʻz saylida har bir millat oʻz milliy libosi va kuy-qoʻshigʻi bilan ishtirok etgani ana shu buyuk doʻstlikning yorqin va jonli namunasi boʻldi.

Maydon uzra karnay-surnay sadolari yangrab, barchani bayramga chorladi. Odamlarning yuzidagi tabassum, bir-biriga boʻlgan samimiy muomalasi, oʻzaro mehr-oqibat bayramning asl ruhini namoyon etadi. Navroʻz – birdamlik, tinchlik, totuvlik, doʻst-birodarlikni oʻzida ifoda etuvchi xalqchil bayramdir.

Doʻstlik mahallasidagi oʻyingohda bayramning asosiy tantanalari boshlandi. Tuman hokimi Sobir Xoʻjametov yigʻilganlarni Navroʻzi olam bilan tabrikladi. Bayram tabrigida mamlakatimizda amalga oshirilayotgan tub demokratik islohotlar, xalqimizning kundalik hayoti, ongi va dunyoqarashida yuz berayotgan ijobiy oʻzgarishlar, oʻzaro birlik va hamjihatlik fazilatlari Navroʻz kunlarida ayniqsa yaqqol namoyon boʻlishi alohida eʼtirof etildi.

Bu yilgi Navroʻz muborak Ramazon hayiti bayrami bilan hamohang tarzda nishonlanayotgani, bayramlar arafasida keksa avlod vakillarini va mehnat faxriylarini har tomonlama eʼzozlash, kam taʼminlangan va ehtiyojmand oilalar holidan xabar olish, ijtimoiy himoyaga muhtoj aholini moddiy va maʼnaviy qoʻllab-quvvatlash ishlariga alohida eʼtibor qaratilayotgani taʼkidlandi.

“Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida barcha hududlarda, koʻcha va maydonlar, mahalla va qishloqlarda obodonlashtirish hamda koʻkalamzorlashtirish tadbirlari oʻtkazilayotgani qayd qilinib, Navroʻzning chinakam uygʻonish, yasharish va yashnash ayyomi ekani eʼtirof etildi.

Shundan keyin Navroʻz arafasida oʻtkazilgan turli musobaqalarda gʻoliblikni qoʻlga kiritgan sportchilarga, tumanning sharafini himoya qilayotgan bilimdon va tashabbuskor yoshlarga, xususan joriy yilgi Zulfiya nomidagi davlat mukofotining amudaryolik sohibasi va boshqa bir qator faollarga bayram sovgʻalari topshirildi.

Mukofotlarni qabul qilib olayotgan yoshlarning koʻzlaridagi quvonch, yuzlaridagi faxr-iftixor tuygʻulari barchaga koʻtarinki kayfiyat ulashdi. Ularning har bir yutugʻi ortida davlatimizning kelajak avlodga qaratayotgan ulkan eʼtibori va gʻamxoʻrligi mujassam. Sahnada turib hayajon bilan tashakkur soʻzlarini aytayotgan yigit-qizlar ertangi nurafshon kunlarimizning chinakam bunyodkorlari, yurtimizning ishonchli qanotlaridir.

Shundan soʻng tuman Madaniyat boʻlimi tomonidan tayyorlangan “Navroʻzni ulugʻlash — insonni ulugʻlashdir!” degan ezgu gʻoyani oʻzida mujassam etgan teatrlashtirilgan bayram tadbiri yigʻilganlar eʼtiboriga havola qilindi.

Kontsert dasturida jamiyatimizda hukm surayotgan millatlararo doʻstlik va totuvlik, yurtimizda istiqomat qilayotgan turli millat va elatlar vakillarining milliy urf-odatlari, anʼana va qadriyatlari keng namoyish qilindi.

Sahnada chiroyli bezatilgan bahor manzaralari, ochilib turgan shaftoli va oʻrik gullarining maketi bayramga yanada fusunkorlik bagʻishladi. Sanʼatkorlarning kamalak ranglaridek tovlanuvchi milliy liboslari, doira zarblari va nayning umidbaxsh sadolari atrofdagilarni beixtiyor raqsga chorladi. Har bir qoʻshiq va raqs tomoshabinlarning gulduros qarsaklari, shodon hayqiriqlari bilan qarshi olindi. Tabiat va inson uygʻunligi tarannum etilgan bu chiqishlar qalblarda shukronalik hissini uygʻotdi.

Bayram dasturidan mamlakatimizning har bir hududiga xos boʻlgan xalq oʻyinlari, askiya va hazillar, tomoshalar joy oldi. Qoraqalpogʻiston va amudaryolik sanʼatkorlar tomonidan ona Vatan, bahor va Navroʻz, yangilanish va yasharish tuygʻularini madh etuvchi kuy-qoʻshiqlar, raqslar ijro etildi.

El-yurt obodligi va farovonligi yoʻlida fidoyilik bilan mehnat qilayotgan, qishloq va mahallalar hududlarini bogʻ-rogʻlarga aylantirayotgan fermerlar, sohibkor-u bogʻbonlar Navroʻzdan keyin ekin-tikin ishlariga kirishadilar. Sahnada bobodehqonlarning yerga urugʻ qadash jarayoni oʻziga xos teatrlashtirilgan tomoshalar orqali mahorat bilan koʻrsatib berildi. Nuroniylar “Ilohim, bu yilgi hosilimiz moʻl boʻlsin, xirmonimizga baraka bersin!” deya ezgu tilaklar bildirib, duolar qildilar. Navroʻz nafaqat bayram, balki zahmatkash dehqonlarimiz uchun yangi mehnat mavsumining boshlanishi, umid va qut-baraka debochasidir.

Bayram tadbirlari doirasida milliy oʻyinlar va sport musobaqalari ham oʻtkazildi. Milliy kurash, arqon tortishish kabi bellashuvlar gʻoliblari aniqlanib, ragʻbatlantirildi. Ushbu bellashuvlarni kuzatar ekanmiz, Navroʻzning necha asrlik qadriyatlar bilan uygʻunligi yaqqol koʻzga tashlanadi. Milliy kurash xalqimizning qonida oqayotgan mardlik, halollik, chapdastlik kabi xislatlarni oʻzida mujassam etgan boʻlsa, arqon tortishish musobaqalaridagi jamoaviy birdamlik va halol raqobat yoshlarimizning kuch-qudratini, botirligini va har qanday qiyinchilikni birgalikda yengib oʻtishga tayyorligini anglatadi. Navroʻz shunchaki tomosha emas, balki avlodlarni bir-biriga bogʻlovchi maʼnaviy koʻprikdir.

Globallashuv davrida, dunyo shiddat bilan oʻzgarayotgan bir vaqtda, Navroʻzdek qadimiy va sof bayramlarimiz asl insoniy fazilatlarimizni saqlab qolishda beqiyos ahamiyat kasb etadi. U bizni tabiatni asrashga, yon-atrofimizdagilarga mehribon boʻlishga va oʻtmish ajdodlarimizning muqaddas anʼanalarini davom ettirishga undaydi.

Osmoni musaffo, tinch yurtgagina mana shunday toʻy-tomoshalar va sayillar yarashadi. Shunday ekan, bugungi dorilamon kunlarning qadriga yetib, shukronalik bilan yashash har birimizning insoniy burchimizdir. Amudaryo tumanida koʻtarinki ruhda boʻlib oʻtgan bu galgi Navroʻz tantanalari ham qalblarda ana shunday shukronalik va minnatdorlik tuygʻularini uygʻotdi. Bu bayram oʻzining “Navroʻzni ulugʻlash – insonni ulugʻlashdir” degan bosh gʻoyasi orqali har bir fuqaroning jamiyatdagi oʻrni, uning qadr-qimmati naqadar baland ekanligini yana bir bor namoyon etdi.

Yangi Oʻzbekistonda amalga oshirilayotgan tom maʼnodagi tarixiy oʻzgarishlarga mos holda, maʼno-mazmuni tobora chuqurlashib borayotgan Navroʻz ayyomi butun yurtimiz boʻylab ovul va mahallalarda, shahar va qishloqlarda umumxalq sayli sifatida, koʻtarinki ruhda nishonlanmoqda.

Fursatdan foydalanib, barcha yurtdoshlarimizni yasharish va yangilanish ayyomi – Navroʻzi olam bilan chin qalbimizdan tabriklaymiz! Bahorning goʻzal kunlari har bir xonadonga qut-baraka, sogʻlik-salomatlik va cheksiz quvonch olib kelsin. Har kuningiz Navroʻzdek fayzli va tarovatli boʻlsin, aziz yurtdoshlar!

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda 13.08.2026 Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda 10.08.2026 Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi 10.08.2026 Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar 06.08.2026 Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda 06.08.2026 Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi 05.08.2026 Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi 05.08.2026 Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda 05.08.2026 “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi 04.08.2026 Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi 04.08.2026 Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida 01.08.2026 Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi 01.08.2026 Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi 30.07.2026 Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda 30.07.2026 Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi 30.07.2026 Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 29.07.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 29.07.2026 Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019