19.10.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
19.10.2026, 06:35
Jamiyat 👁 134

YOʻL-TRANSPORT HODISALARINING OLDINI OLISh MASALASIDA YIGʻILISh BOʻLIB OʻTDI

YOʻL-TRANSPORT HODISALARINING OLDINI OLISh MASALASIDA YIGʻILISh BOʻLIB OʻTDI

Yoʻl tasodiflarga toʻla. Mavzuga chuqurroq yondoshadigan boʻlsak, aksariyat koʻngilsiz tasodiflar avtomobil boshqaruvchilar, ayrim hollarda esa yoʻl harakati ishtirokchilari boʻlgan piyodalar aybi bilan sodir boʻlayotganini anglash qiyin emas. Haydovchilar avtomobil boshqaruvi davomida faqat oʻz hayoti emas, balki yoʻl harakatining boshqa ishtirokchilari  xavfsizligi uchun ham masʼul ekanligini unutmasligi lozim. Afsuski, bu borada tushuntirish-targʻibot ishlari olib borilayotgan boʻlishiga qaramay, koʻngilsiz yoʻl-transport hodisalari, ularning natijasida begunoh insonlarning jabrlanishi kamaymayapti.

Yaqinda Amudaryo tumani hokimligi majlislar xonasida shu mavzuda yigʻilish oʻtkazildi. Yigʻilishni tuman hokimligining moliya-iqtisodiyot va kambagʻallikni qisqartirish masalalari boʻyicha birinchi oʻrinbosari Maʼmur Temirboyev ochdi va olib bordi.

Yigʻilishga tuman Kengashi deputatlari, tuman hokimi oʻrinbosarlari, sektorlar  rahbarlari, maktablar direktorlari, oʻzini oʻzi boshqarish organlari raislari va ularning oʻrinbosarlari, faol yoshlar ishtirok etdilar.

Yigʻilish ishtirokchilariga dastlab 2021-yilning 21-yanvarida Beruniy tumani Abay ovuli hududidan oʻtgan A-380 asfalt yoʻlining 651-652 kilometri oralagʻida sodir boʻlgan yoʻl transport hodisasi tufayli yuzaga kelgan ayanchli holat videolavhasi namoyish etildi.

Oʻsha kuni Beruniy tumanining Tinchlik mahallasida istiqomat qiluvchi Bekzod Soburov oʻzi boshqaruvida boʻlgan «Neksiya - 2»rusumli avtomashinasini boshqarib ketayotib, yoʻl sirpanchiq, qor yogʻib, yoʻlni koʻrish qiyin boʻlgani tufayli boshqaruvni yoʻqotib, yoʻlning qarama-qarshi tomoniga chiqib ketgan va qarshi yoʻnalishda harakatlanib kelayotgan Xorazm viloyati fuqarosi Maxsud Jobborovning boshqaruvidagi yuk mashinasiga borib urilgan. Natijada “Neksiya” rusumli avtomashina haydovchisi Bekzod Soburov va uning onasi voqea joyida, turmush oʻrtogʻi, singlisi va kelini esa olgan tan jarohatlari tufayli shifoxonada vafot etishgan.

Shu kuni soat 7-00 lar chamasida Gʻuzor-Buxoro – Nukus – Beynau yoʻlining 699-700- kilometrlari oraligʻida, Qoraoʻzak tumani hududida amudaryolik ikki nafar yigit ketayotgan «Spark» rusumli mashina Ellikqalʼa tumanida yashovchi fuqaro boshqaruvida boʻlgan «Kobalt» rusumli avtomashina bilan toʻqnashishi natijasida ikki yigit halok boʻlgan.

Ishtirokchilar voqea joyidan olingan ikki videolavha bilan tanishtirilgandan soʻng, hodisa muhokamasiga oʻtildi. Albatta, noqulay ob-havo sharoitida harakatlanmaslik, tezlikni meʼyordan oshirmaslik tufayli ana shunday koʻngilsizliklarning oldini olish mumkin edi.

Endi esa afsuslanish bilan vaqtni orqaga qaytarib boʻlmaydi. Faqat barcha ogohlik, oʻta hushyorlik, yoʻl harakati qoidalariga amal qilish tufayli kelgusida buningdek hodisalarning oldini olishi mumkin.

Bu haqda yigʻilishda ishtirok etgan Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi yoʻl harakati xavfsizligi Bosh boshqarmasi boshligʻi oʻrinbosari, polkovnik Erali Bozorboyev, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Ichki ishlar vaziri oʻrinbosarlari, polkovnik Islom Ahmedov, polkovnik Baxitjon Izbosarovlar atroflicha gapirdilar.

Shuningdek, tuman prokurori Javlonbek Muftullayev, Ichki ishlar boʻlimi boshligʻi Ulugʻbek Xudoyberganov, Qilichboy ovul fuqarolar yigʻini raisi Bahrom Qodirov, Yoshlar agentligi tuman boʻlimi boshligʻi Jasur Davletov, mehnat faxriysi Pardagul Oʻrozboyevalar mavzu yuzasidan oʻzlarining fikr-mulohazalarini, yoʻl-transport hodisalarining oldini olish yuzasidan takliflarini bildirdilar.

Yigʻilishda yoʻl transport hodisalari oqibatida fuqarolarning jabrlanishlarining oldini olishga xizmat qiluvchi chora-tadbirlar belgilab olindi.

O.RAJABOVA.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda ▶ Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda 13.10.2026 Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi ▶ Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi 13.10.2026 Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi ▶ Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi 12.10.2026 Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda ▶ Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda 12.10.2026 YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI ▶ YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI 12.10.2026 YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM ▶ YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM 12.10.2026 Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar ▶ Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar 05.10.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 05.10.2026 Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi 02.10.2026 Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar ▶ Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar 01.10.2026 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026