16.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.08.2026, 04:17
Siyosat 👁 757

Tinchlik va osoyishtalik posbonlariga ehtirom

Tinchlik va osoyishtalik posbonlariga ehtirom

Yurtimizda tinchlik va osoyishtalikni taʼminlash, fuqarolarning huquq va manfaatlarini himoya qilish, jamiyatda barqarorlik muhitini saqlash — bu masʼuliyatli va sharafli vazifadir.

Har yili 25-oktyabr mana shunday fidoyi kasb egalari – Ichki ishlar organlari xodimlarining kasb bayrami hamda Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirligi tashkil etilgan muhim sana sifatida mamlakatimiz boʻylab keng nishonlanadi. Bu yil ushbu sanaga 34-yil toʻldi. Xalq osoyishtaligi, tinchligi va xavfsizligi yoʻlida fidokorona xizmat qilayotgan soha xodimlariga boʻlgan yuksak ehtirom ifodasi sifatida ushbu sana bu yil ham keng nishonlandi.

Sana munosabati bilan Amudaryo tumani hokimligi tomonidan ichki ishlar organlari xodimlari uchun bayram tadbiri tashkil etildi. Tumanimizdagi “Diamond” restoranida bayram dasturxoni yozildi. Tadbirda tuman hokimi Sobir Xoʻjametov ishtirok etib, barcha ichki ishlar xodimlarini samimiy tabrikladi, ularning mashaqqatli, masʼuliyatli hamda sharafli mehnatlarini eʼtirof etdi.

“Sizlar — xalqimiz tinchligi, osoyishtaligi va farovon hayotining kafolatlarisiz. Sizlarning sadoqatingiz, matonatingiz va vatanparvarligingiz bilan yurtimizda barqarorlik mustahkamlanmoqda. Buning uchun barchangizga chuqur minnatdorlik bildiraman”, — dedi tuman hokim oʻz tabrigida.

Tadbirda tuman prokurori Bahram Masharipov ham soʻzga chiqib, ichki ishlar xodimlarini bayram bilan tabrikladi. U oʻz nutqida yurtboshimiz tomonidan sohada olib borilayotgan keng qamrovli islohotlarga toʻxtalib, tizimni raqamlashtirish, xodimlar mehnatini yengillashtirish, zamonaviy texnik vositalar bilan taʼminlash hamda ularning oila aʼzolari ijtimoiy himoyasini kuchaytirish boʻyicha amalga oshirilayotgan ishlar xususida alohida toʻxtaldi. Shuningdek, soha xodimlarining Vatan ravnaqi yoʻlidagi xizmatlarini, qonun ustuvorligini taʼminlashdagi fidoyiligini alohida eʼtirof etdi.

Taʼkidlanganidek, soha fidoyilarining saʼy-harakatlari natijasida jamiyatda tinchlik, tartib va qonuniylik qaror topmoqda. Ichki ishlar organi xodimlarining xizmatlari davlat va xalq oʻrtasidagi ishonch koʻprigidir. Ularning burchiga sadoqati va oʻz kasbiga masʼuliyatli yondashuvi Vatanimiz taraqqiyoti, xalqimiz farovonligi va jamiyatimiz ravnaqida muhim omil boʻlmoqda.

Tadbir davomida xizmatda oʻz burchini sidqidildan ado etayotgan, yuqori natijalarga erishgan bir guruh tuman Ichki ishlar boʻlimi xodimlariga tashakkurnomalar hamda esdalik sovgʻalari topshirildi.

Bayram tadbiri tuman Madaniyat boʻlimi xonandalari tomonidan tayyorlangan kontsert dasturi bilan davom etdi. Kuy-qoʻshiqlar, samimiy tabriklar va quvonchli lahzalar kechaga yanada koʻtarinki ruh bagʻishladi.

Ushbu bayram tadbiri Amudaryo tumanida huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimlariga boʻlgan hurmat va ehtiromning yana bir yorqin ifodasi boʻldi. Zero, ular — xalq osoyishtaligining haqiqiy posbonlari, Vatan tinchligi yoʻlida har kuni fidokorona xizmat qilayotgan mard oʻgʻlonlardir.

Charos Arslonova, tuman hokimligining Axborot xizmati rahbari.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda 13.08.2026 Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda 10.08.2026 Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi 10.08.2026 Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar 06.08.2026 Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda 06.08.2026 Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi 05.08.2026 Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi 05.08.2026 Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda 05.08.2026 “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi 04.08.2026 Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi 04.08.2026 Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida 01.08.2026 Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi 01.08.2026 Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi 30.07.2026 Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda 30.07.2026 Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi 30.07.2026 Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 29.07.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 29.07.2026 Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019