16.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.08.2026, 04:19
Qishloq xoʻjaligi 👁 127

Amudaryoda oziq-ovqat xavfsizligi: Yerdan unumli foydalanish – toʻkinlik garovi

Amudaryoda oziq-ovqat xavfsizligi: Yerdan unumli foydalanish – toʻkinlik garovi

Yerga mehr berish, uning har bir qarichidan unumli foydalanish farovon hayot va toʻkinlikning bosh mezonidir. Bugungi globallashuv davrida oziq-ovqat xavfsizligini taʼminlash nafaqat iqtisodiy, balki strategik ahamiyatga ega boʻlgan muhim masaladir. Mamlakatimizning har bir hududida boʻlgani kabi Amudaryo tumanida ham bu borada keng koʻlamli ishlar amalga oshirilmoqda.

Amudaryo sohillarida joylashgan bu zamin azaldan oʻzining dehqonchilik anʼanalari va mehnatsevar insonlari bilan mashhur. Bugungi kunda tumanda qishloq xoʻjaligi sohasini isloh qilish, yer egalarini har tomonlama qoʻllab-quvvatlash va ichki bozorni sifatli mahsulotlar bilan toʻldirish ustuvor vazifaga aylangan.

Raqamlarga eʼtibor qaratadigan boʻlsak, Amudaryo tumanida dehqon xoʻjaliklari jami 2 ming gektardan ortiq maydonda samarali faoliyat yuritib kelayotganini koʻrishimiz mumkin. Bundan tashqari, tumanning ijtimoiy-iqtisodiy hayotida tomorqa yer egalarining oʻrni beqiyosdir. 40 mingdan ortiq tomorqa egalari tasarrufida jami 8 ming gektarga yaqin maydon mavjud boʻlib, bu ulkan imkoniyat demakdir. Har bir xonadon egasi oʻz tomorqasini kichik bir xazinaga aylantirib, nafaqat oʻz ehtiyojlarini qondirmoqda, balki bozor rastalarini ham arzon va sifatli mahsulotlar bilan toʻldirishga koʻmaklashmoqda.

Shu bilan birga, tumandagi 350 dan ortiq fermer xoʻjaliklari dalalarida ham paxta va gʻalladan tashqari, oziq-ovqat mahsulotlarini yetishtirish masalalariga katta eʼtibor qaratilmoqda. Bunday yondashuv mamlakatimizda oziq-ovqat xavfsizligini taʼminlash, ichki isteʼmolni barqaror qanoatlantirish va eng muhimi, eksport salohiyatini oshirish imkonini bermoqda.

Yerdan foydalanishning yangicha usullari va zamonaviy texnologiyalarni joriy etish orqali dehqonlarimiz yilning toʻrt faslida ham yuqori hosildorlikka erishishmoqda. Bu borada “Rajab Japoq” fermer xoʻjaligining faoliyatini alohida namuna sifatida koʻrsatish mumkin. Ushbu xoʻjalikda har bir qarich yerdan oqilona foydalanish madaniyati shakllangan. Masalan, bogʻ qator oralariga toʻqsonbosti usulida piyoz ekilgan boʻlib, bu usul bahorning ilk kunlaridanoq xalqimiz dasturxoniga yangi mahsulotlarni yetkazib berish imkonini yaratadi. Fermer xoʻjaligi aʼzolari nafaqat piyoz, balki kartoshka, qalampir, bulgʻor qalampiri va sabzavotlarning deyarli barcha turlarini yetishtirishda katta tajriba toʻplashgan. Bu kabi dehqon va fermerlarning tinimsiz mehnati tufayli bozorlarimizda toʻkinlik, xalqimiz dasturxonida esa moʻl-koʻllik hukm surmoqda.

Mazkur fermer xoʻjaligining yutuqlari faqat sabzavotchilik bilan cheklanib qolmaydi. “Rajab Japoq” xoʻjaligi koʻp tarmoqli faoliyat yuritishi bilan ham ajralib turadi. Bu yerda paxtachilik, gʻallachilik, chorvachilik va bogʻdorchilik sohalari bir-birini toʻldirgan holda faol rivojlantirilmoqda. Oʻtgan yilgi mavsumda paxta yetishtirishda yuqori natija qayd etilib, har gektar maydondan oʻrtacha 40 tsentnerdan hosil olingan boʻlsa, joriy yilda bu koʻrsatkichni yanada oshirish, hosildorlikni yangi bosqichga olib chiqish maqsad qilingan. Bu esa fermerning oʻz kasbiga boʻlgan sadoqati va yerga boʻlgan mehridan dalolat beradi. Koʻp tarmoqli xoʻjalik sifatida chorvachilikni rivojlantirish orqali aholiga goʻsht va sut mahsulotlari yetkazib berilsa, bogʻdorchilik orqali sarxil mevalar yetishtirilmoqda. Bunday tizimli ish tashkil etilishi nafaqat iqtisodiy foyda keltiradi, balki yangi ish oʻrinlari yaratilishiga ham xizmat qiladi.

Yer bilan tillasha olgan, undan baraka topayotgan dehqon va fermerlarimiz bugungi kunning haqiqiy qahramonlaridir. Ularning saʼy-harakatlari tufayli dasturxonlarimiz toʻkin, bozorlarimiz fayzli boʻlmoqda. Tizimli tashkil etilgan ish jarayoni, yerga ilmiy va innovatsion yondashuv hamda koʻp tarmoqli xoʻjaliklarning koʻpayishi kelgusida tuman iqtisodiyotini yanada yuksaltirishga xizmat qiladi. Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlar, dehqonlarga yaratib berilayotgan sharoitlar va yer egalarining fidokorona mehnati bir nuqtada birlashib, yurtimizning oziq-ovqat mustaqilligini mustahkamlashga zamin yaratmoqda.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda 13.08.2026 Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda 10.08.2026 Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi 10.08.2026 Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar 06.08.2026 Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda 06.08.2026 Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi 05.08.2026 Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi 05.08.2026 Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda 05.08.2026 “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi 04.08.2026 Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi 04.08.2026 Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida 01.08.2026 Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi 01.08.2026 Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi 30.07.2026 Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda 30.07.2026 Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi 30.07.2026 Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 29.07.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 29.07.2026 Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019