16.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.08.2026, 08:24
Iqtisodiyot 👁 3,253

TADBIRKORLIK FAOLIYaTI QONUN HIMOYaSIDA

TADBIRKORLIK FAOLIYaTI QONUN HIMOYaSIDA

Amudaryo tuman prokuraturasi tomonidan tumanda tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirish, tadbirkorlikni har tomonlama qoʻllab-quvvatlash va ularning huquqiy himoyasini taʼminlashga qaratilgan qonunchilik ijrosi ustidan doimiy prokuror nazoratini taʼminlash borasida muayyan ishlar amalga oshirilmoqda.

Xususan, birgina joriy yilning oʻtgan davri mobaynida tadbirkorlarning huquqiy himoyasini tezkor tashkil etish maqsadida tuman prokuraturasida tashkil etilgan «007» va «515-34-08» raqamli ishonch telefoniga 3 ta tadbirkorlik subʼektlaridan murojaatlar kelib tushdi.

Jumladan, joriy yilning 23-yanvar kuni tumanning «Boʻz yop» ovulida faoliyat koʻrsatayotgan paxtachilik va gʻallachilikka ixtisoslashgan «Aminboy Inomjon» nomli fermer xoʻjaligi rahbari A.Ibragimov tuman prokuraturasining «007» raqamli ishonch telefoniga murojaat qilib, tumandagi «Yulduz» OTHJdan fermer xoʻjaligining 2012-yil hosili uchun yetishtirgan paxtasidan qolgan 14 mln. 350 ming soʻmlik haqini undirib berish va ushbu pul mablagʻini lizing asosida texnika sotib olish uchun Lizing kompaniyasiga oʻtkazib berishda amaliy yordam berishni soʻragan murojaatini koʻrib chiqish natijasida, joriy yilning 28-yanvar kuni fermer xoʻjaligi tegishli pul mablagʻlari  «Yulduz» OTHJdan undirilib, ushbu pul mablagʻi ALK «Oʻzqishloqxoʻjalikmashlizing» kompaniyasiga oʻtkazilishi taʼminlanib, fermer xoʻjaligiga amaliy yordam koʻrsatildi.

Bundan tashqari, tumandagi «Koʻyuk koʻpir» ovulida yashovchi yakka tadbirkor va hozirda tumandagi Maishiy xizmat koʻrsatish kollejining 3 bosqich talabasi Tilovbayeva Navbahor Soatboy qizi qungʻiroq qilib, u oʻz murojaatida «Uy hayvonlariga qarash» faoliyati bilan shugʻullanish uchun, yaʼni chorva mollarini olish maqsadida 1.800 ming soʻm kredit mablagʻlarini soʻrab 2012-yilning sentyabr oyida tumandagi Mikrokredit bank filialiga xujjatlarini topshirganligini, lekin shu kunga qadar murojaatiga javob olmaganligini hamda ushbu faoliyat turi bilan shugʻullanish uchun kredit olib berishda yordam soʻragan murojaati atroflicha oʻrganib chiqilib, natijasiga koʻra kredit olib berilishi taʼminlandi hamda tadbirkor qizimizning murojaatini oʻz vaqtida koʻrib chiqmasdan, sansanorlikka yoʻl qoʻygan bankning javobgar shaxslariga nisbatan intizomiy choralar koʻrildi. 

Shu bilan birga, Amudaryo tuman prokuraturasi tomonidan tumandagi Nazarxon ovuli hududida joylashgan «Berdaq Energoservis» XKga qarashli ustaxonada oʻtkazilgan tekshirish natijasida 2 mln. 400 ming soʻm jarimaga tortilgan dalolatnomaning qonuniyligi oʻrganilib chiqilganda, dalolatnoma asosiy isteʼmolchi Berdaq MMTPga nisbatan rasmiylashtrilishi lozimligi aniqlanib, tuman elektr tarmoqlari korxonasi farmoyishi bekor qilinib, noqonuniy ravishda dalolatnoma tuzgan tuman elektr tarmoqlari filiali hodimlariga nisbatan intizomiy chora koʻrilib, tadbirkorning qonuniy huquqlari tiklanishiga erishildi.  

Shuningdek, tuman prokurorining boshchiligida kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni jadal rivojlantirish, ragʻbatlantirish va qoʻllab-quvvatlashga qaratilgan qonunlar, Prezident farmonlari va qarorlari, Hukumat qarorlari ijrosi yuzasidan tumandagi tadbirkorlik subʼektlari va fermer xoʻjaliklari vakillari ishtirokida har oyda 2 marotaba uchrashuvlar tashkil qilingan boʻlib, u yerda tuman prokuraturasi tomonidan bu borada amalga oshirilayotgan ishlar, amaliy yordamlar, Hukumatimiz tomonidan yaratilayotgan qulayliklar, tadbirkorlarimiz faoliyatidagi muammolar hamda ularni qiziqtirayotgan masalalar koʻrib chiqilmoqda.   

Tuman prokuraturasi tomonidan tumanda tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirish, tadbirkorlikni har tomonlama qoʻllab-quvvatlash va ularning huquqiy himoyasini taʼminlashga qaratilgan ishlar davom ettirilmoqda.


R.XALMURATOV,

tuman prokurorining katta yordamchisi, 3-darajali huquqshunos.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda 13.08.2026 Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda 10.08.2026 Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi 10.08.2026 Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar 06.08.2026 Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda 06.08.2026 Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi 05.08.2026 Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi 05.08.2026 Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda 05.08.2026 “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi 04.08.2026 Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi 04.08.2026 Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida 01.08.2026 Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi 01.08.2026 Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi 30.07.2026 Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda 30.07.2026 Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi 30.07.2026 Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 29.07.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 29.07.2026 Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019