16.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.08.2026, 07:24
Madaniyat 👁 137

Madaniyat va sanʼat xodimlari kuni munosabati bilan bayram dasturxoni yozildi

Madaniyat va sanʼat xodimlari kuni munosabati bilan bayram dasturxoni yozildi

Har bir millatning ruhi, uning asriy qadriyatlari va tarixi, eng avvalo, madaniyati hamda sanʼatida oʻz aksini topadi. Inson maʼnaviyatini yuksaltirish, yosh avlod qalbida goʻzallikka boʻlgan mehrni uygʻotishda madaniyat oʻchoqlarining oʻrni beqiyosdir. Davr bilan hamnafas tarzda madaniyat va sanʼatni yanada rivojlantirish maqsadida Amudaryo tumani madaniyat boʻlimi tomonidan ham keng koʻlamli, tahsinga sazovor ishlar amalga oshirib kelinmoqda.

15-aprel – Madaniyat va sanʼat xodimlari kuni munosabati bilan ana shunday oʻz kasbining fidoyilari uchun Amudaryo tumani hokimligi tashabbusi bilan bayram dasturxoni yozildi. Tadbirda hokim oʻrinbosari Nodirbek Kamolov ishtirok etib, tuman hokimi Sobir Xoʻjametovning soha xodimlariga bayram tabrigini oʻqib eshittirdi va esdalik sovgʻalarini topshirdi.

Aytish kerakki, Amudaryo tuman madaniyat boʻlimi tasarrufida bugungi kunda jami 7 ta madaniyat markazi aholiga madaniy xizmat koʻrsatib kelmoqda. Bu maskanlarning bittasi tuman madaniyat markazi maqomiga ega boʻlsa, qolgan oltitasi hududiy madaniyat markazlari sifatida faoliyat yuritadi. Mazkur madaniyat dargohlarida jami 96 nafar ishchi-xodim mehnat qilmoqda. Xodimlarning 19 nafari oliy, 14 nafari esa tugallanmagan oliy maʼlumotga ega.

Boʻlim tasarrufidagi 34-sonli tuman madaniyat markazi 250-oʻrindiqli muhtasham kontsert zaliga ega boʻlib, u yerda madaniyat va sanʼat yoʻnalishidagi ikkita toʻgarak muntazam faoliyat yuritadi. Bundan tashqari, ushbu markazda uchta mashhur xalq jamoasi – ashula va raqs yoʻnalishidagi “Uchqun” xalq ansambli, qadimiy anʼanalarimizni tarannum etuvchi “Ofarin” folklor-etnografik xalq ansambli hamda “Jayxun moʻʼjizasi” anʼanaviy sahna tsirk xalq havaskorlik jamoasi aholiga yuqori saviyada madaniy xizmat koʻrsatib kelmoqda.

Hududiy markazlarda ham jonli ijodiy muhit hukmron. Jumladan, Bobur ovuli hududida joylashgan 38-sonli, Boʻz-yop ovulidagi 39-sonli, Uyshin mahallasidagi 35-sonli, Choykoʻl ovulidagi 36-sonli, Qangli ovulida joylashgan 37-sonli va Qilichboy ovulidagi 40-sonli madaniyat markazlarda jami 19 ta toʻgaraklar faoliyat olib bormoqda.

Oʻz kasbining fidoyilari boʻlmish madaniyat va sanʼat xodimlari tumanda umumxalq bayramlari, muhim sanalar va kasb bayramlari munosabati bilan tashkil qilinadigan tantanalar, ijodiy uchrashuvlar, madaniy kechalar va kontsert dasturlarini yuqori saviyada tashkil qilish orqali aholiga sifatli madaniy xizmat koʻrsatib kelmoqdalar. Ularning bu mehnatlari davlatimiz va hukumatimiz tomonidan ham munosib ragʻbatlantirib kelinmoqda. Soha xodimlari va faxriylar orasida Qoraqalpogʻistonda xizmat koʻrsatgan madaniyat xodimi faxriy unvoni, “Madaniyat va sanʼat fidokori”, “Vatan fidoyisi”, “Umid uchquni” kabi koʻkrak nishonilari sohib va sohibalari bor.

Madaniyat va sanʼat sohasi rivoji yoʻlida xizmat qilayotgan bu insonlarning fidokorona mehnati tuman aholisining maʼnaviy olamini boyitishda, kelajak avlodga goʻzal qadriyatlarimizni bezavol yetkazishda mustahkam poydevor boʻlib xizmat qilmoqda va kelgusidagi yuksak muvaffaqiyatlar uchun muhim zamin yaratmoqda.

15-aprel – Madaniyat va sanʼat xodimlari kuni munosabati bilan tashkil qilingan bayram tadbiri ularning mehnatlarini munosib eʼtirof etish yoʻlidagi navbatdagi qadam boʻldi. Fursatdan foydalanib, biz ham qadrli madaniyat va sanʼat xodimlariga mustahkam sogʻliq, baxt-saodat, yangi ijodiy yutuqlar tilab qolamiz.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda 13.08.2026 Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda 10.08.2026 Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi 10.08.2026 Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar 06.08.2026 Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda 06.08.2026 Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi 05.08.2026 Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi 05.08.2026 Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda 05.08.2026 “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi 04.08.2026 Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi 04.08.2026 Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida 01.08.2026 Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi 01.08.2026 Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi 30.07.2026 Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda 30.07.2026 Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi 30.07.2026 Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 29.07.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 29.07.2026 Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019