16.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.08.2026, 08:02
Jamiyat 👁 797

Istiqbolga intilgan yoshlar

Istiqbolga intilgan yoshlar

KELAJAK SARI DADIL QADAMLAR

Inson hayotida shunday kunlar boʻladiki, maʼno-mazmuni butun hayotingga tatiydi, kelgusi ishlaringga qanot bagʻishlaydi, oʻz-oʻziga ishonchi ortadi odamning.

Mangʻit shahridagi 40-sonli maktabda ish boshlaganiga ikki yil toʻlib-toʻlmay, “Yilning eng yaxshi fan oʻqituvchisi – 2018” koʻrik- tanlovining quyi bosqichlarida gʻolib chiqib, Taxiatosh shahrida boʻlib oʻtgan Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichida faxrli 2-oʻrinni egallagan Sherzod Ashirov uchun tanlovda qatnashgan kuni ana shunday – unutilmas, oydin orzulari sari ilhomlantiruvchi kun boʻlib qoldi.

Aslida murakkab fan – matematikadan oʻttiz, undan ham ortiq yillar dars berib, mehnatda suyagi qotgan tajribali, quyi bosqichlar gʻolibi boʻlgan 14 nafar oʻqituvchilar bilan sohada yangi kadr boʻlgan Sherzodning bellashishining oʻzi bir jasorat edi.

Dastlabki sinov boshlandi. Bu bosqichda oʻqituvchilar bir yarim soat davomida elektron dars-ishlanma tayyorlashi kerak edi. Qurʼa tashlash asosida mavzu tanlanib, barcha ishga kirishib ketdi.

Bu shartda Sherzod geometriya fanidan zamonaviy metodlarni qoʻllagan holda dars ishlanmasi tayyorladi. U 11 ball toʻplashga erishib, 1-shart natijasiga koʻra 6-oʻrinni egalladi.

Ikkinchi shartda 10 daqiqalik maʼruza tayyorlash va uni barcha ishtirokchilar, hakamlar hayʼati uchun taqdimot oʻtkazish topshirigʻi 20 ballik tizimda baholandi.

Sherzod ikkinchi shartda oʻzligini, nimalarga qodir ekanligini yanada yorqinroq namoyon eta oldi, maʼruzasini tugatgan vaqtida nafaqat raqiblari, hakamlar ham qarsak chalib yuborishdi. Bu shartni ijro etishi uni ikkinchi oʻringa koʻtardi.

Ishtirokchilar soni har shartga oʻtishda kamayib borardi. Uchinchi shart, ayniqsa, hayajonli boʻldi. Topshiriqqa koʻra, u shahardagi 21-sonli maktabda 8-sinf oʻquvchilariga geometriya fanidan ilgʻor va zamonaviy uslublardan, axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalangan holda dars oʻtdi. Darsi jarayonida kunlik mavzuni tushuntirgach, savol-javoblar uslubini qoʻlladi. Oʻquvchilar darsga juda berilib ketishdi. Oʻrtada xuddi har kuni taʼlim berib kelayotgan oʻzlarining ustozi kabi iliq munosabat yuzaga keldi, savollarga javob berishda hech tortinib turishmadi. Shu daqiqalarda u oʻqituvchilik kasbini tanlab adashmaganiga qattiq iqror boʻldi, butun borligʻi bilan bolalarga oʻz fanini yanada chuqurroq oʻrgatishga ahd qildi.

Shunday qilib, oxirgi – 4 shartda kasbiga doir test savollariga ham yaxshi javob berib, Sherzod Ashirov “Yilning eng yaxshi fan oʻqituvchisi – 2018” tanlovida matematika fanidan ikkinchi oʻrin sohibi boʻldi. Bu oʻqituvchilik sohasiga endigina kirib kelgan, koʻrinishidan yuqori sinf oʻquvchilaridan deyarli farq qilmaydigan yosh iqtidor egasi uchun katta yutuq edi.

– Bu muvaffaqiyatim zamirida 16-sonli maktabda matematika oʻqituvchisi boʻlib ishlagan, momom Klara Hamroyevaning ulkan mehnatlari bor. Momom vaqtimni behuda oʻtkazishimga yoʻl qoʻymasdi. Matematikaga oid darslikdan tashqari koʻp kitoblar olib berar, birgalikda misol, masalalar yechardik. Oʻqituvchiga oʻz bilimlarini yoshlarga chuqur oʻrgata olishi uchun mahorat ham kerak, deb uqtirardilar. Xullas, 16-sonli maktabning 9-sinfini tugatgan vaqtimda matematika fani oʻqituvchisi boʻlishga aniq qaror qilgandim, – deydi Sherzod.

Ha, uning orzusi qatʼiy edi. Shuning uchun ham maktabni tugatgach, 3-sonli Amudaryo akademik litseyining aniq fanlar yoʻnalishiga oʻqishga kirib, 2012-yilda imtiyozli diplom bilan tugatdi va shu yili Qoraqalpoq Davlat Universitetiga oʻqishga kirdi.

Sherzod Ashirov oʻqituvchilik faoliyatini 2016-yilda dastlab oʻzi taʼlim olgan 16-sonli maktabda boshladi. Keyinchalik 40-sonli maktabda dars bera boshladi.

Uning oʻz fanini qanchalik mukammal egallaganligi va oʻquvchilarga oʻrgata olish mahorati koʻp oʻtmayoq namoyon boʻla boshladi. Xususan, u 2016-yil noyabrdan trener oʻqituvchi sifatida tuman maktablarining matematika fani oʻqituvchilariga dars berayapti, 2017-yilda oʻquvchisi Shohruh Yoʻldoshev matematika fanidan Bilimlar bellashuvida tumanda birinchi oʻrinni egalladi. 2018-yilda uch nafar oʻquvchisi Innovatsion olimpiadada ishtirok etib, 2 nafari Qoraqalpogʻiston Respublika bosqichida qatnashishdi. Bundan tashqari, “Kelajak” nodavlat oʻquv markazidagi Sherzod repititorlik qilgan guruhdan 20 nafar oʻquvchisining 16 nafari turli oliygohlarga oʻqishga kirib, talaba boʻlishdi.

– Ilm – misoli ummon. Men hali ustozlarim tajribalarini koʻp oʻrganishim lozim, deb hisoblayman. – deydi Sherzod oʻzi haqida.

Sherzod Ashirov bu yutuqlari bilan chegaralanib qolmay, oliy taʼlimning magistratura bosqichida oʻqish, hali oʻz bilimlarini yana ham oshirish niyatida.

Shunday iqtidorli, intiluvchan va fidoyi oʻgʻlonlar borligi yurtimizning kelajagi bundanda obod va farovon, goʻzal boʻlishiga ishonch uygʻotadi koʻnglimizda.

Oygul RAJABOVA.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda 13.08.2026 Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda 10.08.2026 Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi 10.08.2026 Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar 06.08.2026 Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda 06.08.2026 Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi 05.08.2026 Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi 05.08.2026 Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda 05.08.2026 “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi 04.08.2026 Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi 04.08.2026 Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida 01.08.2026 Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi 01.08.2026 Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi 30.07.2026 Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda 30.07.2026 Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi 30.07.2026 Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 29.07.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 29.07.2026 Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019