16.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.08.2026, 04:20
Jamiyat 👁 176

Ijtimoiy obʼektlarning qurilish jarayoni prokuror nazoratida

Ijtimoiy obʼektlarning qurilish jarayoni prokuror nazoratida

Mamlakatimizda aholi farovonligini oshirish, fuqarolar uchun munosib turmush sharoitlarini yaratish hamda hududlarning meʼmoriy qiyofasini tubdan yangilash borasida keng koʻlamli islohotlar amalga oshirilmoqda. Ayniqsa, taʼlim va sogʻliqni saqlash tizimlarini zamon talablari darajasida rivojlantirish, ijtimoiy soha obʼektlarini qurish va rekonstruktsiya qilish davlatimiz siyosatining ustuvor yoʻnalishlaridan biriga aylangan. Bu borada Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 27-dekabrdagi “2026-2028-yillarda Oʻzbekiston Respublikasining ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 393-sonli qarori dasturilamal boʻlib xizmat qilmoqda.

Mazkur muhim hujjat ijrosini toʻlaqonli taʼminlash, davlat dasturlari doirasida belgilangan vazifalarning oʻz vaqtida va yuqori sifat bilan bajarilishini nazorat qilish maqsadida joylarda huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan tizimli oʻrganishlar olib borilmoqda. Xususan, Amudaryo tumani prokurori Bahrom Masharipov yuqoridagi qaror asosida tumanda amalga oshirilayotgan qurilish-taʼmirlash ishlarining borishi bilan bevosita joyiga chiqqan holda tanishdi.

Maʼlumki, har qanday jamiyatning ertangi kuni va taraqqiyoti bevosita yosh avlodga berilayotgan taʼlim-tarbiya sifatiga bogʻliq. Shu boisdan ham, maktablarning infratuzilmasini yaxshilash, oʻquvchilar uchun qoʻshimcha oʻrinlar yaratish va ilm olish uchun munosib muhitni shakllantirish muhim ahamiyat kasb etadi. Prokuratura organlarining navbatdagi oʻrganishlari davomida tumanning Daryo boʻyi mahallasi hududida joylashgan 65-sonli umumtaʼlim maktabida olib borilayotgan rekonstruktsiya ishlariga alohida eʼtibor qaratildi.

Loyihaga asosan, mazkur bilim maskani hududida qoʻshimcha 300-oʻrinli yangi va zamonaviy oʻquv binosi qad rostlamoqda. Tuman prokurori ushbu obʼektdagi qurilish jarayonlarini koʻzdan kechirar ekan, binoning poydevoridan tortib, tomigacha boʻlgan har bir bosqichda qurilish meʼyorlariga qatʼiy amal qilinishi lozimligini taʼkidladi. Yangi binoning foydalanishga topshirilishi mahalla yoshlarining yanada keng va yorugʻ xonalarda, ilgʻor shart-sharoitlarda bilim olishlariga xizmat qilishi alohida qayd etildi.

Shuningdek, inson salomatligini asrash, hududlardagi barqarorlikni taʼminlash ham eng dolzarb vazifalardan biri hisoblanadi. Shu maqsadda, Amudaryo tumani sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi boʻlimi binosini rekonstruktsiya qilish ishlari ham jadal surʼatlarda olib borilmoqda. Mazkur tibbiyot va nazorat maskanining yangilanishi tuman aholisiga koʻrsatilayotgan xizmatlar sifatini oshirishga, turli kasalliklarning oldini olishga va jamoat salomatligini mustahkamlashga zamin yaratadi. Prokuror mazkur obʼektda ham boʻlib, pudratchi tashkilotlar vakillari hamda masʼul xodimlar bilan ish jarayonini muhokama qildi. Loyiha doirasida bajarilayotgan ishlarning holati, ishlatilayotgan qurilish materiallarining sifati batafsil tahlil qilindi.

Oʻrganishlar yakunida tuman prokurori Bahrom Masharipov tomonidan masʼul rahbarlar va quruvchi tashkilotlar vakillariga tegishli koʻrsatma va topshiriqlar berildi. Xususan, har ikki obʼektda ham qurilish-taʼmirlash ishlarini yanada jadallashtirish, buning uchun ishchi kuchi va maxsus texnikalarni yanada koʻproq jalb qilish zarurligi taʼkidlandi. Ish surʼatini oshirish qurilish sifatiga aslo salbiy taʼsir koʻrsatmasligi, har bir jarayon davlat standarti talablariga toʻla javob berishi va obʼektlar belgilangan muddatlarda foydalanishga topshirilishi shartligi alohida taʼkidlandi.

Davlat byudjeti mablagʻlari hisobidan bunyod etilayotgan bu kabi inshootlar xalqimizning uzogʻini yaqin, ogʻirini yengil qilishga qaratilgan boʻlib, ularning sifatli va mustahkam barpo etilishi ustidan prokuror nazorati bundan buyon ham qatʼiy davom ettiriladi.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda 13.08.2026 Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda 10.08.2026 Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi 10.08.2026 Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar 06.08.2026 Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda 06.08.2026 Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi 05.08.2026 Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi 05.08.2026 Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda 05.08.2026 “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi 04.08.2026 Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi 04.08.2026 Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida 01.08.2026 Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi 01.08.2026 Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi 30.07.2026 Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda 30.07.2026 Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi 30.07.2026 Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 29.07.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 29.07.2026 Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019