16.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.08.2026, 07:17
Iqtisodiyot 👁 1,025

Yangiobod mahallasida yoshlar tadbirkorligi: yangi imkoniyatlar va yuksak natijalar

Yangiobod mahallasida yoshlar tadbirkorligi: yangi imkoniyatlar va yuksak natijalar

Bugungi kunda mamlakatimizda yosh avlod vakillarini qoʻllab-quvvatlash, ularning iqtidor va salohiyatini yuzaga chiqarish, eng muhimi, bandligini taʼminlash davlat siyosatining ustuvor yoʻnalishiga aylandi. Ishbilarmonlik muhitini shakllantirish va yoshlarni tadbirkorlikka keng jalb etish maqsadida berilayotgan imtiyozlar nafaqat shahar markazlarida, balki eng chekka hududlarda ham oʻz mevasini bera boshladi.

Amudaryo tumanidagi Yangiobod mahallasida amalga oshirilayotgan ijobiy oʻzgarishlar va tizimli ishlar zamirida ham inson qadri, yoshlar kelajagiga boʻlgan yuksak eʼtibor mujassam. Mahalladagi hokim yordamchisining saʼy-harakatlari bilan yoshlar tadbirkorligini qoʻllab-quvvatlash borasida koʻplab xayrli loyihalar hayotga tadbiq etilmoqda va bu jarayon yangi bosqichga koʻtarilmoqda.

2026-yilning birinchi choragi sarhisoblariga nazar tashlaydigan boʻlsak, Yangiobod mahallasida yashovchi 7 nafar fuqaro oʻz oilaviy tadbirkorligini yoʻlga qoʻyish istagini bildirdi. Ularning bu intilishi javobsiz qolmadi va hokim yordamchisining tavsiyasi bilan ularning barchasiga imtiyozli kreditlar ajratildi. Bu sarmoyalar chorvachilik, parrandachilik, tikuvchilik, xizmat koʻrsatish hamda ishlab chiqarish kabi muhim yoʻnalishlarni qamrab olgani bilan ahamiyatlidir.

Eng quvonarli jihati shundaki, mazkur yoʻnalishlarda ish boshlagan tashabbuskorlarning aksariyatini yoshlar tashkil etadi. Bu esa mahallada yangi avlod tadbirkorlari shakllanayotganidan dalolat beradi. Yoshlarning mehnat bozorida oʻz oʻrnini topishi nafaqat iqtisodiy koʻrsatkichlarning oʻsishiga, balki ijtimoiy barqarorlikning taʼminlanishiga ham xizmat qiladi.

Mahalla faollaridan biri Ravshanbek Jumaboyev uzoq vaqtdan beri sartaroshlik kasbi bilan shugʻullanib kelardi. Biroq uning faoliyatini kengaytirish, zamon talablariga mos xizmat koʻrsatish uchun qoʻshimcha mablagʻ va amaliy koʻmak zarur edi. Hokim yordamchisining amaliy yordami tufayli Ravshanbek oʻz ishxonasini zamonaviy jihozlashga va tashrif buyuruvchi mijozlar uchun barcha qulayliklarni yaratishga muvaffaq boʻldi. Bugungi kunda uning sartaroshxonasi nafaqat sifatli xizmati, balki yaratilgan shinam sharoitlari bilan ham mijozlar eʼtiborini qozonmoqda. Bu kabi misollar tadbirkorlikka kichik qadamlar bilan kirib kelayotgan yoshlar uchun katta motivatsiya manbai boʻlmoqda.

Shuningdek, Yangiobod mahallasida joriy yilning birinchi choragida uchta yangi tadbirkorlik subʼekti tashkil etildi. Ular oziq-ovqat savdo shaxobchasi, xizmat koʻrsatish va umumiy ovqatlanish yoʻnalishlarida oʻz faoliyatini boshladi. Bu esa mahalla ahli uchun qoʻshimcha qulayliklar va yangi ish oʻrinlari demakdir. Faqatgina kredit berish bilan cheklanib qolmasdan, yoshlarning bilim va koʻnikmalarini oshirishga ham alohida urgʻu berilmoqda. Jumladan, kasb-hunar va tadbirkorlik sirlarini oʻrganish istagida boʻlgan 4 nafar fuqaro maxsus oʻquv kurslariga yoʻnaltirildi. Ulardan uch nafari tadbirkorlik asoslarini, bir nafari esa muayyan kasb-hunarni mukammal egallashga kirishdi.

Chorvachilik yoʻnalishida faoliyat yuritayotgan Alisher Kamolov ham bugungi imkoniyatlardan mamnun. U koʻp yillardan buyon chorva parvarishi bilan shugʻullanib kelgan boʻlsa-da, chorva bosh sonini koʻpaytirishga mablagʻi yetmas edi. Koʻrsatilgan koʻmak natijasida u 32 million soʻm miqdorida imtiyozli kredit olib, 8 bosh qoʻy sotib oldi.

Chorvachilik — qishloq sharoitida eng ishonchli daromad manbalaridan biri hisoblanadi. Qoʻy boqishning iqtisodiy samaradorligi yuqoriligi, goʻsht va jun mahsulotlariga boʻlgan talabning doimiyligi Alisher kabi mehnatsevar yoshlarga oʻz oilasi farovonligini taʼminlash imkonini bermoqda.

Mahallada kambagʻallikni qisqartirish boʻyicha ham tizimli chora-tadbirlar koʻrilmoqda. 2026-yil davomida ijtimoiy reyestrga kiritilgan 44 ta oilaning ahvoli chuqur oʻrganilib, ularni ehtiyojmandlikdan chiqarish boʻyicha individual dastur ishlab chiqildi. Ushbu dastur doirasida ishsiz fuqarolarni ishga joylashtirish, kredit va subsidiyalar ajratish, dehqonchilik qilish uchun yer maydonlari ajratish kabi muhim vazifalar belgilangan.

Abror Allamov ana shunday imkoniyatlardan foydalanib, oʻz tomorqasini doimiy daromad manbaiga aylantirgan yurtdoshlarimizdan biri. U yerning har bir qarichidan unumli foydalanib, yuqori daromad olishga erishmoqda. Qishloq xoʻjaligi texnikalarining subsidiya asosida berilishi esa dehqonlarning ogʻirini yengil qilmoqda. Tomorqa — bu nafaqat rizq-roʻz manbai, balki kichik biznesni boshlash uchun ham tayyor maydondir.

Mahallaning madaniy va ijodiy hayotida ham jonlanish kuzatilmoqda. Akbar Odilov «Hunarmand» uyushmasiga aʼzo boʻlib, rassomchilik va haykaltaroshlik bilan shugʻullanib kelmoqda. U oʻz isteʼdodini namoyish etish barobarida, sanʼat asarlari orqali moddiy manfaat ham topmoqda. Bu esa tadbirkorlikning naqadar rang-barang ekanligini, har qanday qiziqishni daromadga aylantirish mumkinligini koʻrsatadi.

Hokim yordamchisining kelgusi rejalari yanada ulkan. Hozirga qadar kambagʻal oilalarning 4 nafar aʼzosi doimiy ishga joylashtirildi, 8 nafari oʻzini-oʻzi band qilish orqali rasmiy faoliyat boshladi. Yil boshidan buyon jami 9 nafar ishsiz fuqaro mavsumiy va doimiy mehnatga jalb etildi. Norasmiy sektorda ishlayotganlarni rasmiylashtirish, ularni ijtimoiy himoyalash borasidagi ishlar izchil davom ettirilmoqda.

Xulosa oʻrnida aytish mumkinki, Yangiobod mahallasidagi bu ijobiy manzara yurtimizda olib borilayotgan islohotlarning amaldagi ifodasidir. Yoshlarning tadbirkorlikka boʻlgan ishtiyoqi, ularga koʻrsatilayotgan doimiy eʼtibor va berilayotgan imtiyozlar kelajakda yuksak natijalar berishi shubhasiz. Zero, oʻz mehnati bilan baxtini topayotgan, oilasi va jamiyatga nafi tegayotgan har bir yosh — yurtning ertangi tayanchidir. Amudaryolik yoshlarning bugungi shijoati esa farovon hayot sari tashlangan mustahkam qadamdir.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda 13.08.2026 Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda 10.08.2026 Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi 10.08.2026 Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar 06.08.2026 Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda 06.08.2026 Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi 05.08.2026 Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi 05.08.2026 Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda 05.08.2026 “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi 04.08.2026 Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi 04.08.2026 Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida 01.08.2026 Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi 01.08.2026 Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi 30.07.2026 Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda 30.07.2026 Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi 30.07.2026 Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 29.07.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 29.07.2026 Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019