16.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.08.2026, 09:29
Salomatlik 👁 3,236

Grippdan saqlaning

Grippdan saqlaning

Gripp - bu oʻtkir yuqumli virusli infektsiya boʻlib, nafas olish aʼzolari shilliq qavat epiteliy hujayralarini zararsizlantirish va organizmda intoksikatsiya (zaharlanish) bilan kechuvchi, havo tomchi va kontakt yoʻllari bilan yuquvchi epidemik va pandemik tarqalishlar bilan namoyon boʻladigan yuqumli kasallik hisoblanadi.

Gripp virusining hozircha maʼlum boʻlgan 3 ta - A, V, S, serotiplari mavjud. Hozirgi vaqtda "A”, "V” tipiga mansub gripp viruslarining bir qator serologik variantlari aniqlangan. Gripp virusi mikroviruslar guruhiga, ortomikroviruslar oilasiga mansub boʻlib, RNK saqlaydigan qoʻzgʻatuvchilar guruhiga kiradi. Yuqori haroratda virus tezda nobud boʻladi. Dezinfektsiyalovchi moddalar - xloramin, xlorli ohak taʼsirida 5-10 daqiqadan keyin virus kasallik chaqirish xususiyatini yoʻqotadi. Ammo gripp virusi past haroratga chidamli boʻlib, 0-4 darajadan -25-70 darajagacha viruslar oʻz hayot faoliyatini birnecha yil davomida saqlab qoladilar.

Tarixiy maʼlumotlardan maʼlumki, gripp kasalligining yangi virusi paydo boʻlgan vaqtlarda kasallik pandemik holatda butun dunyoga tarqalgan. Masalan 1918-1920-yillardagi "Ispanka” deb nomlangan pandemiya 20 mln., 1957-1959 yillardagi "Osiyo grippi”deb nomlangan pandemiya 1 mln. odamni hayotdan olib ketgan. Pandemiya oraligʻida - har 2-3-yilda gripp kasalligining epidemiyaviy tarqalishi kuzatiladi. Hozirgi kunda butun dunyo oldida muammo boʻlib turgan H1 N1 gripp virusining yangi serotipi hisoblanib, oldingi gripp kasalliklaridan kasallik belgilari va boshqa alomatlari bilan farq qilmaydi. Odamdan-odamga havo tomchi orqali yuqadi. Yaʼni gaplashganda, aksirganda, salomlashganda va boshqa bemor foydalangan anjomlardan foydalanganda yuqishi mumkin. Virus organizmga tushgandan keyin yashirin davri bir necha soatdan 2-7 kungacha davom etadi. Yashirin davridan keyin kasallik belgilari yuzaga chiqadi. Odam organizmiga viruslar havo-tomchilari orqali, virus bilan zararlangan idish-tovoqlar va kasallik yuqqan odamlar foydalangan narsalarni ishlatganda yuqadi, tashqi muhitda 20-26 darajada 3-4 soat saqlanadi.

Kasallikning asosiy belgilari bosh ogʻrigʻi, mushaklarda ogʻriq, tana haroratining koʻtarilishi, yoʻtal, angina, renit boʻladi va ayrim hollarda qayt qilish, ich ketish holatlari kuzatiladi. Kasallikdan keyin odam organizmida gripp kasalligiga qarshi kurashuvchi immunitet paydo boʻladi.

Kasallikning oldini olish uchun quyidagilarga amal qilish kerak:

Odam gripp va boshqa respirator kasalliklar bilan ogʻriganda uydan chiqmagan holda, tibbiy xodimlarni uylariga chaqirtirishi kerak. Tibbiy xodimlar kelguncha bemorni uydagi boshqa odamlardan ajratib qoʻyib, koʻproq suyuqliklar, asal, limon, malina solingan choy, kompotlar va boshqa vitaminlarga boy ichimliklar berish tavsiya qilinadi. Tana harorati yuqori boʻlsa, paratsetamol yoki boshqa haroratni tushiruvchi dorilardan foydalanish mumkin. Bemor yotqizilgan xonani tez-tez shamollatib, hoʻllash usuli bilan tozalash kerak.

Epidemiyaviy mavsumda umumjamoa joylarda, maktablarda, maktabgacha taʼlim muassasalarida, transportlarda, umum ovqatlanish shohobchalari, korxona va muassasalarda kundalik tozalash ishlarini xlor saqlovchi dezinfektsiyalovchi moddalar bilan oʻtkazib, tez-tez shamollatib turish kerak. Kasallik qayd qilingan vaqtda, umumjamoa joylarida 4 qavatli doka niqoblar taqib yurish kerak. Gripp kasalligining oldini olish uchun hozirgi kunda grippga qarshi vaktsinalar ishlab chiqarilgan. Yilda bir marta gripp kasalligiga qarshi vaktsinalar bilan emlatilgan vaqtda gripp kasalligi yuqishining oldi olinadi.

Yuqoridagilarga amal qilsak, kasallikning va tarqalishining oldini olamiz.

M.QALANDAROVA,

DSENM epidemiologiya vrachi.

(Foto - http://www.oxymed.uz)

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda 13.08.2026 Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda 10.08.2026 Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi 10.08.2026 Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar 06.08.2026 Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda 06.08.2026 Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi 05.08.2026 Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi 05.08.2026 Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda 05.08.2026 “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi 04.08.2026 Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi 04.08.2026 Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida 01.08.2026 Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi 01.08.2026 Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi 30.07.2026 Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda 30.07.2026 Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi 30.07.2026 Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 29.07.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 29.07.2026 Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019