16.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.08.2026, 05:54
👁 3,149

FAROVONLIKKA HISSA

FAROVONLIKKA HISSA

 Aytishlaricha, bir kishining toʻrt oʻgʻli bor ekan. Oʻsha odam oʻgʻillari koʻmagida har kuni oʻrmondan oʻtin kesib aravada bozorga olib borib sotib tirikchilik qilarkan. Bir kuni "betob” boʻlib yotib qolibdi va oʻgʻillarini yoniga chaqirib:

- Bolalarim, sizlar oʻzlaringiz oʻrmondan oʻtin chopib, bozorga sotib roʻzgʻor keragini olib kelinglar. Endi yosh bola emassizlar, ulgʻayib qoldinglar. Mening tuzalishimni kutib oʻtirmang, och qolib ketasizlar, - debdi.

- Ota, nimalar deyapsiz, bu ishni eplolmasak, yo aravamiz buzilib qolsa, yo oʻtinimizga xaridor chiqmasa, holimiz ne kechadi? - deb eʼtiroz bildirishibdi oʻgʻillar.

- Sizlar xotirjam boraveringlar, hammasini zarurat oʻrgatadi, - debdi ota bamaylixotir.

Bundan taskin olgan oʻgʻillar oʻrmonga joʻnashibdi. Aravani oʻtinga toʻldirib endi bozorning yoʻliga chiqishganida aravaning bir gʻildiragi oʻz oʻqidan chiqib ketib, arava agʻdarilib qolibdi. Shunda toʻrtala oʻgʻil navbatma-navbat:

- Zarurat! Aravamizni tuzatib ber, - deb qichqirishibdi.

Endi kelib qolar-ov deb kutib oʻtirishibdi. Hech kimdan darak boʻlmagach, chaqirganimizni eshitmadi shekilli, deb aka-ukalar baravar joʻr boʻlib chaqirishibdi.

Bu orada kun yarmidan ogʻib, peshinga yaqinlashibdi. Shunda oʻgʻillarning kattasi ukalariga:

- Inilarim, zarurat aftidan olisroq joyga ketgan koʻrinadi. Qancha chaqirsak ham kelmayapti. Agar uning kelishini kutsak, bozorga kechikamiz va yeguliksiz qolamiz. Kelinglar, yaxshisi oʻzimiz tuzatishga harakat qilib koʻraylik.

Shunday deb aka yengini shimarib ishga tushibdi. Inilari qoʻllaridan kelganicha koʻmakdosh boʻlibdi. Hademay arava gʻildiragi oʻz oʻqiga joylanib yoʻlga tushibdi. Oʻgʻillar chopgan oʻtinini bir amallab sotib, zim-ziyo tunda zoʻrgʻa horib-tolib uyiga kirib kelishibdi va boʻlgan voqealarni otasiga birma-bir aytib berishibdi.

 - Biz qancha chaqirsak ham siz aytgan zarurat kelib oʻrgatmadi, sozlab ham bermadi.        Chaqira-chaqira umidimizni uzib, axiyri oʻzimiz aravani sozlab oldik.

Shunda oʻzini bemorlikka solib koʻrpa-toʻshak qilib yotib olgan quv ota kula-kula:

- Bolalarim, aravangizni oʻzlaringizning sozlab olganingiz – shu zaruratning oʻrgatgani, yordam bergani. Agar oʻrmonda bu ishga zarurat tugʻilmaganida hali ham oʻrganmagan boʻlardingizlar. Zaruratni anglab, bunchalik evini qilibsizlar, barakalla oʻgʻillarim, - debdi. – Eng yomoni zarurat tugʻilganida biror tadbir koʻra olmaslik...

Shu rivoyat har gal esimga tushganida yurtimiz istiqlolning ilk yillarida boshidan kechirgan ogʻir kunlarni eslayman. Faqatgina xom ashyo yetishtiruvchi baza vazifasini oʻtagan mamlakatimiz sobiq ittifoq tarkibidan ajralib chiqqan davrlardagi ahvoli juda nochor edi. Doʻkonlarda oʻlchovlik oziq-ovqat mahsulotlarini olish uchun ikki kunlab navbatga turgan vaqtlarimiz ham boʻldi, bozorlar boʻm-boʻsh. Buning ustiga tinch hayotimizga tahdidlar... Oradan oʻtgan tarixan qisqa davrdagi erishilgan obod va farovon hayot, dasturxonlarimizdagi toʻkinlik, barcha jabhalardagi yuksak taraqqiyot, tinch-osudalik – xalqimizning bu sinovlar, mashaqqatlarni mardona yengib, yanada yuksalish sari dadil odimlayotganini koʻrsatadi. Bu - davr taqozosini zaruratni toʻgʻri anglab, toʻgʻri tadbir koʻra olganlik natijasi, desam mubolagʻa boʻlmas. Chiroyli koʻchalar, keng yoʻllar, biri-biridan fayzli hovlilar, har ikki xonadondan bittasidagi oʻzimizda ishlab chiqarilgan avtomashinalar, mamlakatimizning xalqaro maydondagi tobora oshib borayotgan obroʻ-eʼtibori shu moʻʼjaz yurtimizda      umrguzaronlik qilayotgan odamlarning aql-zakovati, fidoyi mehnati mahsulidir. Shularni oʻylaganingda yuraging faxru iftixorga toʻlib ketadi. Bu ezgu evrilishlarga hissa qoʻshayotgan odamlar haqida toʻlib-toʻlib yozging kelaveradi.

"Mangʻit ishlab chiqarish tijorat markazi” masʼuliyati cheklangan jamiyati tumanimizdagi istiqlol bergan imkoniyatlardan unumli foydalanib, yangi texnologiyalarni ishlab chiqarishga tatbiq etish tufayli ish koʻlami va sifatini oshirib, nufuzi ortib borayotgan korxonalardan sanaladi.

Bu yerda mehnat qilayotgan 35 nafar ishchining har biri oʻz ishining ustasi. Ular asosan qishloq xoʻjalik texnikalari uchun ehtiyot qismlar tayyorlab berishadi.

Elektr dvigatellarni taʼmirlash tsexi yetakchisi Xudoyor Bekchonov oʻgʻli Shuhrat va shogirdi Rustam Karimovlar koʻmagida qishloq xoʻjalik mashinalarining kuygan dvigatellariga qayta "jon” bagʻishlashadi.

Bejizga motor ulovning yuragi deyishmaydi. Texnikalarga quvvat berib turuvchi bu qism ham vaqt oʻtib eskiradi yo notoʻgʻri boshqarish tufayli ishdan chiqib qoladi.

Mazkur tsexda ana shunday dvigatellar taʼmirlanib, yaʼni kuygan simlari qayta oʻralib, ikkinchi bor texnik xizmatga qaytariladi.

Uncha katta boʻlmagan tsex toʻrida xuddi kalava ip singari sariq mis simlar gʻaltaklari bir  tekis taxlangan.

- Bu biz uchun eng kerakli ehtiyot qism, - deydi Xudoyor aka. – Uni maxsus uskuna yordamida kerakli uzunlikda oʻrab olib, motor ichidagi kuygan sim oʻrniga joylaymiz.

Xudoyor aka bu gaplarni xuddi joʻngina ishdek gapirdi. Asli ishdan chiqqan  dvigatel ichini ochib, kuygan qism simlarini yechib olishni ham oddiy odam eplashi qiyin. Oʻrgimchak toʻridan ham murakkab, goʻyo chevar toʻquvchi toʻqiganday qilib motor ichiga qayta oʻralgan simlarni koʻrgan odamning hayrati oshadi. Bu borada tumanimizda yagona usta hisoblangan Xudoyor Bekchonov yetakchiligidagi tsexga buyurtmalarning keti uzilmaydi.

Xudoyor Bekchonov bu hunarni yigit yoshida sobiq Mangʻit ip yigiruv-toʻquv fabrikasida ishlagan davrida, 1983-1998-yillar oraligʻida oʻrgandi. U dastlab shu yerda ishlaydigan Tsoy Ilya ismli koreys ustaga shogird tushdi. U kishi oʻz ishining puxta bilimdoni boʻlganidan shogirdlariga qattiqqoʻl va hunar sir-asrorlarini erinmay oʻrgatadigan odam edi. Xudoyordagi hunarga ishtiyoq va quntni sezib, unga oʻzgacha bir ixlos bilan qaradi.

Hademay Xudoyor uning ishonchini oqlab, oʻzi ham mustaqil ishlay oladigan boʻldi.

- Ikki yilcha u kishidan oʻrgangan kasbim bir umr hamrohim boʻlib qoldi. Mana endi oʻgʻlimga oʻrgatayapman, - deydi Xudoyor aka.

2001-yildan beri mazkur korxonada mehnat qilib kelayotgan Xudoyor Bekchonovga hunari nafaqat hamroh boʻldi, balki umrini bezadi. Kasbidagi halol mehnati bilan obroʻ-eʼtibor topdi, oilasida besh nafar farzandni kamolga keltirdi, oʻqitib, hunarli qilib, el xizmatiga qoʻshdi. Har gal navbatdagi buyurtmasiga qoʻl urar ekan, uni sozlab berishi tufayli qishloq xoʻjaligida qanday ishlar amalga oshirilishi mumkinligini qalban his qilib turadi, oʻz mehnati bilan tumanimiz qishloq xoʻjaligining rivojlanishiga ulkan hissa qoʻshayotganidan quvonadi. Negaki tsexda yiliga 100 donadan ziyod dvigatel taʼmirlanib, ekspluatatsiyaga joʻnatilayotgan boʻlsa, shuncha ehtiyot qismni yangidan sotib olish uchun necha yuz millionlab pul sarflangan boʻlar edi. Bularni bir hisob-kitob qilib koʻrgan odam Xudoyor Bekchonovning tumanimiz iqtisodi yuksalishida qanchalik ulushi borligini chuqur anglaydi. Aslida ham, yurtimizning kun sayin obod, farovon boʻlib borayotgani Xudoyor Bekchonov singari fidoyi insonlari mehnati tufayli emasmi? 

Oygul RAJABOVA.

Suratda: X.Bekchonov (oʻrtada) shogirdlari bilan.

M.ShOMURODOV olgan surat.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda 13.08.2026 Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda 10.08.2026 Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi 10.08.2026 Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar 06.08.2026 Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda 06.08.2026 Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi 05.08.2026 Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi 05.08.2026 Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda 05.08.2026 “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi 04.08.2026 Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi 04.08.2026 Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida 01.08.2026 Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi 01.08.2026 Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi 30.07.2026 Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda 30.07.2026 Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi 30.07.2026 Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 29.07.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 29.07.2026 Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019