16.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.08.2026, 04:16
Madaniyat 👁 101

“Yulduzlar dueli” loyihasi doirasida ilk jonli kontsert namoyish etildi

“Yulduzlar dueli” loyihasi doirasida ilk jonli kontsert namoyish etildi

Sanʼat va madaniyat har bir jamiyatning maʼnaviy qiyofasini belgilab beruvchi, insonlar qalbiga ezgulik va goʻzallik urugʻlarini qadovchi beqiyos kuchdir. Ayniqsa, bugungi shiddat bilan rivojlanayotgan davrda aholi, xususan, navqiron avlodning boʻsh vaqtini mazmunli tashkil etish, ularni sanʼatning sehrli olamiga oshno qilish har qachongidan ham muhim ahamiyat kasb etmoqda.

Joriy yilning 7-iyul kuni Amudaryo tumanida ham ana shunday ezgu maqsadlarni oʻzida mujassam etgan madaniy tadbir boʻlib oʻtdi. Choykoʻl ovuli hududida joylashgan Amudaryo tumani Madaniyat boʻlimi tasarrufidagi 36-sonli Amudaryo madaniyat markazi ushbu loyihaga mezbonlik qildi. Bu yerda aholini madaniyat maskanlariga keng jalb etish, ularning madaniy hordiq chiqarishlari uchun munosib shart-sharoitlar yaratish hamda yoshlarning boʻsh vaqtini unumli va mazmunli tashkil etish maqsadida “Yulduzlar dueli” nomli yangi, oʻzgacha formatdagi loyiha doirasidagi ilk jonli ijrodagi kontsert dasturi namoyish etildi.

Kontsert dasturi chinakam bayramona kayfiyat va unutilmas lahzalarga boy boʻldi. Sahnada oʻzlarining betakror ovozi va oʻziga xos ijro yoʻliga ega boʻlgan yosh isteʼdodli xonandalar — Gʻayratjon Yangiboyev hamda Sardorbek Masharipovlar chiqish qildi. Ularning har bir kuy va qoʻshigʻi faqatgina jonli ijroda yangragani tomoshabinlar qalbiga yanada tezroq yetib borishini taʼminladi.

Muxlislarning olqishlari va nigohlaridagi quvonch bu ikki ijodkor tomonidan taqdim etilgan repertuarning naqadar muvaffaqiyatli tanlanganidan dalolat berdi. Jonli musiqa sehri va diltortar qoʻshiqlar yigʻilganlarga cheksiz zavq, unutilmas taassurot va yuqori kayfiyat ulashdi.

Albatta, bunday yuqori saviyadagi tadbirlarning ortida katta mehnat, tinimsiz izlanish va yangilikka intilish yotadi. Mazkur kontsert dasturi ham 36-sonli Amudaryo madaniyat markazining yangi tayinlangan, fidoyi va tashabbuskor rahbari Qudrat Matsafoyevning gʻoyasi va saʼy-harakatlari bilan hayotga tatbiq etildi. Uning madaniyat sohasini rivojlantirish yoʻlidagi bu ilk qadami yigʻilganlar tomonidan iliq kutib olindi.

Tadbirda Amudaryo tumani Madaniyat boʻlimi mudiri, “Vatan fidoyisi” koʻkrak nishoni sohibi Murod Ibragimov hamda Qoraqalpogʻiston xalq taʼlimi aʼlochisi, Qoraqalpogʻistonda xizmat koʻrsatgan madaniyat xodimi Yoʻldosh Abdalovlar soʻzga chiqishdi. Ular oʻz soʻzlarida bugungi kunda mamlakatimizda madaniyat va sanʼat sohasiga qaratilayotgan ulkan eʼtibor haqida toʻxtalib, sahnada oʻz sanʼatini namoyish etgan ijodkorlarga kelgusi faoliyatlarida ulkan zafarlar, bitmas-tuganmas ilhom va ijodiy yutuqlar tiladilar.

Shu bilan birga, soʻzga chiqqanlar 36-sonli Amudaryo madaniyat markazi rahbari Qudrat Matsafoyevning tashkilotchilik qobiliyati va tashabbuskorligini alohida eʼtirof etib oʻtdilar. Madaniyat markazining ahil jamoasiga kelgusidagi ishlarida ulkan muvaffaqiyatlar hamroh boʻlishini, oldinda turgan yangidan-yangi loyihalarni amalga oshirishda omad yor boʻlishini tilashdi.

Tomoshabinlar tomonidan katta qiziqish bilan kutib olingan “Yulduzlar dueli” loyihasi shunchaki bir martalik tadbir boʻlib qolmaydi. Kelgusida bu loyiha yanada keng koʻlamda, izchil ravishda davom ettirilishi rejalashtirilmoqda. Bundan koʻzlangan asosiy maqsad esa bitta — aholining, ayniqsa kelajagimiz egalari boʻlgan yoshlarning madaniy hordiq chiqarishini taʼminlash, isteʼdodli va elga tanilgan sanʼatkorlar ijodini xalq orasida yanada kengroq targʻib etish, shuningdek, tumanning madaniy hayotini bundan-da jonlantirib, odamlar qalbiga bayramona shukuh olib kirishdir.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda 13.08.2026 Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda 10.08.2026 Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi 10.08.2026 Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar 06.08.2026 Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda 06.08.2026 Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi 05.08.2026 Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi 05.08.2026 Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda 05.08.2026 “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi 04.08.2026 Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi 04.08.2026 Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida 01.08.2026 Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi 01.08.2026 Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi 30.07.2026 Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda 30.07.2026 Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi 30.07.2026 Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 29.07.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 29.07.2026 Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019