16.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.08.2026, 05:54
Maqolalar 👁 2,956

MEʼYoR BOR JOYDA OSOYIShTALIK BOʻLADI

MEʼYoR BOR JOYDA OSOYIShTALIK BOʻLADI

 "Ota-ona dogʻi - meros, farzand dogʻi - tigʻi olmos” - deb bejiz aytishmaydi halqimiz. Oʻsha paytgacha xastalik nimaligini bilmagan Tursunboy aka oʻgʻli Anvarning oʻlimidan soʻng qon bosimi oshadigan boʻlib qoldi. Uning hayotdan orzu-umidlari koʻp edi. Nevaralarining orzu-havasini koʻrishni xohlar edi. 2012-yilning dekabrida oʻgʻlidan ajrab qolish.... unday judolikka chidash mumkin emas. Kechalari tong otguncha yigʻlab chiqqan paytlari boʻlgan, lekin hammasiga bardosh berdi, chunki qolgan farzandlariga otalik mehrini berishi lozim edi.

Tursunboy aka Mehribon opa bilan oʻgʻli Anvar voyaga yetib, oʻzlariga qoʻl-qanot boʻlganidan mamnun edilar.  Afsuski, ularning quvonchi uzoqqa choʻzilmadi. 2012-yilning dekabr oyining odatiy kunlaridan birida Anvar doʻsti Murodning uylanish toʻyiga borib quvonchda "shayton suvi”dan doʻstlari Sattor va Toliblar bilan ichgan boʻldi. Tush payti oʻrtoqlari bilan odatiy toʻy saylida boʻldi, biroq sayldan qaytishda u mashina tezligini meʼyoridan oshirib, boshqaruvni yoʻqotishi natijasida katta tezlikda pastga, yoʻl chetidagi beton ustuniga urilib, yoʻl yoqasidagi pastlikka quladi. Avtomashina metan gazi bilan yurishga jihozlangani  uchun mashinaga oʻt ketadi. Majaqlangan va alanga ichida qolgan mashinadan Anvar va uning oʻrtoqlarini shu yaqindagi odamlar, qutqarib olib, kasalxonaga joʻnatishdi. Biroq, olovdan kuyish jarohatidan Anvar kasalxonada vafot qildi, qolganlari esa har xil darajadagi tan jarohati oldilar. Holat yuzasidan tegishli choralar koʻrildi.

Bunday holatlarning oldini olish, tartibga solish, toʻy-hashamlar oilaviy tantanalarni oʻtkazishda aholi tinchligini saqlash maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 1998-yil 28-oktyabrdagi Farmoni va tuman hokimining 2010-yil 6-yanvardagi «Tumanda aholi tinchligini saqlash, toʻy, maʼraka, oilaviy tadbirlar va boshqa marosimlarni oʻtkazishni tartibga solish toʻgʻrisida»gi Farmoyishi qabul qilingan boʻlib, ushbu hujjatlarda toʻy, maʼraka, oilaviy tantana va boshqa marosimlarni tartibli, ixcham, zamonaviy, ortiqcha dab-dababozliksiz oʻtkazish zarurligi taʼkidlangan. Tuman hokimining yuqoridagi Farmoyishida yoʻl harakati xavfsizligi talablariga rioya etish maqsadida nikoh toʻylarida kuyov va kelin tarafidan ikkitadan, jami 4 ta yengil mashina qatnashishi belgilab qoʻyilgan. Lekin ayrim toʻylarda bu talablarga rioya qilmaslik, kelin-kuyov tarafidan qatnashayotgan yengil mashinalarning belgilanganidan ortiq boʻlishi, ularning yoʻllarda harakat xavfsizligiga tahdid solib, guruh boʻlib harakat qilish holatlari uchrab turadi. Bu harakatlar yoʻllarda yoʻl transport hodisalarining sodir etilishiga, shu bilan bir qatorda odamlarning tan jarohati olishlari va boshqa ogʻir oqibatlarga olib kelishiga sabab boʻlmoqda.

Oʻzbekiston Respublikasi Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi Kodeksining  29-moddasida  bunday huquqbuzarliklar uchun maʼmuriy javobgarlik belgilangan. Ushbu moddada mototsikllar va boshqa transport vositalari xaydovchilarining yoʻllarda yoʻl harakati xavfsizligiga tahdid soluvchi yoki avtohalokatlarni keltirib chiqaruvchi guruh boʻlib harakatlanish eng kam ish haqining bir baravaridan uch baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻlishi, xuddi shunday huquqbuzarlik maʼmuriy jazo koʻllanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etilgan boʻlsa, eng kam ish haqining uch baravaridan besh baravarigacha miqdorda jarima solishga yoki transport vositasini boshqarish huquqidan olti oydan bir yilgacha muddatga mahrum etishga sabab boʻlishi belgilangan. Tuman IIB yoʻl harakati xavfsizligi boʻlinmasi tomonidan 2012-yil davomida oʻtkazilgan tadbirlar davomida bir qator yuqoridagi koʻrinishdagi huquqbuzarliklar aniqlangan. Masalan:

A.Temur nomli ovulda yashovchi fuqaro Agatayev Gʻafurning, "Tiko” rusumli, davlat raqam belgisi 95 V794 AA mashinasida, "Oʻrta kalʼa” ovulida yashovchi fuqaro Nurimbetov Ikromning "Neksiya” rusumli davlat raqam belgisi 95 V 544 VA mashinasida, "Choykul” ovulida yashovchi fuqaro Yoʻldoshev Alisherning "Epika” rusumli, davlat raqam belgisi 95 M 696 VA mashinasida, Mangʻit shahrida yashovchi fuqaro Xoʻjamberganov Zafarning "Matiz” rusumli, davlat raqam belgisi 95Q 687 SA mashinasida,  Xitoy ovulida yashovchi fuqaro Muratboyev Rustamning "Damas” rusumli, davlat  raqam belgisi 95 A 914 SA mashinasi va  Xitoy ovulida yashovchi fuqaro Yoʻldoshev Mahmudning "Neksiya” rusumli, davlat raqam belgisi 95L378 AA mashinasida toʻy sayliga Farmoyishda koʻrsatilganidek mahalla va ovul fuqarolar yigʻinlari raislarining ruhsatnomasisiz chiqqanligi, harakat xavfsizligiga tahdid solib, guruh boʻlib harakatlanganligi sababli ularning har biriga Oʻzbekiston Respublikasi MJtKning 129-moddasi, 1-qismi asosida maʼmuriy chora qoʻllanildi.

Lekin kezi kelganda shuni alohida taʼkidlashni istardikki, yoʻl harakati qoidasiga rioya etish – osoyishta, sogʻlom hayot kechirish mezonlaridan biri. Qolaversa, toʻylardagi tartibsizliklar oqibatida yuz berayotgan avlohalokatlar oqibatida yosh umrlar xazon boʻlmoqda. Shu bois, har bir yurtdoshimizga, har qanday  ishda meʼyorga, oʻrtamiyonalikka amal qilaylik har bir kunimiz tinch va osoyishta oʻtishi uchun oʻzimiz masʼul ekanligimizni unutmaylik, deymiz. 

Gʻ.USMONOV,

tuman IIB huzuridagi avtomototransport vositalarining texnik holati,  ulardan foydalanish qoida va meʼyorlariga amal qilishni nazorat etish boʻlinmasi boshligʻi, podpolkovnik.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda 13.08.2026 Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda 10.08.2026 Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi 10.08.2026 Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar 06.08.2026 Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda 06.08.2026 Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi 05.08.2026 Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi 05.08.2026 Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda 05.08.2026 “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi 04.08.2026 Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi 04.08.2026 Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida 01.08.2026 Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi 01.08.2026 Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi 30.07.2026 Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda 30.07.2026 Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi 30.07.2026 Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 29.07.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 29.07.2026 Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019