16.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.08.2026, 03:03
Qishloq xoʻjaligi 👁 125

ZAMONAVIY TEXNOLOGIYaLAR — YuQORI HOSIL VA SAMARADORLIK GAROVI

ZAMONAVIY TEXNOLOGIYaLAR — YuQORI HOSIL VA SAMARADORLIK GAROVI

Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligida ilgʻor texnologiyalarni keng joriy etish, hosildorlikni oshirish hamda fermerlar uchun qulay va samarali ish usullarini ommalashtirishga qaratilgan amaliy seminarlar muntazam tashkil etib kelinmoqda. Ana shunday tadbirlardan biri Choykoʻl ovulidagi “Choykoʻl–Doʻstlik” fermer xoʻjaligi paxta maydonida boʻlib oʻtdi.

Gʻoʻza parvarishi va zamonaviy agrotexnologiyalarni amaliyotga tatbiq etishga bagʻishlangan ushbu seminarda Amudaryo tumani hokimi Sobir Xoʻjametov, qishloq xoʻjaligi sohasi mutaxassislari, fermer xoʻjaliklari rahbarlari hamda agronomlar ishtirok etdilar.

Bugungi kunda qishloq xoʻjaligini raqamlashtirish va innovatsion texnologiyalarni keng qoʻllash davr talabi boʻlib qolmoqda. Ayniqsa, paxtachilik tarmogʻida zamonaviy texnikalardan foydalanish mehnat unumdorligini oshirish, xarajatlarni kamaytirish va hosildorlikni yuksaltirishda muhim ahamiyat kasb etmoqda. Seminar davomida ana shunday ilgʻor yechimlardan biri boʻlgan zamonaviy dronlar yordamida gʻoʻza barglarini oziqlantirish ishlari amaliy tarzda namoyish etildi.

Mutaxassislarning taʼkidlashicha, ushbu zamonaviy qurilmalar qishloq xoʻjaligida yangi imkoniyatlarni ochib bermoqda. Mazkur dronlar yuqori aniqlikda ishlashi, dori vositalarini teng va sifatli purkashi hamda katta maydonlarni qisqa vaqt ichida qamrab olishi bilan ajralib turadi.

Seminar ishtirokchilariga dronlarning texnik imkoniyatlari va amaliy afzalliklari haqida batafsil maʼlumot berildi. Xususan, paxta maydonlarida odatda gektariga 10–15 litr ishchi eritma sarflanishi hisobga olinsa, 100 litr sigʻimli bitta toʻldirish bilan oʻrtacha 6–10 gektar maydonga ishlov berish mumkinligi qayd etildi. Bu esa qisqa vaqt ichida katta hajmdagi ishlarni bajarish imkonini yaratadi.

Shuningdek, ushbu dronlarining kunlik ish unumdorligi ham eʼtiborga molik. Ish sharoiti, logistika va texnik taʼminotga qarab, bir soat davomida 15–25 gektar maydonga ishlov berish mumkin. Kun davomida esa 120–200 gektar, yaxshi tashkil etilgan sharoitlarda esa 200 gektardan ortiq maydonni qamrab olish imkoniyati mavjud.

Mutaxassislar tomonidan taʼkidlanganidek, ushbu texnologiyaning eng muhim afzalliklaridan biri – uning iqtisodiy samaradorligidir. Dori vositalari sarfi 20–30 foizgacha qisqaradi, suv resurslari sezilarli darajada tejaladi. Traktor va boshqa anʼanaviy texnikalarga nisbatan yoqilgʻi xarajatlari deyarli talab etilmaydi. Bu esa fermer xoʻjaliklari uchun xarajatlarni kamaytirib, iqtisodiy foydani oshirishga xizmat qiladi.

Yana bir muhim jihat — vaqt tejalishidir. Odatda bir necha kun talab qiladigan ishlarni dronlar yordamida bir kunning oʻzida bajarish mumkin. Zamonaviy radar va sensorlar bilan jihozlangan ushbu qurilmalar kechki va tungi vaqtlarda ham samarali ishlash imkoniyatiga ega.

Dron texnologiyalarining hosildorlikka taʼsiri ham yuqori baholanmoqda. Preparatlar ekin maydoniga bir xil taqsimlanishi natijasida oʻsimliklarning oziqlanishi yaxshilanadi, barglarning pastki qismigacha yetib boradigan purkash tizimi esa biologik va kimyoviy vositalarning samaradorligini oshiradi. Eng muhimi, texnika dalaga kirmagani sababli tuproq zichlashmaydi, gʻoʻza ildiz tizimi zarar koʻrmaydi.

Seminar davomida mehnat unumdorligini oshirish masalasiga ham alohida eʼtibor qaratildi. Dronlarni boshqarish uchun atigi bir yoki ikki nafar operator yetarli boʻlib, ogʻir qoʻl mehnati sezilarli darajada kamayadi. Qurilmalar maydonlarga yuqori aniqlikda ishlov beradi, qayta sepish yoki ayrim hududlarni qoldirib ketish holatlarining oldini oladi.

Tadbir yakunida soha mutaxassislari va fermerlar zamonaviy texnologiyalarni keng joriy etish qishloq xoʻjaligi samaradorligini yanada oshirish, resurslardan oqilona foydalanish hamda moʻl hosil yetishtirishda muhim omil boʻlishini taʼkidladilar.

Charos Arslonova, tuman hokimligining Axborot xizmati rahbari.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda 13.08.2026 Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda 10.08.2026 Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi 10.08.2026 Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar 06.08.2026 Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda 06.08.2026 Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi 05.08.2026 Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi 05.08.2026 Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda 05.08.2026 “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi 04.08.2026 Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi 04.08.2026 Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida 01.08.2026 Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi 01.08.2026 Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi 30.07.2026 Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda 30.07.2026 Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi 30.07.2026 Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 29.07.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 29.07.2026 Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019