16.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.08.2026, 06:52
👁 3,278

MEHRU MUHABBATGA OShNO OILA

MEHRU MUHABBATGA OShNO OILA

MEHRU MUHABBATGA OShNO OILA

Muhabbat! Insonning qalb ardogʻiga aylangan bu ilohiy tuygʻudan hamisha kuch, qudrat olib yashaymiz. Ana shu qudrat, nazarimizda insonlarni turli balo-qazolardan, yomonliklardan, kulfatlardan omon olib chiqadi. Kim uchundir Muhabbat ikki sohir qalbning hayoti timsolidir. Yana kimgadir ona-Vatanga yor ezgu tuygʻular ramzidir. Nima boʻlganda ham qalbidan ana shu ilohiy tuygʻu­ga joy berib, uni eʼzozlagan inson hayotda oʻz oʻrnini topib, yuksak ahloqiy fazilatli shaxs sifatida shakllanishi tabiiy.

- Men aytsam, juda balandparvoz, kitobiy gapday tuyu­­­­-l­i­­­­­shi mumkin, - vazmin soʻz­laydi bizning bugungi qahramonimiz Saʼdulla Oʻrozboyev. -Toʻgʻrisi, bizning oilamiz haqiqiy, chin maʼnodagi muhabbatning mevasi. Muhabbat deganda bir-birovga tikilib, dil izhorlarini eshitib oʻtirishni tushunmaslik kerak. Bizning oilada Muhabbat - eng avvalo tugʻishganlik mehri, bir-birovning qadriga yetib yashash, ishonch, sabr va qanoat hamda bardosh kabi hislatlarning uygʻunligi sifatida qadr­li. Agar (Alloh rahmatiga olgan boʻlsin) hayotdan ancha erta ketgan ota-onamiz biz far­zand­larini ana shunday ezgu tuygʻular ruhida tarbiyalashmaganlarida bilmadim, besh nafar yetimchalarning bugungi hayoti qanday holatda boʻ­lar­di!..

Saʼdulla otasi Qozoqboy aka vafot etganida endigina 14 yoshga toʻlgan oʻspirin edi. Uni hayot juda erta ulgʻaytirdi. Biri-biridan kichik, tarbiyaga muhtoj ukalariga bosh boʻlib, oilaning kam-koʻsti, ogʻir-yengiliga yelka tutdi. Jamoa xoʻjaligida kalxozchi boʻlib ishlovchi onasining yoniga kirib, dalaga ishga chiqdi: ariq tozalab, gʻoʻza yaganaladi, chopiq qildi, to kech kuzgacha kattalar bilan bir safda paxta terdi. Onasidan tomorqada har xil poliz va sabzavot ekinlari oʻstirib, parvarishlashni oʻrgandi. Maktabni tugatgach, onasining qistovi bilan Toshhovuz shahridagi moliya va iqtisod texnikumida oʻqib, iqtisodchi mutaxassisligiga ega boʻldi. «Orolqishloqsuvqurilish» idorasida 10-yil iqtisodchi vazifasida xizmat qilib, oʻziga yarasha hurmat, eʼtibor topdi.

Ukalari ulgʻaygan sari Saʼdullaning tashvishlari ham ulgʻayib bordi. Onasi bilan bamaslahat oʻz oilalariga tegishli boʻlgan 0,25 gektar yerdagi tomorqa xoʻjaligini rivojlantirish uchun reja ishlab chiqdi. Oilaning oʻz chorvachilik xoʻjaligini tashkil etib, qoramollar tuyogʻini koʻpaytirdi, parrandachilikka eʼtibor qaratishgani esa yanada yaxshi boʻldi. Goʻsht, tuxum, sut, qatiq, qaymogʻu sariyogʻni oʻzlaridan orttirib, bozorga olib chiqishadigan boʻlishdi. Har yili boʻrdoqiga boqqan qoramollari oila iqtisodini ancha koʻtardi. Ukasi Muzaffarni oʻqitib, oliy maʼlumotli qildi. Uylangach, endi u ancha ulgʻayishib qolgan ukalari oldidagi oʻzining akalik, tugʻishganlik burchini yanada teranroq his qildi. Umr yoʻldoshi Aqljon Saidova 1-sonli maktabda ruhshunos boʻlib ishlash bilan birga qaynonasi Xatira opaning oʻng qoʻliga aylandi. Qaynona bilan kelin oʻrtasidagi oʻzaro mehr-oqibatdan xonadonga fayz yogʻildi. Aqljon  qayn singillariga mehr qoʻydi, qaynonasi bilan qizlarning tarbiyasiga bosh-qosh boʻldi.

Saʼdulla otasi oʻrnida elchi boʻlib, oʻzga xonadon eshigini ochdi: avval ukasi Nurullani, keyin Muzaffarni uylantirishdi. Singillarini turmushga berishdi.

- Har gal uyimizda toʻy boʻlganida oʻzimni uchib-uchib toliqqan qushday sezardim, - yaxshi kunlarni eslab deydi Saʼdulla. - Odamlar quvonchdan oʻy­nab-kulishsa, men chekka-chekkaga chiqib quvonchimdan yigʻladim. Koʻz yoshimni ukalarim koʻrmasin, deb shunday qilardim. Bilmadim, koʻnglim kemtik boʻlib oʻsganim uchunmi, hozir ham qattiq sevinsam, koʻzimga yosh quyilib kelaveradi.

Quvonch yoshlari... Saʼdulla bunday quvonchli kunlarga yetgunicha ozmuncha mehnat, mashaqqat chekdimi!! Roʻzgʻorning ogʻir yukidan yelkalari yagʻir boʻlgan Saʼdulla ukalarini katta hayotga tayyorlash, oʻqitish, uyli-joyli qilish uchun oʻzini oʻtga, choʻqqa urdi. Bir oyogʻi ishda boʻlsa, bir oyogʻi bozorda, koʻngli esa uyda boʻldi. Baxtiga oilalariga kelib qoʻshilgan kelinlar - umr yoʻldoshi Aqljon ham, kelinlari Dilfuzaxon bilan Hamidaxonlar ham biri-biridan aqlli, uyim, joyim deydiganlardan boʻlib chiqdi. Uchala kelin xuddi opa-singillarday, bir-birlariga mehribon, pazanda, chevar. Uchalasi ham oʻqituvchi. Katta xonadonga oilaning kattasi - Saʼdulla bilan Aqljon bosh-qosh. Kelinlar esa xuddi kelishib olishganday Saʼdullani qaynota oʻrnida «ota» deya siylashadi.

Xalqimizda: «birlashgan oʻzar, birlashmagan toʻzar» degan gʻoyat ibratli hikmat bor. Qozoqboy ota oʻgʻil-qizlarining kamolini koʻrolmay hayotdan erta ketgan, bolalar ota tarbiyasini koʻrishmagan boʻlishsa-da, aqlli va dono ayol (xudo rahmat qilsin) Xatira momo va oilaning katta oʻgʻli Saʼdulla Oʻrozboyevning yetim goʻdaklarga koʻrsatgan mehr va oqibati bois, bugun bu oila Amir Temur nomli ovuldagi eng ibratli, saranjom-sarishta, obod xonadonlardan biriga aylandi.

- Afsuski, bugungi kamolimizni onajonim koʻrmadilar, - deydi Saʼdulla.- Baribir shukur qilaman. Oilamizda hech kim bir-biriga ovozini koʻtarib gapirmaydi. Seniki, meniki degan past tushunchaning oʻzi yoʻq, ukalarimning farzand­lari xuddi oʻzimniki kabi qadrli, bir-biriga mehribon.

 Azizlar, Saʼdulla aslo maqtanayotgani yoʻq. Aslida u maqtashga arzigulik katta oilaning dono sardori, maqtanishga arzigulik ishlarning uddasidan chiqa olgan tadbirli, mulohazali ota. Tahsinga loyiq, tarbiyali, intizomli inson, ukalariga bosh boʻlib, yosh boshidan otalik masʼuliyatini zimmasiga olgan fidoyi, mehr-oqibatli, qalbi muhabbatga limmo-lim toʻla  ibratli Aka!

Ayrim ota-onalari hayot tugʻishganlar qila olmagan ishlarni oʻzining kengfeʼlliligi, ochiqqoʻl va ochiq koʻngilligi bilan uddalab kelayotgan Saʼdulla Oʻrozboyevning xonadonida hamma oʻz ishini bilib qiladi. Oila iqtisodini koʻtarish borasida barcha birday qaygʻuradi. Ukalari ham, kelinlari ham oylik maoshlarini oila sardori - Saʼdullaga keltirib berishsalar, bir jomadan pul boʻladi!

- Yaqinda oilaviy daromadimiz xisobiga Nurulla ukamga alohida imorat qurib, oilasini boʻlakladik. - Mamnunligini yashirmaydi Saʼdulla. - Endi Muzaffar ukamga yangi imorat qurish niyatidamiz. Eng muhimi, ahilligimizga koʻz tegmasin!

Baʼzan qaynona-qaynotasi, ovsinlari bilan chiqisholmay ajrashishgacha borgan yoki oi­ladagi yetar-yetmaslikdan nolib yuradigan yosh kelinlarni koʻrsak Saʼdulla Oʻrozboyevning oʻz tugʻishganlariga boʻlgan goʻzal va samimiy munosabati haqida oʻylaymiz. Yana, Saʼdullaning: «Muhabbat deganda bir-biriga tikilib, dil izhori qilib oʻtirishni tushunmaslik kerak. Muhabbat - eng avvolo tugʻishganlik mehri» - degan fikrlari haqida oʻylaymiz. Va qaynogʻani qaynota oʻrnida koʻrib, oʻqituvchilik kasblaridan ortib, to­mor­qa xoʻjaligida, «Oʻrozboyev Allambergan» fermer xoʻ­jaligi hisobidagi ijara yerida xuddi opa-singillarday, hamjihat ishlashga, oila chorvasiga, parrandasiga qarab, oʻz rizqlarini oʻz qoʻllari bilan yaratishga intilib, ahillikda yashayotgan Aqljon, Dilfuza va Hamida kelinlarining aql-u farosatiga tan beramiz. Bu oiladagi oʻziga xos tarbiyaviy muhitga, intizom va sarishtalikka, ahillika havas qildim. Dilimizdan esa oila sardori - Saʼdullaning: 

- Muhabbat - eng avvalo tugʻishganlik mehri! - degan fikr­lari kechdi.

Ha azizlar, tugʻishganlar oʻrtasida mehr-muhabbat boʻlsa, xonadon obod, oila barkamol, el-yurt, Vatan osoyishta. Bor boʻlsin mehr-muhabbat!

 

Robiya YOʻLDOShEVA,

Allambergan JUMANIYoZOV,

"Amu news” ning maxsus muxbirlari.

Suratda: Saʼdulla Oʻrozboyev umr yoʻldoshi Aqljon, ukalari, kelinlari va farzandlari bilan.  

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda 13.08.2026 Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda 10.08.2026 Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi 10.08.2026 Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar 06.08.2026 Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda 06.08.2026 Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi 05.08.2026 Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi 05.08.2026 Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda 05.08.2026 “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi 04.08.2026 Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi 04.08.2026 Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida 01.08.2026 Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi 01.08.2026 Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi 30.07.2026 Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda 30.07.2026 Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi 30.07.2026 Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 29.07.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 29.07.2026 Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019