16.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.08.2026, 04:48
Sport 👁 93

Futbol qalblarni birlashtirdi

Futbol qalblarni birlashtirdi

Bu yil Oʻzbekiston sporti, xususan, futbol tarixida oltin harflar bilan bitiladigan unutilmas yil boʻlib qolmoqda. Mamlakatimiz milliy terma jamoasining futbol boʻyicha Jahon chempionatidagi ishtiroki millionlab yurtdoshlarimiz qalbida cheksiz faxr va gʻurur tuygʻularini uygʻotmoqda.

23-iyun kuni boʻlib oʻtgan Oʻzbekiston – Portugaliya uchrashuvi ana shunday tarixiy voqealardan biri sifatida futbol muxlislari yodida muhrlanib qoldi. Dunyoning eng kuchli jamoalaridan biri sanalgan Portugaliya terma jamoasiga qarshi kechgan bahs nafaqat sport musobaqasi, balki xalqimizning futbolga boʻlgan mehr-muhabbati, birdamligi va Vatanga sadoqatini namoyon etgan ulkan voqea boʻldi.

Mazkur tarixiy uchrashuvni katta ekranda birgalikda tomosha qilish hamda milliy terma jamoamizni qoʻllab-quvvatlash maqsadida Amudaryo tumani Vaxum aholi punktidagi bolalar oʻyingohida ommaviy tomosha tadbiri tashkil etildi. Kechki soat 22:00 dan boshlab yuzlab futbol ishqibozlari, yoshlar, nuroniylar va keng jamoatchilik vakillari ushbu maskanga jam boʻlib, futbol bayramining bevosita ishtirokchisiga aylandilar. 

Ommaviy tomoshada Amudaryo tumani hokimi Sobir Xoʻjametov boshchiligida tuman rahbarlari ham ishtirok etib, xalq bilan bir safda milliy terma jamoamizga muxlislik qildilar. Bu esa sportning insonlarni birlashtiruvchi kuchini, xalq va rahbarlar oʻrtasidagi hamjihatlik hamda birdamlik muhitini yana bir bor namoyon etdi. Ayniqsa, yoshlarning faol ishtiroki, Vatan bayrogʻini baland koʻtarib, terma jamoamizni qoʻllab-quvvatlagani tadbirga oʻzgacha ruh va koʻtarinkilik bagʻishladi.

Futbol uchrashuvidan avval koʻtarinki ruhda kontsert tadbiri tashkil qilindi. Amudaryo tumani Madaniyat boʻlimi xonandalari ishtirokida tashkil etilgan kontsert dasturi tomoshabinlarga bayramona kayfiyat ulashdi. Vatan, doʻstlik va yoshlar haqidagi kuy-qoʻshiqlar yigʻilganlar tomonidan iliq kutib olinib, maydonda haqiqiy bayram muhiti hukm surdi.

Bolalar oʻyingohida haqiqiy futbol muhiti yaratildi. Maydon milliy bayroqlar, vatanparvarlik ruhidagi shiorlar va muxlislarning joʻshqin hayqiriqlari bilan yanada fayz oldi. Oʻyin davomida amudaryolik futbol ixlosmandlari milliy terma jamoamizni soʻnggi daqiqalargacha bir ovozdan qoʻllab-quvvatlab, yurtimiz futbolchilariga boʻlgan ishonch va sadoqatini namoyon etdilar. Har bir xavfli vaziyat, har bir hujum va har bir muvaffaqiyatli harakat katta hayajon bilan kutib olinib, tomoshabinlarning olqishlariga sabab boʻldi.

Mazkur futbol oqshomi nafaqat sport musobaqasini tomosha qilish, balki milliy gʻurur, vatanparvarlik va birdamlik tuygʻularini yanada mustahkamlagan unutilmas voqea sifatida amudaryoliklar xotirasida muhrlanib qoldi.

Bunday ommaviy tomoshalar nafaqat sportga boʻlgan qiziqishni oshirish, balki aholi oʻrtasida birdamlik va hamjihatlik muhitini mustahkamlashga ham xizmat qiladi. Futbol atrofida birlashgan yurtdoshlarimiz qalbida Vatanga muhabbat, milliy gʻurur va yurt ravnaqi uchun daxldorlik tuygʻulari yanada mustahkamlandi.

Portugaliya terma jamoasiga qarshi uchrashuv 5:0 hisobida hamyurtlarimizning magʻlubiyati bilan yakunlangan boʻlsa-da, bu natija maydondagi kurashning asl mazmunini toʻliq aks ettira olmaydi. Dunyoning eng kuchli jamoalaridan biriga qarshi bahs olib borgan futbolchilarimiz oʻyin davomida bor kuch-gʻayrati, mahorati va matonatini namoyon etib, soʻnggi daqiqagacha kurash olib bordilar. Har bir futbolchimiz maydonda Vatan sharafini munosib himoya qilish uchun jon-jahdi bilan harakat qilgani, ularning gʻalabaga boʻlgan intilishi va fidoyiligi har bir yurtdoshimiz qalbidan chuqur joy oldi.

Muxlislar ham natijadan qatʼi nazar, milliy terma jamoamizni olqishlab, ularga boʻlgan ishonch va qoʻllab-quvvatlovlarini namoyon etdilar. Chunki bugungi Oʻzbekiston terma jamoasi jahon futbolining eng nufuzli musobaqasida ishtirok etayotgan, xalqimiz orzu qilgan tarixiy yutuqqa erishgan jamoa sifatida barchamizning faxrimizdir. Muhimi, futbolchilarimiz maydonda taslim boʻlmadilar, kurashdilar, tajriba orttirdilar va kelgusi uchrashuvlar uchun muhim saboqlar chiqardilar.

Charos Arslonova, tuman hokimligining Axborot xizmati rahbari.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda 13.08.2026 Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda 10.08.2026 Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi 10.08.2026 Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar 06.08.2026 Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda 06.08.2026 Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi 05.08.2026 Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi 05.08.2026 Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda 05.08.2026 “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi 04.08.2026 Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi 04.08.2026 Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida 01.08.2026 Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi 01.08.2026 Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi 30.07.2026 Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda 30.07.2026 Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi 30.07.2026 Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 29.07.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 29.07.2026 Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019