16.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.08.2026, 03:02
Adabiyot 👁 102

Harbiylar va yoshlar ishtirokida «Yurt qaygʻusida 365 kun» kitobi taqdimoti oʻtkazildi

Harbiylar va yoshlar ishtirokida «Yurt qaygʻusida 365 kun» kitobi taqdimoti oʻtkazildi

Mamlakatimizda yosh avlodning maʼnaviy yetukligi, ularning qalbida Vatanga muhabbat va sadoqat tuygʻularini yuksaltirish davlat siyosatining ustuvor yoʻnalishlaridan biri sanaladi. Xususan, bu boradagi ezgu tashabbuslar nafaqat taʼlim muassasalarida, balki harbiy qismlar va huquq-tartibot idoralari tizimida ham keng quloch yoymoqda. Davlat xavfsizlik xizmati Chegara qoʻshinlariga qarashli Amudaryo tumanida joylashgan harbiy qism harbiy xizmatchilari hamda yoshlar ishtirokida tuman axborot-kutubxona markazida oʻtkazilgan maʼnaviy-maʼrifiy tadbir ham shular jumlasidandir. Ushbu kitobxonlik soati oddiygina uchrashuv emas, balki harbiy xizmatchilar va oʻsib kelayotgan yosh avlod oʻrtasidagi oʻziga xos maʼnaviy koʻprik vazifasini oʻtadi. Tadbirning asosiy maqsadi yosh askarlarning dunyoqarashini kengaytirish, ularning intellektual salohiyatini oshirish va mutolaa madaniyatini yanada yuksaltirishdan iborat boʻldi.

Bu galgi maʼrifat soati Prezidentimizning oʻtgan yil davomidagi faoliyatiga oid "Yurt qaygʻusida 365 kun" nomli asarining keng jamoatchilikka, xususan, harbiylarga taqdimotiga bagʻishlandi. Mazkur kitobning mazmun-mohiyati, unda ilgari surilgan teran fikrlar va hayotiy xulosalar ishtirokchilar tomonidan katta qiziqish bilan kutib olindi.

Tadbir davomida yigʻilganlarga mutaxassislar tomonidan asardagi bunyodkorlik gʻoyalari, taraqqiyotning mashaqqatli, ammo sharafli yoʻllari haqida atroflicha maʼlumotlar berildi. Ushbu gʻoyalar Vatan sarhadlarini qoʻriqlayotgan, xalq osoyishtaligini taʼminlashni oʻz hayotining bosh maqsadi deb bilgan harbiy xizmatchilarimiz chinakam maʼnaviy va ruhi ozuqa boʻldi, desak mubolagʻa boʻlmaydi. Ayniqsa, muddatli harbiy xizmatni oʻtayotgan yosh yigitlar asarda yoritilgan ezgu maqsadlarni, yurt qaygʻusi va quvonchini oʻzida mujassam etgan sahifalar bayonini katta eʼtibor va hayajon bilan tingladilar.

Ochiq va samimiy ruhda oʻtgan muloqot jarayonida askarlar oʻzlarini qiziqtirgan barcha savollarga soha mutaxassislari va ziyolilardan aniq hamda asosli javoblar oldilar.

Uchrashuvning rasmiy qismidan soʻng, tadbir chinakam mutolaa bayramiga ulanib ketdi. Harbiy xizmatchilar va yoshlar tuman axborot-kutubxona markazining boy fondi, bu maskanda saqlanayotgan turli yoʻnalishlardagi, jumladan, tarixiy, ilmiy-ommabop va badiiy adabiyotlar bilan yaqindan tanishdilar. Har bir askar oʻzining shaxsiy qiziqishlari va dunyoqarashidan kelib chiqqan holda sara asarlarni tanlab, mutolaa qilish imkoniyatiga ega boʻldi.

Kutubxonaning shinam oʻquv zallarida kitob mutolaa qilayotgan harbiy libosdagi yigitlarning koʻrinishi har qanday kishida havas uygʻotadi. Chunki jismonan baquvvat, jangovar shayligi yuqori boʻlgan askarning maʼnan ham yetuk boʻlishi uning yengilmasligidan dalolat beradi. Bundan tashqari, axborot-kutubxona markazi tomonidan yaratilgan zamonaviy shart-sharoitlar yoshlarga oʻz ustida ishlash va bilimlarini mustahkamlash uchun keng maydon yaratib berdi.

Xulosa oʻrnida shuni taʼkidlash joizki, mazkur maʼrifiy tadbir nafaqat kitobxonlik madaniyatini yuksaltirishga, balki yoshlarning intellektual salohiyatini beqiyos darajada boyitishga xizmat qiladi. Eng muhimi, bu kabi uchrashuvlar oʻsib kelayotgan avlodni Vatanga cheksiz sadoqat, fidoyilik va yuksak maʼnaviyat ruhida kamolga yetkazishda muhim ahamiyat kasb etadi. Zero, aynan shunday ezgu va davomli tashabbuslar ertamiz egalari boʻlgan mard oʻgʻlonlarning yurt ravnaqi, uning tinchligi va kelajagi yoʻlidagi masʼuliyatini yanada oshirishi shubhasizdir.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda 13.08.2026 Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda 10.08.2026 Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi 10.08.2026 Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar 06.08.2026 Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda 06.08.2026 Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi 05.08.2026 Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi 05.08.2026 Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda 05.08.2026 “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi 04.08.2026 Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi 04.08.2026 Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida 01.08.2026 Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi 01.08.2026 Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi 30.07.2026 Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda 30.07.2026 Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi 30.07.2026 Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 29.07.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 29.07.2026 Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019