16.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.08.2026, 03:23
Salomatlik 👁 125

Butunjahon silga qarshi kurashish kuni munosabati bilan "Sogʻlom ovqatlanish" yarmarkasi tashkil qilindi

Butunjahon silga qarshi kurashish kuni munosabati bilan "Sogʻlom ovqatlanish" yarmarkasi tashkil qilindi

Insoniyat tsivilizatsiyasi tarixida salomatlik eng oliy qadriyat boʻlib kelgan va bugungi shiddatli davrda ham bu haqiqat oʻz dolzarbligini yoʻqotgani yoʻq. Ayniqsa, yuqumli kasalliklarga qarshi kurashish, aholi orasida tibbiy madaniyatni yuksaltirish har bir davlatning strategik maqsadiga aylangan. Shu maʼnoda, har yili dunyo miqyosida keng nishonlanadigan 24-mart – Butunjahon silga qarshi kurashish kuni nafaqat soha mutaxassislari, balki keng jamoatchilik uchun ham muhim ogohlik qoʻngʻirogʻi boʻlib xizmat qilmoqda.

Ushbu sana munosabati bilan yurtimizning barcha hududlarida boʻlgani kabi, Amudaryo tumanida ham aholi salomatligini muhofaza qilish, kasallikning oldini olish va sogʻlom turmush tarzini targʻib qilishga qaratilgan keng koʻlamli tadbirlar oʻtkazildi. Ana shunday tadbirlardan biri Mangʻit dehqon bozorida Qoraqalpogʻiston Respublikasi Salomatlik va strategik rivojlanish institutining Amudaryo tumani boʻlimi va koʻp tarmoqli markaziy poliklinika shifokorlari tomonidan tashkil qilindi.

Aholi gavjum boʻlgan Mangʻit dehqon bozori hududida "Sogʻlom ovqatlanish" yarmarkasining tashkil etilishi bejiz emas, zero bozor — aholi bilan bevosita muloqot qilish, ularga tibbiy maslahatlar berish va kasallikning oldini olish choralarini tushuntirish uchun eng qulay maydondir.

Tadbirda ishtirok etgan malakali mutaxassislar — valeolog Tamara Saidova, ftiziatrlar Gulora Abdullayeva hamda Muborak Allamurodovalar oʻzlarining koʻp yillik tajribalari va tibbiy bilimlari bilan fuqarolarga yaqindan koʻmak berdilar.

Ftiziatr Gulora Abdullayeva yigʻilganlarga sil kasalligining kelib chiqish sabablari, uning belgilari va patologik jarayonlari haqida batafsil maʼlumot berib oʻtdi. Shifokorning taʼkidlashicha, sil kasalligi — bu faqatgina tibbiy emas, balki ijtimoiy muammo hamdir. Uning belgilarini erta aniqlash, davolash jarayonini oʻz vaqtida boshlash nafaqat bemorning sogʻayishini taʼminlaydi, balki atrofdagilarning ham xavfsizligini kafolatlaydi. Shu bois, yoʻtalning uzoq davom etishi, holsizlik, vazn yoʻqotish kabi alomatlarga befarq boʻlmaslik zarurligi alohida qayd etildi.

Shu bilan birga, kasallikka qarshi kurashishda faqatgina tibbiy muolajalar emas, balki inson organizmining ichki himoya kuchlari — immunitet tizimi ham muhim rol oʻynaydi. Bu borada valeolog Tamara Saidova oʻz tavsiyalari bilan oʻrtoqlashdi. Uning soʻzlariga koʻra, sil kasalligidan saqlanishning eng samarali yoʻli — bu sogʻlom turmush tarziga qatʼiy rioya qilishdir. Sogʻlom ovqatlanish tamoyillari, jismoniy faollikni oshirish, shaxsiy gigiyena qoidalariga amal qilish va ruhiy xotirjamlikni saqlash inson organizmini turli infektsiyalarga qarshi chidamli qiladi.

Shuningdek, mutaxassis zararli odatlar, xususan, kashandalik va boshqa illatlar oʻpka tizimiga qanchalik salbiy taʼsir koʻrsatishi, bu esa sil bakteriyalari uchun qulay muhit yaratishini alohida taʼkidlab oʻtdi. "Sogʻlom ovqatlanish" yarmarkasi doirasida namoyish etilgan mahsulotlar va taqdim etilgan maʼlumotlar aholining kundalik ratsionini toʻgʻri shakllantirish boʻyicha amaliy qoʻllanma vazifasini oʻtadi.

Tibbiyotning asosiy tamoyillaridan biri — kasallikni davolashdan koʻra, uning oldini olishga harakat qilishdir. Ftiziatr Muborak Allamurodova aynan shu jihatga toʻxtalar ekan, profilaktika choralarining ahamiyatini yuqori baholadi. Ayniqsa, ehtiyotdan emlash tadbirlari, rejali tibbiy koʻriklardan oʻtish va aholining flyuorografiya tekshiruvlariga faol jalb etilishi xalqimiz salomatligini asrashning kaliti ekanligini taʼkidladi. Shifokorning fikricha, har bir inson oʻz sogʻligʻiga masʼuliyat bilan yondashsa, davlatimiz tomonidan yaratilgan tibbiy imkoniyatlardan unumli foydalansa, nafaqat sil kasalligini jilovlash, balki xalqimizning oʻrtacha umr koʻrish darajasini sezilarli darajada oshirishga erishish mumkin.

Bu kabi tadbirlar aholining tibbiy savodxonligini oshirish bilan bir qatorda, ularda oʻz salomatligiga boʻlgan eʼtiborni kuchaytirishga ham xizmat qiladi.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda 13.08.2026 Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda 10.08.2026 Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi 10.08.2026 Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar 06.08.2026 Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda 06.08.2026 Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi 05.08.2026 Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi 05.08.2026 Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda 05.08.2026 “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi 04.08.2026 Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi 04.08.2026 Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida 01.08.2026 Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi 01.08.2026 Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi 30.07.2026 Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda 30.07.2026 Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi 30.07.2026 Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 29.07.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 29.07.2026 Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019