16.10.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.10.2026, 06:26
Salomatlik 👁 3,580

OIV YoKI ORTTIRILGAN IMMUNITET TANQISLIGI SINDROMI: u inson hayotini halokatga olib keladi

OIV YoKI ORTTIRILGAN IMMUNITET TANQISLIGI SINDROMI: u inson hayotini halokatga olib keladi

Odam immuntanqislik virusi (OIV) kasalligi butun dunyoni qora bulut singari egallamoqda. OIV - odam immuntanqislik virusi. U organizmni infektsiyalardan tabiiy himoya qiluvchi immun tizimini yemiradi. OITS - orttirilgan immunitet tanqisligi sindromi. Bu immun tizim yemirilib, uning faoliyati buzilganidan soʻng odam har qanday infektsiyalarga beriluvchan boʻlib qoladigan holat. OIV bilan zararlangan kishini tashqi koʻrinishiga qarab aniqlab boʻlmaydi. Organizmda OIV borligi maxsus testlar yordamida aniqlanadi. Test oʻtkazishdan maqsad organizmga kirgan OIVga qarshi kurashish uchun organizm tomonidan ishlab chiqarilgan himoya oqsillarini (antitela) aniqlashdir. Ammo OIV ni yuqtirish xavfi bilan bogʻliq jinsiy aloqa yoki xavfli (infektsion) yoʻl bilan narkotik moddani qabul qilgandan keyin tekshiruv oʻtkazish maqsadga muvofiq emas. Yuqtirish ehtimoli paytidan antitela paydo boʻlguniga qadar maʼlum bir vaqt - bir necha haftadan 3-6 oygacha vaqt oʻtishi zarur. Agar qon tahlili seronegativ deb nomlangan davrda qilinsa, uning natijasi manfiy boʻladi.

Inson organizmiga kirgan har qanday mikroorganizmlarni farqlaydigan himoya - immun hujayralarining maxsus guruhi T-xelperlar deb ataladi. Odamning immuntanqislik virusi oʻzining oqsillari bilan bu hujayralarning yuzasiga birikib oladi va ularning tashqi qobiqlarini buzib, yemiradi. Keyin virusning RNK hamda fermentlari hujayraning yadrosiga kirib boradi va virusning yangi nusxalarini ishlab chiqara boshlaydi. Shunday qilib, OIV T-xelperlarni oʻzining himoya vazifasini bajarishdan mahrum qilib, "oʻziga ishlashga” majbur qiladi. Keyinchalik T-xelperlar soni kamayadi va organizmning himoya kuchlari xoldan toyadi, oqibatda boshqa kasallik qoʻzgʻatuvchilariga qarshi kurashish imkoniyati qolmaydi. Natijada har qanday kasallikni qoʻzgʻatuvchi zamburugʻ, bakteriya, viruslar endi oʻzining yoʻlida toʻsiqqa uchramaydi.

Jahon sogʻlikni saqlash tashkilotining maʼlumotiga koʻra bugungi kunda jahonda 34 mln.dan ziyod inson OIV infektsiyasi bilan yashayapti. Ilk bor bu xastalik 1981 yilda AQShdagi kasalliklarni nazorat qilish markazi tomonidan qayd qilingan. Bizning Respublikamizda mahalliy aholida mazkur kasallik bilan kasallanish 1989 yilda boshlangan. Bu dahshatli ofatdan har yili 3 mln.ga yaqin dunyo aholisi vafot etyapti, shundan bolalar 600-700 mingni tashkil etadi. Oʻzbekistonda OIV infektsiyasi bilan yashayotganlarning soni 16mingdan ziyod. Ularning 70 foizini erkaklar, 30 foizini ayollar tashkil qiladi. Bugungi kungacha OIV infektsiyasining oldini olish ishlari olib borilishiga qaramasdan tumanimizda ham 10 nafar bemor roʻyxatga olingan.

Agar eslaringizda boʻlsa, OIV intsektsiyasini yuqtirish va OITSga chalinishning zararli oqibatlari toʻgʻrisida "Taraqqiyot koʻzgusi” gazetasining 2013-yil, 25-dekabr sonida ham "OIV infektsiyasi va kelajak avlod” sarlavhasi bilan mutaxassis-shifokor maqolasi berilgan edi. Biz ushbu mavzuga qayta-qayta murojaat qilishimizga ham obʼektiv, ham subʼektiv sabablar koʻp. Chunki butun dunyo aholisini tashvishga solayotgan bu kasallik infektsiyasini tabiatning eng ongli va oliy mahsuli – inson tarqatmoqda. Betartib hayot kechirish, toʻqlikka shoʻxlik qilib, koʻngil koʻchalariga kirib, sharm-hayoni unutgan holda tanfurushlik qilish, giyohvand moddalarini isteʼmol qilishga mukkasidan ketish – inson hayotini ana shunday halokat yoqasiga olib kelmoqda. OIVni yuqtirgan er oʻzi bilan turmay, umr yoʻldoshi, hali dunyoga kelmagan murgʻak goʻdagining hayotiga chegara qoʻymoqda. Bu – juda katta ijtimoiy fojea.

Yuqorida tumanimizda 10 nafar kishi shunday dard bilan yashayotganlari haqida aytib oʻtgan edik. Demak, oʻsha 10 nafar OIV bilan yashayotgan kishilarning umr yoʻldoshi yoki farzandlariga bu dahshatli kasallikni yuqtirmasliklariga hech kim kafolat bera olmaydi.

Har qanday ofatga qarshi kurashishdan koʻra, uning oldini olish osonroq kechadi. Shu bois, TTB huzuridagi "Salomatlik markazi” tomonidan tumanimizdagi barcha mahallalarda, oʻquv dargohlari, korxona va tashkilotlarda doimiy ravishda giyohvandlikka, OIV infektsiyasi va OITSga qarshi kurash mavzusida davra suhbatlari, "Taraqqiyot koʻzgusi” gazetasi tahririyati jurnalistlari bilan hamkorlikda oʻquv muassasalarida seminarlar, aholi va yoshlar oʻrtasida jonli muloqotlar tarzidagi tushuntirish-targʻibot tadbirlari oʻtkazilib kelinmoqda. Bunday tadbirlarimizda minglab kishilar ishtirok etishib, oʻzlarini qiziqtirgan savollarga javoblar olishmoqda.

Bizning maqsadimiz esa hamisha xalqimizni sogʻlom, yoshlarimizni barkamol koʻrish, hayotimizda sogʻlom turmush tarzini qaror toptirishdir.

O.Halimov,

tuman tibbiyot birlashmasi boshligʻi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi deputati.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda ▶ Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda 13.10.2026 Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi ▶ Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi 13.10.2026 Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi ▶ Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi 12.10.2026 Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda ▶ Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda 12.10.2026 YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI ▶ YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI 12.10.2026 YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM ▶ YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM 12.10.2026 Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar ▶ Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar 05.10.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 05.10.2026 Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi 02.10.2026 Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar ▶ Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar 01.10.2026 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026