16.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.08.2026, 07:17
Salomatlik 👁 3,300

GRIPP KASALLIGIDAN SAQLANING !

GRIPP KASALLIGIDAN SAQLANING !

Gripp - oʻtkir yuqumli virusli infektsiya boʻlib, nafas olish aʼzolari shilliq qavat epiteliy hujayralarini zararlantirish va organizmda intoksikatsiya (zaharlanish) bilan kechadigan, havo-tomchi va muloqot yoʻllari bilan yuquvchi, epidemik va pandemik tarqalishlar bilan namoyon boʻladigan kasallik hisoblanadi. Gripp oʻtkir respirator virusli infektsiyalari avlodiga mansub boʻlib, kasallik chaqiruvchisi viruslar hisoblanadi. Viruslar turiga qarab gripp, paragripp, adenovirus, retrovirus, reovirus hamda respirator sinsatsial virus nomlari bilan tavsiflanadi. Bizning respublikamizda virusli infektsiyalardan hisoblangan gripp koʻproq uchraydi. Shamollash va kuchli yoʻtallar ham ana shu gripp kasalligi belgilaridir. Har qanday yuqumli kasallik yil fasllari bilan bogʻliq. Kuz, qish va bahor oylari kasallikning dinamik koʻtarilish davridir. Ushbu mavsumlarda kasallikning ortishiga havo haroratining pasayishi, oʻzgaruvchanligi sabab boʻladi. Gripp tana haroratining koʻtarilishi va yuqori nafas yoʻllarining yalligʻlanishi bilan kechadigan oʻtkir yuqumli virusli kasallik boʻlib, juda tez tarqaladi. Bemor gapirganda, yoʻtalganda, aksirganda virus havoga chiqadi va shu havodan nafas olgan sogʻlom odam ham kasallikka chalinishi mumkin. Shuningdek, bemor foydalangan dastroʻmol, sochiq, oʻyinchoq va boshqa maishiy buyumlar ham uning tarqalish manbaidir. Havo harorati oʻzgaruvchan hozirgi paytda ochiq havoda yoki derazalarni ochiq holatda qoldirib uxlash kasallikka moyillik yaratadi.

Kasallik et uvushishi, tana haroratining koʻtarilishi, boshda va mushaklarda ogʻriq paydo boʻlishi bilan boshlanadi. Keyinchalik tanglay murtaklarining qizarishi, bosh aylanishi, koʻngil aynishi, uyquning buzilishi, burun bitishi va ogʻriqli yoʻtal kuzatiladi. Grippning oddiy shamollash kasalligidan farqi shundaki, shamollashga qarshi ishlatiladigan antibiotiklar grippga taʼsir qilmaydi. Bunday paytda shifokor koʻrigi va tavsiyasi kerak boʻladi. Baʼzilar gripp kasalligiga yetarli darajada eʼtibor bermasdan, oyoqda oʻtkazadi yoki shifokor tavsiyasiga amal qilmay, har xil turdagi dori vositalari, ayniqsa, antibiotiklarni notoʻgʻri qoʻllaydi. Oqibatda virusning chidamliligi ortishiga sababchi boʻladi. Natijada oʻpka toʻqimasining yalligʻlanishi (zotiljam), miya pardasining yalligʻlanishi (meningit), oʻrta quloq toʻqimasining yalligʻlanishi (otit), burun yondosh toʻqimasining yalligʻlanishi (sinusit), buyraklarning yalligʻlanishi (nefrit, piyelonefrit) kabi ogʻir asoratlar yuzaga kelishi kuzatiladi. Shuning uchun gripp alomatlari paydo boʻlayotgan boʻlsa, shifokorlarga murojaat qilish yoki uyga chaqirib, ularning tavsiyalarini olish talab etiladi. Bu bilan biz nafaqat oʻzimizni, balki oila aʼzolarimiz va atrofdagi yaqinlarimizni ham kasallikning ogʻir asoratlaridan asragan boʻlamiz.

Gripp kasalligining mavsumiy avj olishidan avval aholi orasida emlash ishlarini oʻtkazish yaxshi natija beradi. Vaktsina grippning yuqishidan himoyalovchi samarali vosita hisoblanadi. Emlangan aholida bir-bir yarim yilgacha gripp kasalligiga qarshi immunitet paydo boʻladi va ushbu turdagi kasalliklar yuqmaydi.

Shamollash va grippdan saqlanish uchun quyidagi tavsiyalarga amal qilish foydadan xoli boʻlmasligini aytib oʻtmoqchimiz.

Epidemik jihatdan muhim boʻlgan ishlab chiqarish korxonalari, davolash-profilaktika va oʻquv-tarbiya muassasalari, kommunal-maishiy xizmat koʻrsatish obʼektlari hamda jamoat transportlarida ishlovchi xodimlar gripp epidemiyasi davrida niqob taqishlari va ularni har 3-4 soatda almashtirib turishlari zarur. Yashash xonalarini vaqti-vaqti bilan shamollatish, isiriq tutatish tavsiya etiladi. Isiriq tarkibidagi garmalin moddasi virusni neytrallash xususiyatiga ega.

Sogʻlom inson burun kavaklariga oksalin mazidan surib yursa, gripp yuqishining oldini olishda yaxshi samara beradi.

Har bir shaxs kun va ish rejimiga rioya qilishi, harakatli mashqlar, suv muolajalari bilan tanani muntazam ravishda chiniqtirishi, toʻgʻri ovqatlanish, mavsumga mos ravishda kiyinishga rioya qilishi zarur.

Meva va sabzavotlardan koʻproq isteʼmol qilib turish foydali.

Gripp bilan kasallangan bemorlarga va sogʻlom insonlarga suyuqliklar (malina, smorodina, limon va asal qoʻshilgan choy, issiq sut, naʼmatak damlamasi) ichish tavsiya etiladi. Ularning tarkibida S vitamini mavjud. S vitamini qonda limfotsitlar sonini koʻpaytirib, qon-tomir devorlarining oʻtkazuvchanligini yaxshilaydi va viruslarning qonga tushishining oldini oladi.

 

Durbek Bobojonov,

tuman DSENM epidemiolog vrachi.

(Foto - soglom.uz)

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda 13.08.2026 Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda 10.08.2026 Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi 10.08.2026 Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar 06.08.2026 Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda 06.08.2026 Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi 05.08.2026 Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi 05.08.2026 Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda 05.08.2026 “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi 04.08.2026 Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi 04.08.2026 Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida 01.08.2026 Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi 01.08.2026 Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi 30.07.2026 Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda 30.07.2026 Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi 30.07.2026 Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 29.07.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 29.07.2026 Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019