16.10.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.10.2026, 06:27
Iqtisodiyot 👁 3,283

Kommunal xizmatlar toʻlovi: bebaho boyliklarimizga munosabat shumi?

Kommunal xizmatlar toʻlovi:  bebaho boyliklarimizga munosabat shumi?

Kuzning saxiy quyosh nurlari erkalaydigan issiq kunlari orqada qolib, qish yaqinlashayotganidan darak beruvchi salqin havo hukmronligi boshlanmoqda. Bunday damlarda tabiiy gaz nafaqat uyimizga, balki koʻnglimizga ham iliqlik beradi. Bundan tashqari ovqat pishirish, choy qaynatishda ham gaz uy bekalarining beminnat dastyoridir. Bugungi kunda tabiiy gazning turmushimizdagi oʻrni juda ulkan. Ana shu bebaho qulaylikdan foydalanib sarflagan gaz toʻlamlarini oʻz vaqtida toʻlaydigan, tarmoqda xizmatlar sifatining yaxshilanishiga oʻz hissasini qoʻshayotgan yurtdoshlarimiz koʻpchilik ekanligi quvonarlidir.

Agar bu taʼrif tumanimizda tabiiy gazdan foydalanayotgan barcha xonadonlarga ham tegishli boʻlganida edi, sohadagi koʻpgina muammolarga oʻrin qolmas edi. Chunki sarflagan tabiiy gazimizning haqini oʻz vaqtida, oldindan toʻlab qoʻysak, bu bizning kelgusida shu xizmatdan uzluksiz foydalanishimizga kafolat boʻlishi hammamizga ayon. Ana shu oddiy haqiqatni nazariga ilmay, qarzdorligi kun sayin oshib borayotganiga eʼtibor qilmay tabiiy gazdan foydalanayotgan yurtdoshlarimiz ham talaygina.

Joriy yil davomida "Amudaryo-tumangaz” filiali tomonidan sarflangan tabiiy gazdan debitorlik qarzlarini undirish uchun koʻpgina chora-tadbirlar koʻrildi. Eslatmalarni inobatga olmagan 2799 ta xonadon jami 720 mln. 778 ming soʻm qarzdorligi uchun tabiiy gaz tarmogʻidan ajratildi. 601 ta xonadondan jami 169 mln. 400 ming soʻm pul mablagʻi undirilib, tarmoqqa qayta ulandi.

Shu narsaga eʼtibor qaratish kerakki qarzdorlikni undirish uchun xonadonlarga kirilganida asosan uy bekalari, sohiblari hozir imkoniyati boʻlmayotganini, iloji boʻlsa, hisob-kitob qilishlarini aytadilar. Nahot tabiiy gaz har kim oʻz istagicha foydalanadigan, haqini istagan vaqtida toʻlashi mumkin boʻlgan tovar boʻlsa? Yoʻq, u xalqimiz boyligi! Undan tejab-tergab foydalanishimiz, oʻz vaqtida hisob-kitob qilib borish har birimizning fuqarolik burchimiz emasmi?

Shuni aytish kerakki, gaz tarmogʻidan ajratilgan xonadonlar tez muddatda imkon topishga erishadilar. Ular gaz tarmogʻidan ajratilgani uchun tarif kalkulyatsiyasiga asosan qirqish uchun 23 468 soʻm, qayta ulanish uchun yana shuncha mablagʻni qoʻshimcha toʻlaydilar.

Shu yilning yanvar-oktyabr oylari oraligʻida 540 mln. 211 ming soʻm qarzdorligi mavjud 988 ta xonadonlar sud va notarial idoralariga oʻtkazilib, ijroga qaratildi. Shundan 312 ta xonadondan 144 mln. 417 ming soʻmlik qarz undirildi. Sarflagan tabiiy gaz haqini oʻz vaqtida toʻlamay, qarzdorligi koʻpayib ketgani uchun tarmoqdan ajratilgan ayrim xonadonlarda tarmoqqa oʻzboshimchalik bilan ulanish hollari ham uchramoqda. Bunday shaxslarga Oʻzbekiston Respublikasi "Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisida”gi Kodeksning 101-moddasiga asosan maʼmuriy jazo choralari, agarda bir yil davomida takroran sodir etsa, Oʻzbekiston Respublikasi jinoyat kodeksining 185-moddasiga asosan jinoiy jazo qoʻllaniladi. Bundan xulosa shuki, tabiiy gazdan har bir xonadon toʻlash  imkoniyati darajasida foydalanmogʻi lozim. Afsuski Mangʻit shahrining "Navbahor” koʻchasida istiqomat qiluvchi Azimboy Jumaboyev, Ahmad Otajonov, "Oʻrta qalʼa” ovulidan  Jumaboy Jumaniyozov, Toʻliboy Davlatmurodov, Yangiboy Ollaberganov, Madiyor Xudoyberganov, Qoʻchqor Adamboyev, Chorsham Vafoyev, Ikrom Eshimbetov, "Yulduz” koʻchasida yashovchi Alisher Ollaberganov , "Xizr eli” mahallasida yashovchi Bozorboy Oʻrozboyev, "Beshtom” mahallasida yashovchi Oybek Yoʻldoshevlarning tabiiy gazdan qarzdorligi ikki million soʻmdan oshib, hatto baʼzilarining qarzdorligi toʻrt milliongacha yetganligi uchun ogohlantirilishiga qaramay, gaz sarfidan qarzlarini toʻlamaganligi uchun sud tartibida undirish uchun ijroga qaratildi. Buroʻyxat tuman miqyosida 988 ta xonadonekanliginaqadarachinarli!Axir ularning qarzi evazigaxizmat haqini oʻz vaqtida, hatto, oldindantoʻlab qoʻyayotgan fuqarolarimiz ham jabrkoʻradida.Chunki qarzdorlikning oshishi tabiiy gazyetkazibberishdauzilishlarva boshqa muammolar kelibchiqishigazamin boʻlishi barchaga ayonhaqiqat.

Kommunal xizmatlar uchuntoʻlamlarnioʻz vaqtida hisob-kitob qilib borish – mazkurxizmatlardanfoydalanuvchihar bir fuqaroning burchi. Biroq sarflagan elektr energiyasi uchun haq toʻlashni goʻyo "unutib” qoʻyadiganlar ham uchraydi oramizda. Natijada doʻrmanlik Ilhom Eshimbetovdan 112800 soʻm, Manzura Tursunovadan 107512 soʻm, qipchoqlik Davlatboy Xolimbetovdan 129450 soʻm, Rajab Mangʻitovdan 246 ming 241 soʻm, Zulfiya Rajabovadan 936674 soʻm, kuyuk koʻpirlik Ibodulla Oyimbetovdan 399650 soʻm, xolimbeglik Gulimbat Oʻrazimbetovdan 145820 soʻm, choykoʻllik Qodirbergan Jumatovdan 66845 soʻm, "Olmazor” mahallasida yashovchi Murod Ahmedovdan 96550 soʻm, "Oʻrta qalʼa” ovulidan Ikrom Eshimbetovdan 185960 soʻm elektr energiyasidan qarzdorligi uchun sud tartibida undirib olindi. Qoʻshimchasiga ular tarmoqdan uzilish va yana ulanish xarajatlarini ham toʻladilar.

Oʻz-oʻzidan koʻrinib turibdiki, toʻlov intizomiga rioya qilmaslik koʻpgina qoʻshimcha xarajatlarni, ovoragarchiliklarni keltirib chiqaradi. Bunday hollarga yoʻl qoʻymaslik, toʻlamlarni oʻz vaqtida toʻlash hammaning fuqarolik burchidir.

Shuningdek  shu yilning 8-oktyabridan kuchga kirgan Oʻzbekiston Respublikasining "Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish haqida”gi Qonuniga muvofiq  elektr va issiqlik energiyasidan maqsadsiz foydalangan, zoye ketkizgan mansabdor shaxslarga chora koʻrish tartibi joriy etildi.

Mansabdor shaxslar tomonidan mazkur qonunbuzarlik yana takrorlansa, ularga nisbatan eng kam ish haqining 15 barobaridan 30 barobarigacha jarima jazosi qoʻllaniladi.

Oygul RAJABOVA.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda ▶ Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda 13.10.2026 Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi ▶ Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi 13.10.2026 Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi ▶ Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi 12.10.2026 Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda ▶ Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda 12.10.2026 YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI ▶ YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI 12.10.2026 YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM ▶ YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM 12.10.2026 Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar ▶ Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar 05.10.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 05.10.2026 Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi 02.10.2026 Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar ▶ Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar 01.10.2026 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026