16.10.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.10.2026, 05:52
Siyosat 👁 1,969

HAR KUNINGIZ NAVROʻZ BOʻLSIN!

HAR KUNINGIZ NAVROʻZ BOʻLSIN!

Assalomu alaykum, aziz yurtdoshlar! Moʻʼtabar otaxonlar, onaxonlar, aka-ukalar, opa-singillar, kelajagimizning ishonchli vorislari boʻlmish jajji bolajonlar!

Mana qahri qattiq qish orqamizda qolib, barcha bayramlarning sarvari Navroʻzi olamni qarshi olishga chogʻlanmoqdamiz.

Yurtimizning bayramlari, tantanalari koʻp. Yaqindagina aziz onajonlarimiz, opa-singillarimiz bayrami – Xalqaro xotin-qizlar kunini nishonlagan boʻlsak, mana endi Navroʻzga peshvoz chiqayapmiz.

Hammangizga maʼlum, Navroʻz yil boshi, Yangi kun sifatida belgilanadi. Bahor kirib kelganiga yigirma kuncha vaqt oʻtsada haqiqiy koʻklam, maysalarning yerdan bosh koʻtarishi, daraxtlarning jonlanishi bizning hududimizda Navroʻzga toʻgʻri keladi. Bu sana bilan bogʻliq xalqimizning necha yuz yillik milliy anʼanalari, urf-odatlari bisyorki, ular bayram mazmuniga mazmun, tarovatiga tarovat qoʻshadi. Shu maʼnoda Navroʻz – haqiqiy milliy bayramimiz, qadriyatlarimiz boqiyligini oʻzida ifoda etuvchi, yerga nur, dilga surur bagʻishlaydigan, mehnatkash, rizqini halol mehnati bilan undiradigan, mehr-muruvvatli xalqimizning butun boʻy-bastini oʻzida yaqqol koʻrsata oladigan bayram sifatida qadrlidir. Shu kuni ota-bobolarimiz ekin maydonlariga chiqib, yer haydab urugʻ sochishgan. El katxudolari dehqonlarga ekkan urugʻlaringning biri ming boʻlsin, elning rizqi moʻl boʻlsin, deya tilak tilab fotiha berishgan, ulkan qozonlarda palov pishirilib, sumalak qaynatilgan. Yangi kun rizq-roʻz, fayz-baraka ramzi ham hisoblangan.

Asrlar osha bizgacha yetib kelgan, koʻngillarimizga bahoriy joʻshqinlik, yaratish, yashnatish zavqini baxshida etuvchi ulugʻ bayram Navroʻzi olam tantanalari yil sayin mazmunan boyib, tobora jozibador boʻlib bormoqda.

Tumanimizning barcha hududlaridagi mahallalarda, mehnat jamoalarida, umumtaʼlim va kasb-hunar taʼlimi muassasalarida Navroʻzga bagʻishlangan koʻngilochar tadbirlar, sayllar allaqachon boshlanib ketdi.

Qutlugʻ kunlarni, muhim sanalarni alohida tadorik bilan qarshilamoq ham azaliy odatlarimizdandir. Joriy yil Navroʻz bayramiga ham puxta taraddud koʻrildi. Bayram oldi umumxalq hashari oʻtkazilib, chor-atrofimiz, koʻchalar, hovlilar yanada saranjom-sarishta boʻldi, obodonlashtirildi, ezgu niyatlar bilan koʻchatlar ekildi, atrofni bezab turgan daraxtlarga shakl berildi.

Azizlar! Men ishonch bilan ayta olamanki, tumanimizning har bir fuqarosi, yurt ravnaqiga ravnaq qoʻshaman, turmushimni obod, farovon, goʻzal qilaman, degan oliy maqsad bilan yashamoqda, mehnat qilmoqda. Tumanimizning turli jabhalarida bularning isbotini yaqqol koʻrishimiz mumkin. Koʻpni koʻrgan moʻʼtabar otaxonlarimizning, onaxonlarimizning yoʻl-yoʻriqlari, duolari bizga madadkor boʻlmoqda.

Yurtimizning, xonadonlarimizning fayzi boʻlgan otaxonlar, onaxonlar! Mamlakatimizni, tumanimizni gullab-yashnagan, obod goʻshaga aylantirishdek ezgu maqsad yoʻlida birlashib, turli sohalarda mehnat qilayotgan aka-ukalar, opa-singillar! Kelajagimiz boʻlgan jajji bolajonlar!

Sizlarni asl milliy bayramimiz – Navroʻzi olam bilan qizgʻin tabriklayman. Har biringizga tani sogʻlik, xotirjamlik tilayman. Oilalaringiz doimo obodlik nuridan charogʻon boʻlsin! Har bir kuningiz Navroʻzdek suyumli, shukuhli oʻtsin.

Rajabboy YOʻLDOShEV,

 

tuman hokimi.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda ▶ Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda 13.10.2026 Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi ▶ Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi 13.10.2026 Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi ▶ Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi 12.10.2026 Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda ▶ Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda 12.10.2026 YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI ▶ YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI 12.10.2026 YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM ▶ YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM 12.10.2026 Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar ▶ Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar 05.10.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 05.10.2026 Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi 02.10.2026 Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar ▶ Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar 01.10.2026 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026