16.10.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.10.2026, 03:37
Qishloq xoʻjaligi 👁 2,720

Amudaryo tumanida paxta yigʻim-terimiga tayyorgarlik yakuniy bosqichga kirdi

Mamlakatimiz qishloq xoʻjaligida eng muhim va masʼuliyatli palla – kuzgi yigʻim-terim mavsumi yaqinlashmoqda. Amudaryo tumanida ham joriy yilgi paxta hosilini nest-nobud qilmasdan, uyushqoqlik bilan yigʻib-terib olish maqsadida qizgʻin hozirlik koʻrilmoqda. Jarayonlarning har bir bosqichi Agroinspektsiyaning tuman boʻlimi tomonidan qatʼiy nazoratga olingan boʻlib, asosiy eʼtibor texnikalarning shayligi va paxta qabul qilish maskanlarining tayyorgarligiga qaratilmoqda.

Xususan, tumandagi 337 ta fermer xoʻjaligi va qishloq xoʻjaligi korxonalari ixtiyorida boʻlgan jami 748 ta traktor tirkamasi tumandagi 5 ta paxta qabul qilish maskaniga yigʻildi. Ushbu texnikalar yordamida terilgan paxta xomashyosini maskanlarga betalofat yetkazish maqsadida tirkamalar ustiga yopiladigan brezentlarning sifati va ularning yongʻinga qarshi uskunalar bilan jihozlanganlik darajasi toʻliq oʻrganib chiqildi va aniqlangan kamchiliklarni joyida bartaraf etish choralari koʻrildi.

Sohani mexanizatsiyalash darajasini oshirish maqsadida 2024-2025-yillarda jami 12 ta zamonaviy paxta terish mashinasi keltirilgan boʻlib, joriy yilda ham qoʻshimcha 12 ta shunday texnikalar olib kelindi. Bugungi kunda barcha paxta terish mashinalari mavsumga toʻliq shay holatga keltirilgan. Bundan tashqari, kelgusi 2027-yil hosili uchun gʻalla ekishga moʻljallangan 14 ta zamonaviy don ekish seyalkasiga ham zarur servis xizmatlari koʻrsatilib, taxt qilib qoʻyildi.

Hosilni yetishtirishda agrotexnik tadbirlarni oʻz vaqtida va sifatli amalga oshirish naqadar muhim boʻlsa, uni yigʻib olishga tayyorgarlik koʻrish ham shunchalik dolzarbdir. Shu maqsadda, “Etefon” preparati sepilgan maydonlarda monitoring ishlari olib borilib, gʻoʻzaning rivojlanishi va koʻsaklarning ochilish jarayoni oʻrganilmoqda. Masalan, Zarbdor massivi hududidagi “Murodboy Gulora” fermer xoʻjaligining gʻoʻza maydonlarida ushbu preparatning belgilangan meʼyor va muddatlarda qoʻllanilishi nazorat qilindi. Xoʻjalik masʼullariga tegishli tavsiya va koʻrsatmalar berilib, barcha agrotexnik tadbirlarning samaradorligiga alohida eʼtibor qaratilyapti.

Joriy yilda tuman boʻyicha 4 ta subʼekt – 1 ta klaster, 2 ta kooperatsiya va 1 ta urugʻlik yetishtiruvchi xoʻjalikka qarashli qabul maskanlariga 64 ming 175 tonna paxta xom ashyosi qabul qilinishi rejalashtirilmoqda. Ushbu subʼektlarga sifat koʻrsatkichlarini aniqlash, oʻlchash, joylashtirish va saqlash jarayonlarini toʻgʻri tashkil etish boʻyicha aniq vazifalar yuklatilgan.

Maskanlarda qabul maydonlari, saqlash joylari, tarozilar, laboratoriya va texnologik uskunalar, elektr taʼminoti hamda yongʻin xavfsizligi vositalarining holati chuqur oʻrganilmoqda. Jumladan, “Amudaryo Kelajagi” ishlab chiqarish kooperatsiyasi 2026-yilgi mavsumda 1275 tonna paxta qabul qilishni reja qilgan boʻlib, hozirda maskan hududini obodonlashtirish, texnika va jihozlarni ishchi holatga keltirish ishlari qizgʻin davom etmoqda.

Xulosa qilib aytganda, paxta qabul qilish maskanlarini mavsum boshlanishiga qadar toʻliq tayyor holatga keltirish hamda belgilangan talablarga qatʼiy rioya etilishini taʼminlash Inspektsiyaning doimiy nazoratidadir. Oʻz vaqtida koʻrilayotgan bunday tizimli chora-tadbirlar yetishtirilgan hosilni sifatli va nest-nobud qilmasdan yigʻib-terib olish hamda yuqori hosildorlikni taʼminlash uchun mustahkam zamin yaratadi.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda ▶ Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda 13.10.2026 Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi ▶ Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi 13.10.2026 Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi ▶ Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi 12.10.2026 Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda ▶ Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda 12.10.2026 YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI ▶ YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI 12.10.2026 YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM ▶ YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM 12.10.2026 Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar ▶ Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar 05.10.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 05.10.2026 Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi 02.10.2026 Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar ▶ Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar 01.10.2026 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026