16.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.08.2026, 03:23
Salomatlik 👁 118

Ehtiyojmand oilalarning bolalariga davolanish uchun vaucherlar tarqatilmoqda

Ehtiyojmand oilalarning bolalariga davolanish uchun vaucherlar tarqatilmoqda

Xalqimiz azal-azaldan oʻzining mehr-oqibat, insonparvarlik, shukronalik, benazir saxovat va keng bagʻrikenglik kabi ezgu fazilatlari bilan dunyoga oʻrnak boʻlib kelgan. Ayniqsa, ulugʻ ayyomlar arafasida ehtiyojmand insonlarga koʻmak berish, ularning holidan xabar olish va mushkulini oson qilish milliy qadriyatlarimizning ajralmas qismiga aylangan. “Muborak Qurbon hayiti munosabati bilan aholini davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash va mehr-saxovat tadbirlarini samarali tashkil etish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti qarori ham aynan mana shunday olijanob maqsadlarni oʻzida mujassam etgan muhim hujjat boʻldi. Mazkur qaror asosida bugungi kunda yurtimizning barcha hududlarida aholini, xususan, koʻmakka muhtoj qatlamni qoʻshimcha ravishda davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash maqsadida qator xayrli tadbirlar amalga oshirilmoqda.

Davlatimiz tomonidan olib borilayotgan kuchli ijtimoiy siyosatning eng ustuvor yoʻnalishlaridan biri, shubhasiz, inson salomatligini asrash, kelajagimiz egalari boʻlgan bolalarning sogʻlom va barkamol boʻlib voyaga yetishini taʼminlashdir. Prezident qaroriga muvofiq, respublikamiz boʻylab amalga oshirilayotgan mehr-saxovat tadbirlari doirasida tibbiy-ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamga alohida eʼtibor qaratilmoqda. Jumladan, ogʻir kasallikka chalingan, ammo vaqtida zarur choralar koʻrilsa, nogironlikning oldini olish mumkin boʻlgan kasalliklarni operativ yoʻl bilan davolash masalasi kun tartibidagi eng dolzarb vazifalardan biri sifatida belgilandi. Bu orqali koʻplab bolajonlarning sogʻligʻini tiklash va kelgusida ularning toʻlaqonli hayot kechirishlari uchun mustahkam zamin yaratish maqsad qilingan.

Ushbu ezgu tashabbusning joylardagi ijrosi qatʼiy nazoratga olingan boʻlib, hududlardagi tibbiyot muassasalari orqali manzilli ishlar olib borilmoqda. Xususan, Amudaryo tumanida ham ushbu qaror ijrosi doirasida keng koʻlamli amaliy ishlar boshlab yuborilgan. Maʼlumotlarga koʻra, operativ yoʻl bilan davolanish orqali nogironlikning oldini olish maqsadida Amudaryo tumaniga jami 58 ta maxsus vaucher ajratilgan. Bu vaucherlar nafaqat begʻaraz moliyaviy koʻmak, balki ota-onalar uchun farzandlarining sogʻlom kelajagiga boʻlgan umid timsolidir. Bugungi kunga qadar tumanda mazkur yoʻnalishda olib borilgan oʻrganishlar va tibbiy xulosalar asosida jami 27 nafar bolaga ushbu vaucherlar topshirildi va ularning tezkor davolanishi uchun barcha zarur sharoitlar yaratildi.

Aytish joizki, yuqoridagi qarorga muvofiq mamlakatimiz boʻylab ogʻir va nogironlikni keltirib chiqaruvchi kasalliklarga chalingan 10 ming nafar bolalarda jarrohlik amaliyotini oʻtkazish, 2,3 ming nafar onkologik, gemotologik va onkogematologik tashxis qoʻyilgan bemorlarni tibbiy tekshiruvdan oʻtkazish, ularni davolash va jarrohlik amaliyotini oʻtkazish, kamida 350 nafar bemorlarda jigar va buyrak transplantatsiyasi amaliyotini oʻtkazish, ijtimoiy himoyaga muhtoj bolalarning omonat hisobvaraqlariga 200 AQSh dollari miqdoridagi pul mukofotini oʻtkazish xarajatlarini qoplash, qolaversa, 500 ta masjidda aholi uchun qulay sharoitlar yaratish maqsadida zamonaviy tahoratxonalar qurish, rekonstruktsiya qilish yoki taʼmirlash koʻzda tutilgan.

Qaror ijrosini taʼminlash maqsadida mutasaddi tashkilotlar va malakali tibbiyot xodimlari tomonidan navbatdagi chuqurlashtirilgan tibbiy koʻrik jarayonlari izchillik bilan davom ettirilmoqda. Ushbu koʻriklar natijasiga koʻra, shifokorlar tomonidan tavsiya berilgan va jarrohlik amaliyotiga muhtoj deb topilgan bolalar vaucherlar bilan taʼminlanadi.

Muborak ayyom kunlarida va undan keyingi davrda ham davom etayotgan bu kabi mehr-saxovat tadbirlari davlatning oʻz fuqarolariga, ayniqsa, yosh avlod taqdiriga boʻlgan yuksak eʼtiborini namoyon etadi. Inson qadri ulugʻlangan yurtda sogʻlom avlodni voyaga yetkazish yoʻlidagi bunday saʼy-harakatlar, shubhasiz, millat genofondini asrash va porloq kelajakni barpo etishda oʻzining yuksak hamda beqiyos samarasini berishi shubhasiz.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda 13.08.2026 Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda 10.08.2026 Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi 10.08.2026 Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar 06.08.2026 Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda 06.08.2026 Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi 05.08.2026 Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi 05.08.2026 Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda 05.08.2026 “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi 04.08.2026 Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi 04.08.2026 Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida 01.08.2026 Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi 01.08.2026 Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi 30.07.2026 Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda 30.07.2026 Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi 30.07.2026 Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 29.07.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 29.07.2026 Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019