16.10.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.10.2026, 03:38
Siyosat 👁 509

Cayyor qabulda aholi muammolari oʻrganildi

Cayyor qabulda aholi muammolari oʻrganildi

Xalq bilan muloqot qilish, aholini qiynab kelayotgan muammolarni joyida oʻrganib, ularga oʻz vaqtida yechim topish bugungi kunning eng ustuvor vazifalaridan biriga aylangan. Davlat va xalq oʻrtasidagi oʻzaro ishonchni mustahkamlash, fuqarolarning kundalik turmush farovonligini oshirish maqsadida joylarda muntazam ravishda uchrashuvlar tashkil etib kelinmoqda.

Amudaryo tumani hokimligi tomonidan Tor yop mahalla fuqarolar yigʻinida aholi va tadbirkorlar ishtirokida oʻtkazilgan navbatdagi sayyor qabulning asosiy maqsadi ham hududdagi tadbirkorlarning eng dolzarb muammolarini oʻrganish, aholi murojaatlari bilan ishlash tizimini tahlil qilish yuzasidan olib borilayotgan ishlar koʻlamini kengaytirishdan iborat boʻldi. Sayyor qabul davomida tuman hokimi Tor yop mahallasidagi fuqarolar bilan bevosita yuzma-yuz uchrashib, ularning dardu tashvishlarini, taklif va mulohazalarini tingladi.

Ochiq va konstruktiv ruhda oʻtgan muloqot jarayonida jami 9 nafar jismoniy shaxs tomonidan 13 ta turli mazmundagi murojaatlar kelib tushdi. Aholi tomonidan koʻtarilgan masalalarning aksariyati kundalik turmush sharoitini yaxshilash, hudud infratuzilmasini rivojlantirish va ijtimoiy sohalarni qoʻllab-quvvatlashga qaratilgan boʻlib, ularning barchasi hokimlik tomonidan alohida nazoratga olindi.

Kelib tushgan murojaatlarni sohalar kesimida umumlashtiradigan boʻlsak, infratuzilma yoʻnalishida ichki koʻcha yoʻllarini tekislash uchun maxsus texnika ajratish hamda taʼmirtalab yoʻllarga tosh yotqizishda amaliy yordam koʻrsatish masalalari oʻrtaga tashlandi. Elektr energiyasi taʼminotidagi kamchiliklar, xususan, tarmoqdagi kuchlanishning pastligi hamda xavfsizlik talablariga javob bermay qolgan eski simyogʻochlarni yangisiga almashtirish zarurati aholini eng koʻp qiynayotgan muammolardan biri ekanligi maʼlum boʻldi. Shuningdek, ijtimoiy soha va qishloq xoʻjaligi yoʻnalishida hududdagi qishloq vrachlik punkti faoliyatini qayta yoʻlga qoʻyish orqali tibbiy xizmat sifatini oshirish, aholi tomorqalarini sugʻorish uchun oqar suv yetkazib berish kabi dolzarb masalalar yuzasidan ham yordam soʻraldi. Hududning ekologik holatini yaxshilash maqsadida suv yigʻish kollektoriga noqonuniy ravishda chiqindi tashlagan shaxslarga nisbatan qatʼiy chora koʻrish masalasi ham fuqarolar tomonidan alohida taʼkidlab oʻtildi.

Sayyor qabul davomida nazoratga olingan har bir murojaat yuzasidan tuman hokimining oʻrinbosarlari, tegishli idora va tashkilotlar rahbarlariga koʻtarilgan muammolarni ijobiy va tezkor hal qilish, zarur chora-tadbirlarni belgilash yuzasidan qatʼiy topshiriqlar berildi. Xususan, mutasaddilarga kelib tushgan barcha murojaatlarning ijrosini nazoratga olib, ularni Oʻzbekiston Respublikasining “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari toʻgʻrisida”gi qonuniga muvofiq belgilangan tartibda koʻrib chiqilishini taʼminlash vazifasi yuklatildi. Mazkur muloqot yakunlariga koʻra, koʻtarilgan har bir masalaning yechimi boʻyicha amalga oshirilgan ishlar natijasi yuzasidan murojaat egalariga yozma ravishda batafsil maʼlumot taqdim etilishi aytildi.

Bu kabi ochiq muloqotlar aholi muammolarini faqatgina qogʻozda emas, balki amalda, joyiga chiqqan holda hal etishga xizmat qilib, fuqarolarning ertangi kunga boʻlgan ishonchini yanada mustahkamlaydi. Hududlarda infratuzilmani yaxshilash, obodonlashtirish ishlarini jadallashtirish va aholining turmush farovonligini yanada yaxshilash yoʻlidagi bunday amaliy qadamlar mahallalar qiyofasini tubdan oʻzgartirishga hamda yurtdoshlarimizning hayotdan rozi boʻlib yashashiga zamin yaratadi.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda ▶ Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda 13.10.2026 Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi ▶ Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi 13.10.2026 Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi ▶ Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi 12.10.2026 Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda ▶ Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda 12.10.2026 YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI ▶ YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI 12.10.2026 YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM ▶ YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM 12.10.2026 Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar ▶ Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar 05.10.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 05.10.2026 Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi 02.10.2026 Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar ▶ Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar 01.10.2026 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026