16.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.08.2026, 04:15
Jamiyat 👁 3,718

TAShRIFINGDAN AYLANAY, NAVROʻZ!

TAShRIFINGDAN AYLANAY, NAVROʻZ!

18-mart kuni tongda quyosh Qoratogʻ choʻqqilari uzra qip-qizil shuʼlalarini sochib, yerdan ohista bosh koʻtardi. Ertalabdanoq tomoshaga oshiqqan bolajonlarni, keksa-yu yoshni iliq  nurlari ila siyladi.

- Eh-he-hey! Hamma Navroʻz  bayramiga! Bu chorlov na-faqat koʻhna Mangʻitda, balki tumanimizning olis-olis qishloqlarida ham aks-sado berdi. Shundandir balki "Mangʻit” bolalar sport majmuasi ertalabdanoq odamlar bilan gavjum boʻldi.


Bayramlarga alohida tadorik  koʻrish xalqimizning qon-qoniga singib ketgan odatlaridan. Kun va tun tengligi, Navroʻzni ham tumanimiz mehnatkashlari, butun yoshu qarisi qizgʻin tayyorgarliklar bilan qarshi olishdi. Oʻyingoh kiraverishi oldidagi ulkan sahnda  tumanimizda faoliyat yuritayotgan ovul fuqarolar yigʻinlari, fermer xoʻjaliklariga xizmat koʻrsatuvchi muqobil mashina-traktor parklari, Mangʻit shahridagi umumtaʼlim maktablari jamoalari alohida-alohida cherdak qurishib, bahoriy dasturxon bezashgan.

 

Ayniqsa, fermerlarning oʻtgan yilgi yetishtirgan mahsulotlari, mevalar, poliz ekinlari va sabzavotlari koʻrgazmasining tomoshabinlari koʻp boʻldi. Dehqonchilik – zahmat, degani. Biroq oʻz halol mehnating samarasidan elga rizq ulashsang, oilangni ham, yurtdoshlaringni ham toʻydirsang, bu mehnat sururlidir.

Ha, dehqonning yil boʻyi qilgan mehnati charchogʻi qoʻliga  ekinining ilk hosilini olgan chogʻlaridayoq unut boʻlib ketadi. Bugungiday sayllarda, tomoshalarda xalqimizning eʼtibori, eʼtirofi kuchiga kuch  qoʻshadi.

Tuman hokimi, hokim oʻrinbosarlari, korxona, tashkilotlar rahbarlari, respublika rahbariyatidan  bayram tomoshasiga tashrif buyurgan vakillarning koʻrgazmani tomosha qilgani, mehnatlariga yuksak baho bergani ularning koʻnglini togʻday koʻtardi. Yanada ezgu ishlarga chorladi.

 

Koʻrgazmani qishloq xoʻjalik mahsulotlarininggina emas, Navroʻz dasturxonidan tashqari xalqimizning urf-odatlari, anʼanalari namoyishi deb atash ham mumkin edi. Qoʻbiz, surnay chalib, oʻzlari yasagan turli buyum, asboblarni koʻz-koʻz qilayotgan yurtdoshlarimizning  mehnati ham koʻpchilikning eʼtiborini tortdi.

Bayramona bezatilgan Mangʻit bolalar sport majmuasi tashrif buyuruvchilarga bahoriy zavq bagʻishladi. Koʻklamga, yashillikka, gullarga intiq dillar muddosi ushaladi goʻyo. Oppoq-oppoq oʻrik gullari goʻyo oq kapalakday, uchib ketmoqqa shaylanganday. Navroʻzni, koʻklamni madh etuvchi musiqa, raqslar ijro etilmoqda.

Minbarga koʻtarilgan tumanimiz hokimi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi deputati, iqtisod fanlari nomzodi Rajabboy Yoʻldoshev tomoshagohga yigʻilganlarni, ular orqali tumanimizning butun xalqini Navroʻz bayrami bilan qizgʻin qutladi. Xalqimizning asrlar osha avloddan-avlodga oʻtib kelayotgan asl milliy bayrami – Navroʻzi olam istiqlol yillarida ayniqsa mazmunan boyib, tobora jozibador boʻlib borayotganini alohida taʼkidladi. Bunyodkor va mehnatkash xalqimizning "Obod turmush yili”dagi har bir kuni bayramdek oʻtishini tiladi.

 

Tomoshagohda tun zulmati chekinib, tong otishini ifodalovchi kuy yangradi. Sahnaga oppoq liboslardagi yosh raqqosalar goʻyo uchib kelishayapti. Bu manzara xuddi Navroʻz oqcha qori yogʻayotganga mengzaydi. Hademay sahnani ramziy qor qopladi. Bir nafaslik sukutdan soʻng goʻyo koʻklam boshlandi: ramziy "qor” ichidan bahor chechaklari unib chiqdi. Bahor valsi yangradi, ariqda jildirab oqayotgan suv sasi qushlar sayrogʻiga qoʻshilib ketdi. Jarchilar ovozi hammani tomoshagohga chorlaydi.

Bor-ho, kel-ho,

Navroʻzim-ho,

Rizq-roʻzim, ho.

Tezda yetib kel,

Oʻynagani kel,

Quvnagani kel,

Kuylagani kel,

Rizq-roʻzimga kel,,

Tezda yetib kel,

Boshlansin zoʻr tomosha,

Ho-ho-ho!

Sahna uzra saf tortgan bayram tomoshasi ishtirokchilari qoʻllaridagi rang-barang sharlarni osmonga uchirdi. Son-sanoqsiz rangdagi, turli shakldagi sharlar bahor epkinida samolarga parvoz qildi. Yuraklar entikdi. Maydon uzra shoʻx-shodon qiyqiriqlar avjiga chiqdi.

Sahnada "Uchqun” ashula  va raqs xalq ansambli qatnashchilarining qoʻshigʻi yangradi.

 

Bahorning fayzi boʻlakcha. Yerga ketmon urib, ekin tashvishiga tushgan Dehqonbobo, bugʻdoy maysasini kelida tuyib, sumalak qaynatayotgan momolar, biri velosiped haydab, biri varrak uchirib yayrab oʻynayotgan bolajonlar ham shunchalar koʻngilga yaqin, shunchalar aziz. Sahnada ijro etilayotgan dorboz oʻyiniga qoʻshiq, raqslarga juda-juda hamohang. 83-sonli, 4-sonli, 1-sonli, 5-sonli bolalar bogʻchalari tarbiyalanuvchilarining ijro etgan qoʻshiq, raqslari katta-yu kichikka zavq bagʻishladi. Umrboqiy qadriyatlarimiz timsoli Navroʻz bayrami ruhini koʻngillarga yanada teranroq joyladi. Bolalarga xos xalq oʻyinlari ijrosi qarsaklar bilan olqishlandi.

Oʻzbekiston chamanzor yurt, bagʻri keng diyor,

Sayyoralar oshuftadir samolariga.

Har goʻshasin oʻz sanʼati, taronasi bor,

Dunyolar ham joʻr boʻladi navolariga.

Ha, darhaqiqat shunday. Bayram tomoshasidagi har bir kuy, qoʻshiq, laparlar, yallalar, aytishuvlar buning yaqqol isboti.

Navroʻz bayrami tomoshasiga yigʻilganlarning "Ofarin” folklor-etnografik jamoasi aʼzolarining askiyalari, qiz-yigitlar aytishuvidan, qoʻshiq-raqslaridan, Navroʻz bayramiga bogʻliq qadimiy odatlarimizning ijrosidan zavqlanmagani qolmadi. Tomoshani qizdirgan "Choʻgirma raqsi”, "Chagʻallo” kabi milliy oʻyinlarimizni ijro etgan yigitlarning har bir harakatini tomoshabinlar qarsaklar bilan olqishlab turdi.

Tuman madaniyat va sport ishlari boʻlimi tomonidan Navroʻz bayramiga bagʻishlab tayyorlangan ulkan teatrlashtirilgan bayram tomoshasi namoyishidan keyin davrada tumanimizning iqtidorli polvonlari bel olishdi. Qoʻchqor, xoʻroz urushtirish kabi koʻngilochar tomoshalar anchagacha davom etdi.

 

Sharqona yangi yil tantanasi dillarga surur, koʻzlarga nur bagʻishladi, vujudlar tozardi. Koʻngillarda yosharish, yashnatish, yaratish ishtiyoqi joʻsh urdi. Bular bari sen tufayli, Navroʻz! Elimga xush kelding, qadimiy bayram! Tashrifingdan oʻrgilay, qadaming elimga qutlugʻ kelsin, Navroʻz!

Oygul RAJABOVA,

"Taraqqiyot koʻzgusi" gazetasi   muxbiri.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda 13.08.2026 Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda 10.08.2026 Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi 10.08.2026 Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar 06.08.2026 Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda 06.08.2026 Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi 05.08.2026 Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi 05.08.2026 Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda 05.08.2026 “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi 04.08.2026 Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi 04.08.2026 Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida 01.08.2026 Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi 01.08.2026 Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi 30.07.2026 Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda 30.07.2026 Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi 30.07.2026 Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 29.07.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 29.07.2026 Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019