16.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.08.2026, 03:02
Jamiyat 👁 278

Ichimlik suvi va oqova suv tarmoqlaridagi holat qatʼiy nazoratda

Ichimlik suvi va oqova suv tarmoqlaridagi holat qatʼiy nazoratda

Suv – hayot manbai. Uning beqiyos qadri va ijtimoiy ahamiyati ayniqsa, ekologik vaziyat oʻziga xos boʻlgan Orolboʻyi mintaqasida yanada yaqqolroq namoyon boʻladi. Shu boisdan ham, aholini toza ichimlik suvi bilan uzluksiz taʼminlash, oqova suv tarmoqlarining sifatli va barqaror ishlashini nazorat qilish bugungi kunning eng dolzarb vazifalaridan sanaladi.

Qoraqalpogʻiston Respublikasi qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi sohasida nazorat qilish inspektsiyasi tomonidan ichimlik suvi hamda oqova suv sohasida xizmatlar koʻrsatish sifatini oshirish, tizimdagi mavjud muammolarni bartaraf etish boʻyicha keng koʻlamli, maqsadli ishlar amalga oshirilmoqda.

Inspektsiya hamda Oʻzbekiston mahallalar uyushmasi oʻrtasida tasdiqlangan maxsus memorandumga asosan, joriy yilning birinchi yarmi davomida respublika boʻylab jami 119 ta ovul va mahallalarda oʻrganishlar va monitoring tadbirlari oʻtkazildi. Ushbu oʻrganish ishlari davomida 17 ta mahalla hududida ichimlik suvi taʼminoti hamda oqova suv xizmatlarini koʻrsatishda turli xil kamchiliklar va muammolar borligi aniqlandi. Holat yuzasidan zudlik bilan tegishli amaliy choralar koʻrilib, “Qoraqalpoq suv taʼminoti” aktsiyadorlik jamiyatiga mazkur kamchiliklarni tezkorlik bilan bartaraf qilish boʻyicha qatʼiy koʻrsatmalar berildi. Natijada aniqlangan tizimli muammolarning qariyb barchasi shu joyning oʻzida ijobiy hal etilishiga erishildi.

Bu kabi nazorat va aholi bilan ishlash tadbirlari shu kunlarda ham izchil davom ettirilmoqda. Xususan, Inspektsiya mutaxassislari Amudaryo tumanida ham xizmat safarida boʻlib, Mangʻit shahrida joylashgan Gulzor va Farovon mahalla fuqarolar yigʻinlari binolarida aholi va masʼullar ishtirokida uchrashuv oʻtkazdilar.

Tadbir davomida mahallalar maʼmuriyatiga birinchi galda aholini toza ichimlik suvi bilan taʼminlash sifati ustida qatʼiy jamoatchilik nazoratini oʻrnatish kerakligi batafsil tushuntirildi. Shuningdek, amaldagi qonunchilik normalariga soʻzsiz rioya qilish, suvni isrof qilmasdan, tejamkorlik bilan foydalanish, suv va kanalizatsiya tarmoqlariga oʻzboshimchalik bilan ulanish holatlarining oldini olish, eng asosiysi, koʻrsatilgan kommunal xizmatlar uchun toʻlovlarning oʻz vaqtida amalga oshirishni taʼminlash borasida hamkorlikda ish olib borish zarurligi alohida taʼkidlab oʻtildi. Shu bilan birga, aholining huquqiy va ekologik madaniyatini oshirish maqsadida keng qamrovli targʻibot ishlarini yanada kuchaytirish lozimligi qayd etildi.

Muloqotlar davomida yana bir muhim masalaga alohida eʼtibor qaratildi. Ichimlik hamda oqova suv inshootlari va tarmoqlarda yuzaga kelishi mumkin boʻlgan turli avariyalar boʻyicha taʼminotchilarni zudlik bilan ogohlantirish, shuningdek, rejali oʻchirishlar va texnik taʼmirlash ishlari olib boriladigan vaqtlarda isteʼmolchilarni oldindan xabardor qilishning muhim ahamiyati haqida mahallalar masʼullariga tegishli maʼlumotlar berildi. Zero, aholining oldindan ogohlantirilishi turli tushunmovchiliklarning oldini oladi va ularga oʻz vaqtida zarur suv zaxirasini shakllantirib olish imkonini beradi.

Aytish joizki, joriy yil boshidan buyon inspektsiya tomonidan Qoraqalpogʻiston Respublikasi boʻyicha jami 17 ta avariya holati aniqlangan boʻlib, shundan ichimlik suv tarmoqlarida 16 ta va oqova suv tarmoqlarida 1 ta holat qayd etilgan. Bunday noxush vaziyatlarni zudlik bilan bartaraf etishga qaratilgan aniq koʻrsatmalar kiritilib, belgilangan tartibda va oʻz vaqtida taʼmirlash, tiklash hamda bartaraf etish choralari koʻrilgan.

Suv taʼminoti tizimining uzluksiz ishlashini taʼminlash nafaqat soha xodimlari, balki barchamizning doimiy eʼtiborimizda boʻlishi lozim boʻlgan umummilliy masaladir. Isteʼmolchilarga sifatli xizmat koʻrsatilishi va suvdan oqilona, tejamkorlik bilan foydalanilishi esa yurtimiz farovonligi hamda ekologik barqarorlikning kafolatidir.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda 13.08.2026 Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda 10.08.2026 Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi 10.08.2026 Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar 06.08.2026 Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda 06.08.2026 Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi 05.08.2026 Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi 05.08.2026 Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda 05.08.2026 “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi 04.08.2026 Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi 04.08.2026 Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida 01.08.2026 Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi 01.08.2026 Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi 30.07.2026 Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda 30.07.2026 Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi 30.07.2026 Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 29.07.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 29.07.2026 Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019